Axborot kommunikatsiya texnologiyalari


 Zamonaviy axborot texnologiyalarining hozirgi zamondagi o’rni va



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/52
tarix19.10.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#157175
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari

2. Zamonaviy axborot texnologiyalarining hozirgi zamondagi o’rni va 
rivojlanish istiqbollari hamda ularning fan-texnika taraqqiyotida, jamiyat 
rivojida tutgan o’rni
XXI asrni globallashuvi chegaralarning barham topishi, axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari va internet asriga aylanib boraѐtganini isbotlashga 
hojat bo’lmasa kerak. Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarining 
imkoniyatlari cheksiz bo’lib, u shiddat bilan rivojlanmoqda. 
Bugungi 
kunda, 
biz 
kuzatayotgan 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarining jadal rivojlanishi natijasida, shubhasiz quyidagilar o’z o’zidan 
ko’rinib turibdi: 
o
yangi axborot va kommunikatsiya texnologiyalari shaxsiy kompyuter va 
internet ixtiro qilinishi sababli, jamiyat hayotiga juda tez, ya’ni bir inson umri 
davomida kirib keldi;
o
axborotlar bilan ishlash kontseptsiyasining oddiyligi ayniqsa tasvir, ovoz 
va multimedia bilan ishlashni osonlashtirdi; 
o
kommunikatsiya usuli o’zgarib, uning imkoniyatlari kengayishi 
natijasida, yangi texnologiyalar fan, ta’lim, madaniyat va siѐsatga sezilarli darajada 
ta’sir ko’rsatishi kuzatildi. 
Axborotlashtirish jarayonini davlat tomonidan tartibga solishning muhimligi 
va uni tezlashtirish zaruriyatini hisobga olib, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 1992 yil 8 dekabr qarori bilan Fan va texnika bo’yicha Davlat 
Qo’mitasi (FTDQ) qoshida Axborotlashtirish bo’yicha bosh boshqarma 
(Boshaxbor) tuzildi. Mazkur qarorda belgilab berilgan asosiy vazifa va faoliyat 


10 
yo’nalishlari doirasida O’z FTDQ tashabbusi bilan axborotlashtirish jarayonini 
rivojlantirish uchun bir qator qonunlar qabul qilindi. 1994 yil dekabrida Vazirlar 
Mahkamasi 
O’zbekiston Respublikasini axborotlashtirish konsteptsiyasini 
ma’qulladi. Ushbu Kontseptsiyaning asosiy maqsad va unda qo’yilgan masalalar 
quyidagilardan iboratdir: 
o
milliy axborot-hisoblash to’rini yaratish;
o
axborotlarga tovar sifatida yondashishning iqtisodiy, huquqiy va me’yoriy 
hujjatlarini yuritish;
o
axborotlarni qayta ishlashning jahon standartlariga rioya qilish;
o
informatika industriyasini mujassamlashtirish va rivojlantirish;
o
axborotlar 
texnologiyasi 
sohasidagi 
fundamental 
tadqiqotlarni 
rag’batlantirish va qo’llab-quvvatlash;
o
informatika 
vositalari 
foydalanuvchilarini 
tayyorlash 
tizimini 
muvofiqlashtirish.
Kontseptsiyaning 
asosiy 
qoidalari 
hisobga 
olingan 
‘O’zbekiston 
Respublikasining axborotlashtirish dasturi’ ishlab chiqildi. U uch maqsadli dasturni 
o’z ichiga oladi: 
a) milliy axborot-hisoblash tarmog’i; 
b) EHMni matematik va dasturiy ta’minlash; 
v) shaxsiy kompyuter. 
Mazkur dasturda vazirlik va mahkama axborot tarmoqlari, Milliy axborot - 
hisoblash tarmog’ini yaratish, kompyuter va hisoblash texnikasi vositalarini ishlab 
chiqarishni tashkil etish, yangi axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlashni 
takomillashtirish, hujjatlashtirishning me’yoriy - uslubiy va huquqiy tizimini 
yaratish va boshqalar joy olgan.
Respublikada 
kompyuterlashtirish 
va 
axborot 
kommunikatsiya 
texnologiyalarini rivojlantirishga doir muayyan vazifalar O’zbekiston Respublikasi 
Prezidenti 
I.A.Karimov 
tomonidan 
2002 
yil 
30 
mayda 
imzolangan 
“Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikastiya 
texnologiyalarini joriy etish to’g’risida” gi Farmonida belgilab berilgan bo’lib, 


11 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 iyun 200-sonli 
“Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarorida o’z aksini 
topgan. Ushbu vazifalar keyingi vaqtda Respublikamizda qabul qilingan bir qator 
qonunlar, Vazirlar mahkamasining qarorlari va boshqa normativ hujjatlarda o’z 
rivojini topdi 
O’zbekiston axborot texnologiyalarini tadbiq etish va rivojlantirish uchun 
talay intellektual imkoniyat va axborot zahiralariga ega. Fanlar akademiyasi, oliy va 
o’rta maxsus o’quv yurtlari, ishlab chiqarish va firmalarda kompyuter texnikasi
aloqa, dasturiy va axborot ta’minoti, axborot tizimlar bo’yicha malakali xodimlar 
ishlamoqda. O’zbekiston Respublikasi yuqorida belgilab berilgan tamoyillarni 
amalga oshirar ekan, axborotlashgan jamiyat sari shaxdam qadamlar bilan 
bormoqda.

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin