O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti



Yüklə 5,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/138
tarix19.10.2023
ölçüsü5,67 Mb.
#157498
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   138
Umumiy psixologiya OQUV QOLLANMA (1)

Nazorat savollari: 
1.
Xayolning inson psixik faoliyatidagi roli deganda nimani tushunasiz?
2.
Xayoliy obrazlarni qayta ishlash mexanizmlarini izohlang?
3.
Xayol psixologik kategoriya sifatida haqida ma’lumot bering? 
4.
Xayol xususiyatlari va fenomenlarini aytib bering? 
5.
Xayol turlari va shakllari to‘g‘risida aytib bering? 
.
 


236 
11-MAVZU. TAFAKKUR 
 
Tayanch tusunchalar:
aqliy operatsiya, obrazli tafakkur, mantiqiy tafakkur, 
taffakur operatsiyalari, analiz-sintez, taqqoslash, abstraksiya, umumlashtirish, 
konkretlashtirish, klassifikatsiyalash, sistemalashtirish. 
 
11.1.Tafakkurning bilish jarayon sifatidagi mohiyati va shaxs 
shakllanishida tutgan o‘rni. Tafakkurning nerv-fiziologik asosi 
Ma’lumki, psixologiya fani tafakkurni o‘rganadigan yagona fan emas, chunki 
uning ayrim jihatlarini logika, mantiq, falsafa, hatto kibernetika tadqiq qilmoqda. 
Shuning uchun tafakkur psixologiyasi predmetini aniqlash juda muhim 
masalalardan biriga aylanib qolmoqda. 
Umumiy psixologiya darsliklarida tafakkurga berilgan ta’rif turlicha bo‘lib, 
ikkita yoki uchta muhim xususiyati ta’kidlab o‘tiladi, xolos. Jumladan, 
P.I.Ivanovning darsligida «tafakkur insonning shunday aqliy faoliyatidirki, bu 
faoliyat voqelikni eng aniq (to‘g‘ri), to‘liq, chuqur va umumlashtirib aks ettirishga 
(bilishga), insonning tag‘in ham oqilona amaliy faoliyat bilan shug‘ullanishiga 
imkon beradi», deb ta’riflanadi. Ushbu ta’rifda tafakkurning to‘la, aniq va 
umumlashtirilgan holda aks ettirishi ta’kidlab o‘tiladi, xolos, lekin uning xarakterli 
xususiyatlari bavosita so‘z yordami bilan ifodalanishi muallifning diqqat 
markazidan chetda qolgan. 
M.V.Gamezo «tafakkur voqelikning umumlashgan holda va so‘z hamda 
o‘tmish tajriba vositalarida aks ettirilishi» ekanligi bayon qiladi. U tafakkurning 
umumlashgan, so‘z vositasida va vositali atrof-muhit hodisalarini aks ettira olishini 
ta’kidlaydi. Bizningcha, tafakkurga berilgan ushbu ta’rif uning predmetini to‘la 
ochib berishga qurbi yetmaydi, shuning uchun boshqa manbalarga murojaat 
qilishga to‘g‘ri keladi. 
A.V.Petrovskiy tahriri ostidagi darslikda tafakkurga ushbu shaklda ta’rif o‘z 
ifodasini topgan: «Tafakkur - ijtimoiy-sababiy, nutq bilan chambarchas bog‘liq 
muhim bir yangilik qidirish va ochishdan iborat psixik jarayondir, boshqacha qilib 
aytganda, tafakkur voqelikni analiz va sintez qilishda uni bevosita va 


237 
umumlashtirib aks ettirish jarayonidir». Ta’rifdan ko‘rinib turibdiki, tafakkur 
yuqorida keltirib o‘tilgan ta’riflardan bir muncha kengroq xususiyatlarni ochib 
berish uchun xizmat qiladi, biroq uning jihatlari to‘la qamrab olinmagan. 
V.V.Bogoslovskiy tahriridagi darslikda ham tafakkurga berilgan ta’rif uning 
umumlashgan va bilvosita aks ettirish xususiyatlari yoritilgan, xolos. Xuddi shunga 
o‘xshash tafakkur xususiyatlari F.N.Gonobolin, K.K.Platonov darsliklarida ham 
uchraydi. 
Bizningcha, 
tafakkur 
predmetini 
belgilash 
uchun 
to‘laroq ta’rif 
O.K.Tixomirovning darsligida berilgan. Tafakkur predmetiga kiruvchi tarkibiy 
qismlar mana bunday ifodalanadi: «Tafakkur - bu o‘z mahsuloti bilan voqelikni 
umumlashtirib, bavosita aks ettirishni xarakterlaydigan, umumlashtirish darajasi va 
foydalanadigan vositalariga hamda o‘sha umumlashmalar yangiligiga bog‘liq 
ravishda turlarga ajratishdan iborat jarayon, bilish faoliyatidir». O.K.Tixomirov 


238 
mazkur ta’rifda tafakkurning aksariyat jihatlari va xususiyatlarini ta’kidlab o‘tgan. 
Lekin tafakkur muammosiga yangicha yondashishlarning paydo bo‘lishi ta’rifni 
yanada takomillashtirishni taqozo qiladi. 

Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin