14
Axborotlashgan jamiyat - jamiyatning ko’pchilik a’zolari axborot, ayniqsa
uning oliy shakli bo’lmish bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va
amalga oshirish bilan band bo’lgan jamiyatdir.
Axborotlashgan jamiyatga o’tishda kompyuter va telekommunikatsiya
axborot texnologiyalari negizida yangi axborotni qayta ishlash sanoati yuzaga
keladi.
Axborotlashgan jamiyat quyidagi jihatlarda namoyon bo’ladi:
o
texnik qurilmalardan foydalanish ko’nikmalariga ega bo’lish;
o
o’z faoliyatida kompyuter, axborot texnologiyalaridan foydalanish;
o
turli manbalardan axborotni olishni bilish va undan samarali foydalanish;
o
axborotni tahliliy qayta ishlash asoslarini egallash;
o
o’z faoliyatiga taalluqli axborotni bilish va u bilan ishlashni uddalash.
Hozirgi paytda shu narsa ravshan bo’lib qolmoqdaki, u yoki bu mamlakat XXI
asrda munosib o’rin egallashi va boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy musobaqada
teng qatnashishi uchun, o’z iqtisodiy tuzilishi, ustivorliklari, boyliklari, institutlarini
qayta qurish va sanoatini axborot tizimlari talablariga moslashtirishi kerak.
Axborotlashgan jamiyatning shakllanishi davlat va jamiyatlar hayotining
barcha sohalarida jiddiy o’zgarishlarga olib kelmoqda. Hozirda axborot odamlar va
jamiyat faravonligining eng muhim manbaasiga aylanmoqda, rivojlangan davlatlar
iqtisodiyoti tarkibida axborot texnologiyalari indutsriyasi eng yirik sohani tashkil
etadi.
Bizning Respublikamiz ham mustaqillik tufayli axborotlashgan jamiyat
tomon kirib bormoqda. Bu masala Prezidentimiz va hukumatimizning diqqat
markazida birinchi masallalar qatorida turibdi.
Dostları ilə paylaş: