rejimli ob’yektlar hududiga — ushbu ob’yektlar rahbarlarining ruxsati bilan
kirish;
favqulodda vaziyatlar zonalaridagi barcha shaxslardan belgilangan xavfsizlik
choralariga rioya etishni talab qilish;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini olib borish texnologiyasiga
muvofiq maxsus aslaha-anjomlar bilan ta’minlanish;
odamlarning hayotini asrab qolish va sog’lig’ini saqlash uchun hamda
odamlarning hayoti va sog’lig’iga bevosita tahdid bo’lgan taqdirda, favqulodda
vaziyatlar zonasidagi tashkilotlarning aloqa vositalari transporti, moddiy resurslari va
boshqa mol-mulkidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanish.
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini olib borish chog’ida yuridik yoki
jismoniy shaxslarning mol-mulkiga zarar yetkazilgan taqdirda zararning o’rnini qoplash
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun ajratilgan mablag’lar hisobidan amalga
oshiriladi, qutqaruvchilarning aybli harakatlari natijasida zarar yetkazilgan hollar
bundan mustasnodir.
Qutqaruvchilar favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini olib borish
davrida xarajatlarining haqi qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini ta’minlashga
ajratilgan mablag’lar hisobidan yoki xizmat ko’rsatilayotgan tashkilotlar mablag’lari
hisobidan to’langan holda, belgilangan normalar bo’yicha oziq-ovqat bilan ta’minlanish
hamda joylashtirilish huquqiga ega.
Qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalarining mehnat
shartnomasi (kontrakt) bo’yicha ishlovchilar jumlasidan bo’lgan qutqaruvchilari
navbatchilikni o’tash chog’ida ish beruvchilarning hisobidan xarajatlari haqi to’langan
holda oziq-ovqat bilan ta’minlanish yoki oziq-ovqatga qilgan xarajatlarining o’rni
belgilangan normalardan kam bo’lmagan tarzda qoplanishi huquqiga ega.
Qutqaruvchilar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi
mumkin.
Dostları ilə paylaş: