15
Kompyuter savodxonligi – kompyuterda ishlash uchun zarur bilim va
ko’nikmalarning eng kam to’plamini egallashdir.
Shu kunda, o’qish va yozishda ustalik qanchalik zarur bo’lsa, kompyuter
savodxonligiga ham shunday qaralmoqda.
Axborotlashgan jamiyatda barcha fuqarolar,
tashkilotlar va davlatning
axborotga bo’lgan ehtiyojini qondirish uchun hamma sharoit yaratilgan bo’ladi.
Mehnat qiluvchilarning ko’pchiligi yoki axborot ishlab chiqarish, saqlash, qayta
ishlash va sotish bilan band bo’ladi yoki bu jarayonlarsiz ishlab chiqarish
majburiyatlarini bajara olmaydigan bo’ladi.
Bu shuni anglatadiki, bunday jamiyat
fuqarolari axborot madaniyatiga ega bo’ladi. Ya’ni axborot bilan ishlashni, uni olish,
qayta ishlash va uzatish uchun axborot tizimlari va texnologiyalaridan foydalanishni
biladilar. Bu inson faoliyatining barcha jabhalariga oid boy bilimlar, ishonchli
axborotlardan to’liq va o’z vaqtida foydalanishni ta’minlashga qaratilgan kompleks
chora-tadbirlarni joylarda tatbiq etishni anglatadi.
Axborot madaniyatida estetik xususiyat ham muhim hisoblanadi. Masalan,
matnlarni ma’lum
bir formatda tayyorlash, so’zlar orasida ortiqcha probellarning
bo’lmasligi, bir xil abzatslarni ishlatish yoki ekran namoyishlarida ob’ektlarni o’z
o’rniga muvofiq ravishda qo’ya olish va ranglardan foydalanish singarilar.
ACM (Association for Computer Machinery) Hisoblash texnikasi
assotsiatsiyasi hamda IEEE (Institute of Electrical and Electronics Engineers)
Kompyuter savodxonligi komponentlari
Muloqot
Dasturlash
Qurilma
O’llash
Kompyuterda ishlay
olish
malakasiga ega
bo’lmoq.
(hisoblashlarni
bajarish, matnni
o’qish-yozish, rasm,
audio, video
ma’lumotlar bilan
ishlash
va kerakli
axborotni izlab
topish)
Kompyuter uchun
dastur tuza olmoq
(chuqurlastirilgan).
Kompyuter
qurilmalari va uning
ish
jarayoni haqida
tasavvurga ega
bo’lmoq.
Ishlab chiqarish va
inson faoliyatining
turli sohalarida
kompyuterlarni
qo’llash ahmiyati
hamda
kompyuterlashtirish
dan
kutilayotgan
ijtimoiy natijalar
haqida tasavvurga
egalik.