O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti


 Xayolning psixobiologik rivojlanishi. Xayolning funksiyalari



Yüklə 5,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/138
tarix19.10.2023
ölçüsü5,67 Mb.
#157498
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   138
Umumiy psixologiya OQUV QOLLANMA (1)

 
10.7 Xayolning psixobiologik rivojlanishi. Xayolning funksiyalari 
Xayolning o‘zi faoliyatning har xil turlarida tarkib topadi, uni amalga oshirish 
va uyushtirish uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Bolaning xayoli tashqi 
tayanchlarga (o‘yinchoqlarga) asoslanuvchi faoliyatdan so‘zlar bilan sodda hamda 
badiiy ijodiyotni amalga oshirishga sharoit tug‘diradigan ichki faoliyatga o‘sib 


234 
o‘tadi. Uning xayolida nutqni egallash munosabati bilan shaxslararo muomala ham 
taraqqiy etadi. Nutq faoliyatining yuksak ko‘rsatkichi ko‘rmagan, eshitmagan 
narsa va hodisalarni tasavvur qilish imkonini yaratadi. Xuddi shu bois bolalar 
cho‘plardan ot obrazlarini, stuldan harakatlanuvchi texnikani yaratish imkoniga 
ega bo‘ladi. Shuning uchun fantaziya ijtimoiy tajribani biri sifatida gavdalanadi. 
Badiiy fantaziya obrazlari (Bilmasvoy, Buratino, No‘xat polvon, Qorqiz, Qorbobo, 
Jodugar kampir va hokazolar) ijtimoiy tajribalarni o‘zlashtirish va bilishning 
vositasi ekanligi psixolog tadqiqotchilar tomonidan dalillab berilgan. Voyaga 
yetgan odamlar esa atrof-muhitni va shaxslararo munosabatlarni faol ijodiy 
izlanishlari tufayli o‘zgartiradi. 
Orzu xayol shakllaridan biri hisoblanib, shaxsning o‘zi uchun eng yoqimli 
istiqbol obrazlarini xayolida (tasavvurida) yaratishda gavdalanadi. Orzu insonning 
ehtiyojlari, xohish-istaklari, intilishlari bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, uni kelajakda 
faoliyatni amalga oshirishga undaydi. 
Shaxsning ijodiy faoliyati mohiyatida fantaziya ishtirok etmasdan iloji yo‘q, 
chunki hamisha ham uning amaliy xatti-harakatlarida xayol jarayonlari ro‘yobga 
chiqavermaydi. Aksariyat hollarda xayol jarayonlari shaxs amalga oshirishni 
istaydigan obrazlar shaklida mujassamlashadi hamda ichki faoliyat tusiga aylanadi. 
Kelajakka shaxsni undovchi, uning xohish-tilaklarini aks ettiruvchi obrazlar 
majmuasi orzu deyiladi. Orzu – shaxsning atrof-muhitni, ijtimoiy voqelikni 
o‘zgartirishga, o‘rin almashtirishga yo‘naltirilgan ijodiy kuchlari, ilhomlari va 
intilishlarini turmushga tatbiq etishning asosiy shartlaridan biridir. Shu bilan birga 
orzu shaxsiy va ijtimoiy hayotni ilmiy faraz qilishning unsurlaridan hisoblanadi. 
Mamlakatimizda taraqqiyotni oldindan ko‘ra bilish, maqsad ko‘zlash, kelajagi 
buyuk davlat g‘oyalari, milliy istiqlol mafkurasi va milliy istiqlol g‘oyasi g‘oyat 
muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun orzu batamom tugallanishi ma’lum bir 
sabablarga ko‘ra muvaqqat kechiktirilgan faoliyatga undovchi motiv (sabab) 
tariqasida yuzaga kelishi mumkin. Shuning uchun ham inson qo‘li bilan bunyod 
etilgan narsa o‘zining ijtimoiy-tarixiy mohiyati jihatidan moddiylashtirilgan, 
tadbiqiy xususiyatli shaxsning orzusidir. Ana shu narsalarga nisbatan o‘ta zarur 


235 
ehtiyoj 
his 
qilgan 
ajdodlarimizning 
orzulari 
yaqqol 
ko‘rinishda 
gavdalanganligining shohidi bo‘lamiz: 1) uchar gilamlar; 2) oynai jahon; 3) elektr 
chirog‘i; 4) o‘zi yurar aravalar; 5) lip etib chiqish (lift); 6) dashtga suv chiqarish va 
hokazolar. 
Badiiy va ilmiy ijodda fantaziyaning o‘rni to‘g‘risida muayyan darajada ishlar 
qilgan, chunki san’at va adabiyot ijodiy faoliyatining zaruriy unsuri sifatida 
xizmati baholangan. Ma’lumki, rassom hamda yozuvchining ijodiy faoliyatida 
ishtirok etuvchi xayol obrazlarining muhim xususiyatlari - bu uning emotsional 
kechinmalar his-tuyg‘ular bilan mujassamlashganidir. Hozirgi davrda: 1) badiiy 
ijodiyot; 2) badiiy tarjima; 3) ilmiy ijodiyot psixologiyasi; 4) adabiy qobiliyat va 
iste’dod psixologiyasi singari maxsus sohalarda xayol turlari, jarayonlari, shakllari 
kabilarga asoslangan holda tadqiqot ishlari olib borilmoqda. 
Mustaqil mamlakatimizning yoshlari (fuqarolari) yangiliklar yaratish va 
kashfiyotlar amalga oshirish, o‘zlari yoqtirgan ishlar, muqaddas ijtimoiy xayol 
yo‘llari, vatanga muhabbat, iftixor, sadoqat, sodiq do‘stlik, qahramonlik, iymon-
e’tiqod, baxt va tole to‘g‘risida uzluksiz ravishda orzu qiladilar. Shaxs tomonidan 
tasavvur etilayotgan orzular haqiqatdan ham go‘zal, ezgu niyatli, porloq kelajakka 
qaratilgan bo‘lsa, ular inson xislatiga aylanadi. 

Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin