9
bila oladigan bo`lib qoladi. Bu bilim esa boshqa kishilarni va o`zini yaxshiroq
tushunishga imkon beradi.
Psixologiyaning bilish, ma`lumot olish uchun ahamiyati shulardan iboratdir.
Shu bilan birga psixologiya (jumladan, psixologiya metodlari) kishilar amaliy
faoliyatining har xil turlarida - ta`lim-tarbiya, ishlab chiqarish, mehnat, meditsina,
sud-huquqshunoslik, harbiy-mudofaa, san`at va
boshqa sohalarda ham katta
ahamiyatga egadir. Pedagogika ishida, ya`ni yosh avlodni o`qitish va tarbiyalashda
psixologiyaning ahamiyati ayniqsa katta.
Pedagog o`quvchilarga biron materialni tushuntirar ekan shu materialni
bolalar qanday o`zlashtirayotganini – ko`ruvchilar qanday idrok etayotganini, eslab
qolayotganini, fikrlayotganini, ularda diqqat – e`tibor, hissiyot qanday namoyon
bo`layotganini, bolalarning yosh xususiyatlariga qarab bu jarayonlar qanday ro`y
berayotganini bilish lozim.
O`quvchini bilib olish – shu o`quvchining darslarni o`zlashtirish darajasini
bilish demakdir, shuningdek, o`quvchining psixik xususiyatlarini bilish demakdir,
uning qobiliyat
va havaslari qanaqa ekanligini, uning diqqat – e`tibori, hislari,
irodasi, xotirasi, tafakkuri qanday zohir bo`lishini bilish demakdir.
Ta`lim – tarbiya ishida pedagog bolalarni bilimdan bahramand qilish, ularga
ko`nikma va malaka berish bilangina kifoyalanib qolmay, shuningdek, o`quvchilar
shaxsining hamma tomonlarini, dunyoqarashi, xarakteri, irodasi,
qobiliyati va
havaslarini takomillashtirishi lozim. Buning uchun esa psixikaning ayrim
tomonlari qanday sharoitda va qaysi pedagogik usullar yordami bilan
o`zlashtirishini va takomillashuvini bilmoq kerak.
Psixologiyaning san`atdagi ahamiyatini ham ko`rsatib o`tmoq kerak. Har bir
san`atkor (artist, muzikant, rassom va shunga o`xshashlar) kishilarga –
tomoshabinlarga, tinglovchilarga o`z ijodi bilan ta`sir ko`rsatishni
maqsad qilib
qo`yadi. Buning uchun esa odamning qanday idrok qilishini, qanday fikrlashini va
qanday his qilishini bilmoq kerak. San`at arbobi obraz yaratish ustida ishlaydi, shu
obrazning biror badiiy vosita bilan gavdalantiradi. Buning uchun san`atkor obrazni
10
qanday elementlardan qay tariqa yaratilishini bilishi kerak. U ijodiy faoliyat
psixologiyasini bilishi shart.
Psixologiyani bilish kundalik turmush uchun ham foydali. Har kim doimo
boshqa kishilar o`rtasida bo`ladi, muayyan munosabatlar – tanish-bilishlik, oshna-
do`stlik va boshqa shu kabilar tufayli boshqa kishilar bilan aloqa qiladi. Har
birimizga boshqa kishilarning xarakter, havas, kayfiyatlarini bilib olishga,
kishilarning bir-birini ajratishga va ularga ta`sir ko`rsatishga to`g`ri keladi.
Bu
yerda shuni aytish kerakki, odamzod faoliyatining turli sohalarida
psixologik bilimlarning amalda qo`llanish psixik hayot hodisalari, uni
Dostları ilə paylaş: