15
Joyning ma`lum yo`nalishi bo`yicha vertikal qirqimiga joyning profili
deyiladi.
Topografik xarita uchun quyidagi masshtablar belgilangan: 1:1000000;
1:500000; 1:200000; 1:100000; 1:50000; 1:25000; 1:10000; 1:5000.
Topografik plan uchun quyidagi masshtablar belgilangan:
1:10000; 1:5000; 1:2000; 1:1000; 1:500 va 1:200 .
Profillar uchun ikkita masshtab ishlatiladi: biri gorizontal masofalar uchun
ikkinchisi vertikal masofalar uchun. Masalan, gorizontal masofa uchun 1:10000
masshtab, vertikal masofa uchun esa 1:1000 masshtab yoki gorizontal masofa
uchun 1:10000 masshtab, vertikal masofa uchun 1:500 masshtab.
O`quv qo`llanma mazmuni Rossiya va Ukrainada chop etilgan o`quv
adabiyotlardan keskin farq qilmaydi. Qo`llanmaga
fanning nazariy asosi
hisoblangan son belgili proektsiya bo`limi kiritilgan. Qo`llanmaning xorijiy
adabiyotlardan farqi, unda plan, xarita tuzish uchun tanlangan misollar respublika
hududidan olingan va xalqaro standart normalariga rioya qilib bajarilgan.
1-shakl.
17
1-bob. SON BELGILI PROYEKSIYA
1. 1-§. Umumiy ma`lumotlar
Ortogonal prektsiyalash usullaridan biri son belgili proyeksiya bo`lib, bu usulda
fazoda berilgan barcha nuqtalar bitta (gorizontal) tekislikka proyeksiyalanadi.
Nuqtalarning frontal proyeksiyalari esa sonlar bilan almashtiriladi. Fazoda
berilgan nuqtalarning gorizontal proyeksiya tekislikdan
uzoqligi sonlar bilan
ko`rsatilgan to`g’ri burchakli proyeksiyasi
son belgili proyeksiya
deyiladi.
Bu usuldan yer sirtini gorizontallari orqali tasvirlashda va yer usti inshootlari
(maydonchalar, temir yo`llar, avtomobil yo`llari, kanallar, gidrouzellar,
aerodromlar va boshqalar) ni hamda gorizontalli plan bo`yicha
injenerlik
masalalarini yechishda foydalaniladi. Chunki yuqorida qayd qilingan inshootlar va
yer sirtini past-balandliklari boshqa o`lchamlariga nisbatan bir necha barobar
kichik. Shuning uchun ularni boshqa turdagi proyeksiyalash usulida tasvirlash
qiyin va noqulay. Masalan, anhor (katta ariq)ning
uzunligi bir necha kilometr
bo`lsa, uning chuqurligi atigi bir necha metr.
Gorizontal proyeksiya tekisligi H nolinchi darajali tekislik deb qabul
qilingan va uning balandligi sifatida mustaqil hamdo`stlik davlatlarida,
boltiq
dengizi suvining sathi qabul qilingan; aniqrog’i Kronshtat aylanma kanalidagi
ko`prikning granit ustunidagi darajalarga bo`lingan mis reykaning nolinchi daraja
ko`rsatkichi olinadi.
Ayrim masalalarni yechishda gorizontal proyeksiyalovchi (vertikal)
tekislikda hosil qilingan proyeksiyalardan foydalanishga to`g’ri keladi.
Vertikal
tekislik gorizontal proyeksiya tekisligiga joylashtirilgan holda tasvirlanadi va bu
tekislik proyeksiyalanuvchi narsaga nisbatan qulay joyda olinadi.
Gorizontal proyeksiya tekisligidan yuqorida joylashgan nuqtalarning son
belgisi ishorasi musbat deb qabul qilingan bo`lib, son oldiga “+” (plyus)
belgisi
yozilmaydi. Gorizontal proyeksiya tekisligidan pastda joylashgan nuqtalarning son
belgisi ishorasi manfiy deb qabul qilingan bo`lib, son oldiga “–“ (minus) belgisi
yoziladi. Gorizontal proyeksiya tekisligida joylashgan nuqtalarning son belgisi “0”
(nol) bo`ladi.
Gorizontal proyeksiya tekisligida nuqtaning son belgili proyeksiyasi hosil
qilingandan so`ng (1.1-shakl,a), proyeksiya tekisligini 90
0
ga burib,
vertikal
vaziyatga keltirilganda nuqtaning son belgili proyeksiyasi tasvirlangan chizmasi
hosil bo`ladi (1.1- shakl, b). Bu chizmaga
plan
deyiladi.
Planda chiziqli
(
m) yoki sonli (M1:5000) masshtab berilishi kerak. Bunda uzunlik
birligi deb metr qabul qilingan.
Dostları ilə paylaş: