turish rejimida uyda navbatchilik qiladigan vaqti navbatchilikning har bir soati uchun
chorak soat hisobida inobatga olinadi.
Qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalari qutqaruvchilarining
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini olib borish chog’idagi ish vaqti (xizmatni
o’tash) rejimi va ish smenasining davomiyligi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish
ishlari rahbarlari tomonidan favqulodda vaziyatlarning xususiyati, ularni bartaraf etish
yuzasidan olib borilayotgan ishlarning o’ziga xos xususiyatlari va qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan boshqa holatlar hisobga olingan holda belgilanadi.
Qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalarining qutqaruvchilariga
har yili o’ttiz ish kunidan iborat haq to’lanadigan ta’til beriladi.
Noqulay va o’ziga xos bo’lgan mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun qutqaruv
xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalarining qutqaruvchilariga qonun hujjatlariga
muvofiq har yili haq to’lanadigan qo’shimcha ta’til beriladi.
Dostları ilə paylaş: