O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti


Inson faoliyatida sezgining roli va qonuniyatlari, chet el



Yüklə 5,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/138
tarix19.10.2023
ölçüsü5,67 Mb.
#157498
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   138
Umumiy psixologiya OQUV QOLLANMA (1)

6.3.Inson faoliyatida sezgining roli va qonuniyatlari, chet el 
psixologiyasida sezgi nazariyalari 
Odam bilan uning tevarak-atrofidagi olam o`rtasida doimo o`zaro bir-biriga 
ta`sir qilish jarayoni bo`lib turadi. Odam bu protsessda dunyoni o`z psixikasi bilan 
aks ettiradi. Shu bilan birga, voqelik odam ongida ko`zgudagi kabi passiv ravishda 
aks etmay, balki aktiv ravishda aks etadi: odam tevarak-atrofdagi olam bilan o`zaro 
bir-biriga ta`sir ko`rsatar ekan, shu jarayonda olamga ta`sir etadi, uni o`zgartiradi 
va uni o`z ehtiyojlariga moslashtiradi. 
Psixik mahsullar - psixik jarayonlarning natijasidir. Bularga sezgi va 
idroklarning obrazlari, tasavvurlar, muhokamalar, tushunchalar shaklidagi 
subyektiv psixik mahsullar kiradi. 
Yoqimli va yoqimsiz tuyg`ular, tinchlik-farosat, hayajonlanish va 
ma`yuslanish, uyg`oqlik va uyqu holatlari, dadillik va taraddudlanib qolish 
holatlarini boshdan kechirish holatlarga kiradi. 
Xilma-xil psixik hodisalarni: bilish, emotsional soha (hissiyot sohasi) va iroda 
sohasi deb uchga bo`lish qadimdan bor. Odam ongi faoliyatida zohir bo`ladigan 
ana shu turlar psixik funksiyalar deb ataladi. 
Bilish hodisalari boshqacha aqliy, intellektual jarayonlar deb ataladi. Sezgilar, 
idrok, xotira, xayol, tafakkur va nutq – bilish jarayonlaridir. 
S e z g i l a r –
 
muayyan paytda sezgi organlarimizga: ko`ruv, eshituv, tuyish, 
hid bilish va boshqa shu kabi organlarimizga ta`sir etib turgan narsalardagi ayrim 
xossalarning aks etishidir. Masalan, qizil, oqni, shirin, achchiqni, og`ir, yengilni 
sezamiz. 
A.N.Leontev seskanuvchanlikdan sezuvchanlikka o`tish boshqacha hayot 
tarixi bilan bog`liq deb ko`rsatadi va yuksak tashkil topgan hayvonlarda 
sezuvchanlik taraqqiy etadi, sezgi a`zolari tarkib topadi deb ko`rsatadi.
Sezish qobiliyatining paydo bo`lishi psixika taraqqiyotidagi dastlabki davrdir. 
Keyinchalik hayvonlar nerv sistemasining taraqqiysiga va jumladan sezgi 
organlarining taraqqiysiga qarab, tashqaridan bo`ladigan ta`sirni aks ettirish, sezish 
qobiliyati o`sib, tobora murakkablasha bordi. Masalan, maxsus sezgi organlari 


148 
bo`lmagan eng sodda hayvonlarda, aftidan, faqat umumiy, differentsiallashmagan 
sezuvchanlik mavjud bo`lsa kerak. Taraqqiyotning ancha yuqori bosqichlarida 
hayvonlarda sezgi organlari paydo bo`ladi, nerv sistemasining analiz qilish 
qobiliyati ham o`sadi. Biologik taraqqiyotning yuqori bosqichlarida hayvonlarning 
ba`zi turlarida sezgi organlari hayron qolarlik darajada takomillashadi. Masalan, 
burgutning ko`rish organi, itning hid bilish organlari va hokazo. 
Nerv sistemasining sezgi organlarining taraqqiyoti, shu bilan birga hayvonlar 
psixikasining ham taraqqiyotiga, hayvonlarning hayot kechirish tarziga, shu 
hayvonlarning qayerda, qanday yashashiga, qanday oziqlanishiga, qanday ovqat 
topishiga, kimga qarshi kurashishiga va shu kabilarga bog`liqdir. Masalan, 
parrandalar umrining ko`p qismini havoda, uchib yurib o`tkazadi. Bunday hayot 
kechirish bepoyon bo`shliqlarda adashmaslik zaruriyatini tug`diradi. 
Biror faoliyatni bajarishdagi barcha harakatlar kishi tomonidan nazorat qilinib 
tuzatilib boriladi. Nazorat qilish va holatlarni tuzatish qobiliyatidan mahrum 
bo’lgan kasallar hatto eng oddiy ish-harakatni ham muvaffaqiyatli bajara olmaydi. 
Ular stakanni stoldan olishda, og’izga olib kelishda xatolarga yo’l qo’yadilar.
Nazorat qanday yo’l bilan amalga oshiriladi? Bu sezgi organlari ko’rish, 
eshitish, muskul sezgi va boshqalar orqali amalga oshiriladi. Chunki har bir ish – 
harakatni bajarayotganimizda barcha harakatlarimizni ko’zimiz orqali yoki eshitish 
sezgimiz orqali tekshirib turamiz. 
Albatta, harakatni boshqarish va nazorat qilishda bosh miya ham katta rol 
o’ynaydi. Har qanday harakat o’zining oxirida oladigan natijasining maqsadiga 
qarab boshqariladi va nazorat qilinadi. Bajarilgan harakatning natijalari uning 
maqsadi nuqtai nazaridan baholanadi va tuzatiladi. Har qanday ish harakatni 
bajarishdan oldin uning modeli miyada tayyor bo’ladi, ana shu modelga qarab u 
boshqariladi, olingan natija modelga qarab baholanadi. 
Periferiyadagi nervlardan ba`zilari qo`zg`alishi periferiyadan markazga ham, 
markazdan periferiyaga ham o`tkazadi. 
Sezuvchi va harakatlantiruvchi nervlardan qo`zg`alish bir xil tezlik bilan 
o`tmaydi; sezuvchi nervlar qo`zg`alishni harakatlantiruvchi nervlarga nisbatan 


149 
sekinroq o`tkazadi. Sezuvchi nervlar ayrim sezgi organlariga yoyilib, har bir 
organning asosiy negizini tashkil etadi. Har bir sezuvchi nerv muayyan organga 
ko`ruv, eshituv, hid bilish va shunga o`xshash organlarning biriga xos bo`lgan 
spetsifik qo`zg`alishlarni o`tkazadi. 
Harakatlantiruvchi nervlar ayrim organlarning va muskul ayrim qismlari 
harakatini idora etadi. Katta yarim sharlar po`stining peshona qismlarida periferik 
nerv sistemasining ham, vegetativ nerv sistemasining ham funksiyalarini 
birlashtiradigan yuksak markazlari bor. Bosh miya po`stidan periferik nerv 
sistemasiga ham, vegetativ nerv sistemasiga ham impulslar kelib turadi. Binobarin, 
vegetativ nerv sistemasini, shuningdek, boshqa qism va markazlarni bosh miya 
po`sti idora etadi. 
Vegetativ nerv sistemasi umumiy nerv sistemasining bir qismi bo`lib, ichki 
organlar hazm, nafas, qon aylanish organlarining ishlarini va ichki sekretsiya 
bezlarining faoliyatini idora qiladi. Vegetativ nerv sistemasi organizmning 
umuman hamma hayotiy jarayonlarini idora etadi. Organizm jarayonlarining shu 
tariqa vegetativ nerv sistemasi tomonidan idora etilishi organlar faoliyatining 
kuchayishi va susayishida, ortishi va kamayishida ko`rinadi. 
Vegetativ nerv sistemasi ichki organlar bilangina bog`lanib qolmay, balki 
organizmning boshqa hamma qismlari bilan ham bog`langandir. Vegetativ nerv 
sistemasining markazdan qochuvchi tolalari hamma sezgi organlarida va teri 
hujayralarida bor. Vegetativ nerv sistemasi o`sha tolalar orqali sezgi organlariga 
ta`sir etib, ularning faoliyatini kuchaytiradi yoki susaytiradi. Jumladan, vegetativ 
nerv sistemasi sezgi organlarining adaptatsiyasiga (ya`ni moslanishiga) ancha 
yordam berar ekan. Vegetativ nerv sistemasi markaziy nerv sistemasining turli 
qismlariga, jumladan, bosh miya po`stiga ham ta`sir etadi. Shuning uchun ham 
vegetativ nerv sistemasining ta`siri psixik jarayonlarda ham ko`rinadi. 
Vegetativ nerv sistemasi ikki bo`lakdan: simpatik nerv sistemasi va 
parasimpatik nerv sistemasidan iborat. 


150 
Simpatik nerv sistemasining markazlari gipotalamusda, orqa miyaning 
ko`krak va yuqori bel bo`limlaridadir. Simpatik nerv sistemasining tolalari 
tanadagi hamma organlarga yoyiladi. 
Parasimpatik nerv sistemasining markazlari to`rt tepalikda, o`rta miyada 
(Varoliy ko`prigi), uzunchoq, miyada va orqa miyaning dumg`aza bo`limidadir. 
Simpatik va parasimpatik nerv sistemalari ichki organlar faoliyatini idora 
etishda «antagonistlar» rolini belgilaydi. 
Har bir analizatorning periferiyadagi chekka tarmoqlari tegishli sezgi 
organlarida - ko`ruv organida (ko`z), eshituv organida (quloq), hid bilish organida 
(burun - halqum) va boshqa organlarda bo`ladi. 
Analizator – avvalo sezgi va idroklarimizning nerv-fiziologik apparatidir. 
Analizator quyidagicha ishlaydi: analizatorning chekka tarmoq egati 
(retseptor) tegishli qo`zg`alishlarni sezib, qaytadan ishlab, maxsus nerv 
qo`zg`alishiga aylantiradi. Masalan, ko`ruv retseptori tabiatdan yorug`lik 
tebranishlarini, eshituv retseptori esa havo tebranishlarini ajratib oladi. 
Analizatorning ikkinchi bo`limi qo’zg’alishni periferiyadagi (chekka) 
tarmoqlardan bosh miya po`stiga o`tkazadi. 
Sa`y-harakatlarning amalga oshirilishi beto’xtov ravishda nazorat qilinadi, 
uning mahsulasi harakatning pirovard maqsadi bilan qiyoslanadi va unga ayrim 
tuzatishlar kiritiladi, xuddi shu tarzda boshqaruv betinim takrorlanaveradi, 
harakatni nazorat qilish jarayoni esa sezgi a`zolari yordami bilan vujudga keladi. 
Sa’y-harakatning sensor (sezgi a’zolari yordamida) nazorat qilishning isboti uning 
oynadagi o’z aksiga qarab chizishda o`z ifodasini topadi. Ma’lumki, oynada 
qalamning odam qo`li harakat yo`nalishi bo`yicha emas, balki qarama-qarshi 
tomonga harakatlanayotganday tuyuladi. Inson ko`rish orqali mashqlanishi tufayli 
ma`lumotlardan foydalanish bilan harakatni muvofiqlashtirishni uddalaydi. 
Sa’y-harakatlarning nazorat qilish jarayoni va ularni boshqarish teskari aloqa 
prinsipiga binoan ro`yobga chiqadi. Ushbu hodisani amalga oshish imkoniyati 
quyidagi omillarga bevosita bog’liq holda kechadi: a) sezgi a’zolari aloqa kanali 
vazifasini bajargan taqdirda; b) ular axborot manbai sifatida harakat rolini 


151 
o`ynaganda; v) sa’y-harakatlarni aks ettiruvchi alomatlar bu jarayonda xabar 
yetkazuvchi sifatida qatnashganida va boshqalar. Ta’kidlab o`tilgan omillar orqali 
amalga oshadigan teskari aloqaning bunday shaklini (ko`rinishini) rus tadqiqotchi 
P.K.Anoxin teskari afferentatsiya deb atagan. Afferentatsiya (lotincha aggogepz 
keltiruvchi degan ma`no anglatadi) hamda tashqi qo`zg`atuvchilardan hamda ichki 
organlardan, axborotni qabul qiluvchi hissiy a`zolardan markaziy nerv sistemasiga 
kelib tushuvchi nerv impulslarining doimiy oqimini bildiradi. To`g`ri aloqa-
axborotlarining tashqaridan kirib borishini anglatib kelsa, teskari afferentatsiya 
uning aks holatini aks ettiradi. Sa`y-harakatlarning hammasi ham organlarning 
faoliyatini tushuntirish uchun xizmat qiladi va nazorat (boshqaruv) jarayoni qanday 
kechishini tahlil etish imkoniyatiga ega. 
Senzitivlik (lotincha zepsis sezish, his qilish degan ma`no anglatadi). 
Senzitivlik yuzasidan insonda bironta psixik reaksiyani hosil qilish uchun zarur 
bo`lgan o`ta kuchsiz tashqi taassurot kuchiga qarab mulohaza yuritiladi, jumladan, 
sezgilarning paydo bo`lishi uchun qo`zg`ovchining ozgina kuchi (ularning quyi 
chegarasi), ehtiyojlar qondirilmasligining sezilar-sezilmas darajasi (shaxsga ruhiy 
azob beruvchi) mujassamlashadi. 
XX asrning ikkincha yarmida paydo bo`lgan layoqatni miyaning 
mikrotuzilishi va sezgi a’zolari bilan bog’lovchi faraz eng mahsuldor bo’lib 
hisoblanadi. Miya hujayralarini tadqiq etish iste’dodli shaxs nerv hujayralarining 
morfologik va funksional xususiyatlarida farq borligini aniqlash mumkinligi faraz 
qilinadi. Layoqatlar bilan nerv jarayonlarining ayrim differentsial xususiyatlari 
hamda oliy nerv faoliyatining tiplari o’rtasida bog’liqlik mavjudligi to’g’risida 
faraz ham haqiqatga yaqindir. 
Rus psixologi B. M. Teplov va uning shogirdlari ishlarida oliy nerv faoliyati 
tiplarining xislatlari ta’siri tufayli shaxs qobiliyatlarining tuzilishida qandaydir sifat 
xususiyatlari paydo bo’lishini aniqlashga urinishgan. Jumladan, asab tizimining 
alohida sezgilari ma’lum qobiliyat nishonasi sifatida vujudga kelishi mumkin. 
Eksterioretseptiv sezgilar - Ko’rish, eshitish, hid bilish, ta’m bilish, teri 
sezgilari. 


152 
Proprioretseptiv sezgilar - Muskul-harakat, statik sezgilar; 
Interioretseptiv sezgilar - Organik sezgilar. 
Sezgi - qo’zg’atuvchilarning idrok a’zolari retseptorlaritga ta’siri tufayli 
vujudga keladigan, obyektiv dunyo xossalarining subyektiv in’ikosidir. Inson 
tartibsiz holdagi kechinma va tasavvurlar orasidan ba’zi obyektlarni ajratib oladi 
va bu bilan go’yoki ushbu tartibsizliklarni tartibga keltiradi. Inson sezgi a’zolariga 
ta’sir qilish uchun biron narsa idrok etildi, anglandi deyishga hali erta. Predmet 
yoki predmet emas deb hisoblash insonning o’ziga bog’liq: kim uchundir tashqi 
muhitda musiqaviy ovoz va shovqinlar, ularda uyg’unlashmaganlik (dissonans) va 
uyg’unlik (konsonaj); kimgadir esa mashinaning ishlashidan darak beruvchi 
shovqin yoki hayvonlar tomonidan chiqarilayotgan ovozlar, kim uchundir 
suhbatdoshning nutqidagi mantiqiy urg’u berishlar, kimgadir turar joylarni 
muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz rejalashtirish va boshqalar. Kimlar uchundir 
esa, agar u bunday narsalarni bilmasa, ular go’yoki yo’qdek «zo’r berib eshitmaslik 
va ko’rmaslik» payida bo’ladi. 

Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin