5-BOB. YAKUNLOVCHI QOIDALAR
28-modda. Nizolarni hal etish
Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining tashkil etilishi, faoliyati va
tugatilishi sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
29-modda. Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi to’g’risidagi qonun
hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi to’g’risidagi qonun hujjatlarini
buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo’ladi.
30-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruv organlari ushbu Qonunga zid bo’lgan o’z normativ-huquqiy
hujjatlarini qayta ko’rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
31-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O’zbekiston Respublikasining
Prezidenti
I. KARIMOV
Dostları ilə paylaş: |