79
MATLAB tizimi – kompyuterda turli yo‘nalishdagi: mexanika, matematika,
fizika, muhandislik va boshqaruv masalalarini yechish, turli xil mexanik, energetik
va dinamik tizimlarni modellashtirish,
loyihalash, tavsiflash va tahlil qilish
masalalarining aniq, tez, samarali hal etish uchun mo‘ljallangan tizimdir.
MATLAB tizimining yaratilishi professor Kliv B.Mouler (Clive
B.Mouler) va MathWorks firmasi prezidenti Djek Litl (Jack Little) lar faoliyati
bilan bog’liq.
Bir necha yillar Nyu-Mexiko, Michigan va Stenford
universitetlarining matematika kafedrasi va kompyuter markazlarida ishlagan
Kliv Mouler, keyinchalik faoliyatini MathWorks firmasida davom ettirgan.
1984-yilda u, Fortran tizimida matrisali hisoblashlar
va chiziqli algabra
masalalarini yechish paketlarini yaratish ishlarida qatnashgan va birinchi marta
"MATLAB" atamasini kiritgan. “MATLAB” so’zi inglizcha “Matrix
Laboratory” so’zlarining qisqartirilgan ifodasidir
Matritsalar murakkab matematik hisoblarda,
jumladan, chiziqli algebra
masalalarini yechishda va dinamik tizimlar hamda ob'ektlarni modellashda keng
qo‘llaniladi. Ular dinamik tizimlar va ob'ektlarning holat tenglamalarini avtomatik
ravishda tuzish va yechishning asosi bo‘lib hisoblanadi.
Bunga MATLABning
kengaytmasi Simulink misol bo‘lishi mumkin.
MATLAB kengayuvchi tizim, uni har xil turdagi masalalarni yechishga oson
moslashtirish mumkin. Uning eng katta afzalligi tabiiy yo‘l bilan kengayishi va bu
kengayish m-fayllar ko‘rinishida amalga oshishidir. Boshqacha aytganda, tizimning
kengayishlari kompyuterning doimiy xotirasida saqlanadi va MATLABning
biriktirilgan (ichki) funksiyalari va protseduralari kabi kerakli vaqtda foydalanish
uchun chaqiriladi.
MATLAB ko‘plab amaliy masalalarni yechish
imkoniyatini beruvchi
operatorlar va funksiyalarga ega. Ular yordamida ko‘plab amaliy masalalarni
yechish mumkin. MATLAB tizimining tili matematik hisoblashlarni dasturlash
sohasida har qanday mavjud yuqori darajadagi universal
dasturlash tillaridan
boyroqdir. U hozirgi vaqtda mavjud bo‘lgan deyarli hamma dasturlash vositalarini
amalga oshiradi, jumladan, ob'ektga mo‘ljallangan va vizual dasturlashni (Simulink
80
vositalari yordamida) ham. Umuman olganda, MATLAB tizimidan foydalanish
tajribali dasturlovchilar uchun o‘z fikrlari va g’oyalarini
amalga oshirish uchun
cheksiz imkoniyatlar beradi.
Dostları ilə paylaş: