O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti


 Xorij psixolog olimlarining xayol to‘g‘risidagi fikrlari



Yüklə 5,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/138
tarix19.10.2023
ölçüsü5,67 Mb.
#157498
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   138
Umumiy psixologiya OQUV QOLLANMA (1)

 
10.6. Xorij psixolog olimlarining xayol to‘g‘risidagi fikrlari 
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, passiv xayol ixtiyoriy va ixtiyorsiz turlarga 
ajratilganidek, aktiv xayol tiklovchi va ijodiy ko‘rinishlarga bo‘linadi. 
O‘zining mohiyati bilan tasavvurlarga muvofiq keladigan tasavvurlar, 
tasvirlar tizimini yaratuvchi xayol «tiklovchi xayol» deb ataladi. Tabiatga, 
jamiyatga va shaxslararo munosabatga, bilimlarga oid ma’lumotlar o‘rganilishida 
xayol bevosita ishtirok etadi hamda matnlarda, rasmlarda, xaritalarda aks ettirilgan 
narsalar qayta tiklanadi. Ijtimoiy tajribada, ta’lim-tarbiya jarayonida fazoviy xayol, 
vaqt va harakat birliklariga oid axborotlar, masofa, hajm to‘g‘risidagi xabarlarga 
diqqat bilan, sinchkovlik bilan qarash, tikilish jarayonida mazkur xayol turi 
rivojlanadi. 
Ijodiy xayol tiklovchi xayoldan farqli o‘laroq original va qimmatli moddiy, 
ijodiy mahsulotlarda gavdalanuvchi yangi obrazlarning yaratilishidan iborat 
xayolning turidir. 
Xayolning muhim tomonlaridan biri - uning ijodiyot va shaxs munosabatining 
yaxlit holda talqin qilish xususiyatidir. Ijodiyot shaxsning ichki imkoniyatlari va 
zaxiralarini ro‘yobga chiqishining asosiy shartlaridan biridir. Xuddi shu sababdan 
shaxs o‘zining ijodiy faoliyati bilan, birinchidan, insonning yaratuvchilik qudratini 
amaliyotda namoyish qiladi. Ikkinchidan, u ijodiyot ta’sirida yangi fazilatlarni 
egallaydi, nafosat, badiiy ijod, texnik qobiliyat, kashfiyot ijtimoiy muammolarni 


228 
integratsiya qilish yoki mavjud umumiy qonuniyatlardan kelib chiqib, uni 
differensiallashtiradi. Uchinchidan, jahon faniga o‘z ulushini qo‘shadi va 
sivilizatsiyaga o‘z ta’sirini o‘tkazadi, ijtimoiy taraqqiyot harakatlantiruvchisiga 
aylanadi. Ijodiyot davomida shaxs motivatsion, emotsional, irodaviy barqarorlik, 
xarakterning mustahkamligi va boshqa individual-tipologik xususiyatlardagi 
yetuklik ijodiyot mahsuliga, uning samaradorligiga, sifatiga munosib ravishda 
ijobiy ta’sir o‘tkazadi. Ijodiyot tarkib bilan shaxsning xususiyatlari o‘rtasidagi 
uyg‘unlikning yuzaga kelishi ikkiyoqlama ta’sir o‘tkazish mexanizmi sifatida 
muhim rol o‘ynaydi, ya’ni faoliyatda shaxs o‘zining yangi qirralarini ochadi, uning 
fazilatlari esa ijodiy izlanishlarning muvaffaqiyatli yakunlanishini ta’minlaydi. 
Xayolning analitik-sintetik xususiyatlari. Analitik holat xayolning mazmunini, 
mohiyatini, predmetini, asosan, tubdan yangi mahsullar, yangicha obrazlar, 
timsollar, tasvirlar yaratilishidan, atrof-muhitning ifodasi, yangi bezakli, jiloli 
ekanligini qayd qilishdan iboratligini tan olishdir. Yangilik elementlari, ba’zi 
jabhalarining qo‘shimcha alomatlar bilan boyitilishi, ijod qilinishi xayolning asosiy 
vazifasi ekanligi g‘oyasini aks ettiruvchi tendensiya psixologiya fanida aksariyat 
ilmiy maktablar tomonidan tan olingan va taraqqiyot harakatlantiruvchisi sifatida 
qat’iy ravishda himoya qilinib kelinmoqda. Ikkinchi tendensiya biosfera va 
neosfera to‘g‘risidagi ma’lumotlar, tasavvurlar, ta’sirlanish, timsollar ijtimoiy-
tarixiy taraqqiyot davomida qaytadan tiklanish orqali xayol mahsuli sifatida 
saqlanib keladi, degan g‘oyaga asoslanadi. Bu tendensiyada obrazlarning 
tiklanishi, saqlanishi, kuchayishi yoki o‘chmas iz tariqasida uzluksiz ravishda 
inson xotirasida, ko‘z o‘ngida namoyon bo‘lishi, gavdalanishi hayot va faoliyat 
uchun birlamchi ekanligi isbotlashga harakat qilinadi. Har ikkala tendensiya ham 
xayol holatining analitik vazifasini bajarish imkoniyatiga ega bo‘lib, o‘zaro bir-
birini inkor etish darajasiga olib bormaslikni taqozo qiladi. Shuning uchun ijodiy 
xayol yangi obrazlarni vujudga keltirish bilan taraqqiyotga ulush qo‘shadi, yaqqol 
voqelik va ularning timsollar haqidagi ma’lumotlar, chizg‘ilar tasviri hamda 
tasavvurlarini qayta tiklash orqali insoniyat bilimi, tajribasini boyitadi. 


229 
Tiklovchi xayol insoniyat tomonidan oldin yaratilgan narsalar va hodisalar 
to‘g‘risidagi obrazlar, axborotlar sifatida qaytadan joylanishiga muhim ta’sir etadi, 
o‘zining harakat tezligi bilan har qanday texnika mo’jizasini dog‘da qoldiradi. Har 
ikkala tendensiya uyg‘unlashuvi orqali ijodiy va tiklovchi xayol turlari vazifasiga, 
ahamiyatiga, mahsuldorlik darajasiga oqilona baho berish mumkin. 
Aks holda ikki tendensiya ikki xil talqin, turlicha yakun, o‘zgacha mazmun, 
alohida yondashuv, ustuvorlikka da’vo keltirib chiqarishi ayni haqiqatdir. 
Xayol analitik holatdan tashqari sintetik xususiyatga ham egadir. Xayolning 
sintetik holati ushbu fenomenlar orqali ifodalanadi: agglyutinatsiya (lot. 
yopishtirmoq, yelimlamoq ma’nosini bildiradi) muayyan tasavvurlarni bir-biriga 
qo‘shib yoki ulardan foydalanib, narsa va hodisalarning yangi obrazlarini 
yaratishdan iborat xayol fenomenidan biridir; giperbolizatsiya (yunon. pirego1e 
bo‘rttirish, kuchaytirish ma’nosini anglatadi); sxematizatsiya (yunon. «seta» obraz, 
shakl vujudga keltirish demakdir); tipizatsiya (yunon. «shroz» iz, chiziq degan 
ma’noni bildiradi) yoki tipiklashtirish; o‘xshatma — muayyan narsalarga. nisbatan 
qiyoslash orqali muhim va nomuhim tomonlaridan umumiylikni tanlab olish 
kabilar. 
Agglyutinatsiya fenomeni obrazlar (tasvirlar, timsollar) sintezlashuv 
jarayonining soddaroq ko‘rinishidan biri hisoblanib, insoniyatning kundalik hayoti 
va faoliyatida ro‘y-rost yaxlitlashtirish imkoniyati yo‘q xilma-xil xislatlar, 
fazilatlar, sifatlar va qismlarni «qorishiq» tarzida (birlashtirilgan) shaklda aks 
ettiradi.
Odatda, agglyutinatsiya yordami bilan donishmand xalq tomonidan yaratilgan 
ertak timsollari, afsona tasvirlari yaratiladi yoki xayoliy kompozitsiyasi to‘qib 
chiqariladi (lotincha - tuzilmasi, tarkibiy jihatlari degan ma’no anglatadi). Masalan, 
bulbuligo‘yo - odamsimon (boshi odam, tanasi qush) bir jonivor gavdalanadi; suv 
parisi timsolida ayol mujassamlashadi (bosh va gavdasi odamniki, dumi baliqniki, 
sochi yashil suv o‘tlaridan iborat); kentavr (ot va odam); pegas (qanot va ot) 
qanotli ot; tovuq oyoqli uycha, yettiboshli ilon ajdaho (ilon, ot va qushdan iborat) 
va boshqalar. 


230 
Hozirgi zamonda agglyutsinatsiyadan texnik, badiiy, san’at ijodiyoti keng 
ko‘lamda foydalanilmoqda, chunonchi, samolyot amfibiya - (yunoncha -
ikkiyoqlama hayot kechirish ma’nosini bildiradi) uchuvchi qayiq toifasidagi 
quruqlik va suvga moslashgan gidrosamolyot; aerosans (chana singari sirg‘anuvchi 
samolyot), jangovar texnika amfibiya (tank, bronetransport, avtomobil); avtokor 
(inglizcha «sag» arava) o‘zi yurar arava va hokazo. 
Giperbolizatsiya fenomeni xayol obrazlarini hamda tasavvur shakllarini 
o‘zlashtirish jihatidan yaqin agglyutinatsiyaga yondosh, o‘xshash psixik 
jarayondir. Giperbolizatsiya narsalar va jonivorlarni nafaqat haddan ziyod 
kattalashtirish yoki kichiklashtirish (barmoqdek kichik balo, uydek tuxum, tog‘dek 
pahlavon, tariqdek bola, tuyadek burga va hokazo) bilan tavsiflanibgina 
qolmasdan, balki tasavvur obrazlari (timsollar, tasvirlar) miqdorini ko‘paytirish 
yoki ularning o‘rniga almashtirish xususiyatlarini ham namoyon etadi. Masalan, 
yetti boshli ajdarlar, ko‘pqo‘lli va ikki qorinli maxluqotlar, olti oyoqli jonivorlar, 
quyosh nurini to‘sgan afsonaviy qushlar shular jumlasidandir. 
Sxematizatsiya fenomeni xayolot (fantaziya) obrazlarini yaratish imkoniyati 
mavjud vositalardan biri hisoblanib, u borliqdagi narsa va hodisalarning u yoki bu 
alomatlari hamda sifatlarini ta’kidlashdan, shuningdek, ularga butun diqqat-
e’tiborni markazlashtirishdan iborat psixik jarayondir. Mazkur jarayonda xayolot 
(fantaziya) tasvirlarida yuzaga keladigan tasavvurlar o‘zaro birlashib ketishi 
natijasida tafovutlar qariyb yo‘qoladi, o‘xshashlik alomatlari esa birlamchi 
voqelikka aylanadi, qolaversa, ushbu holat sxematizatsiyalashni ro‘yobga 
chiqishiga qulay negiz hozirlaydi. Masalan, bunga konstruktorning qushlar 
olamidan andoza olib, yangi qurilmalar yaratishi, modeldan haqiqiy asbob ishlab 
chiqishi; rassom tabiat mo’jizalarining matoga tushirishi yaqqol misoldir. 
Tipizatsiya fenomeni yordami bilan xayolda tasavvurlar sintezi ro‘yobga 
chiqishi mumkin. Odatda, badiiy adabiyotda tipizatsiya yoki tipiklashtirishdan 
keng ko‘lamda foydalaniladi hamda uning yordamida ba’zi bir jabhalari bilan 
o‘zaro o‘xshash, hatto mutanosib narsa va hodisalarda aks etuvchi muhim belgilari 
ajratib olinadi hamda ular yaqqol obrazlarda mujassamlashtiriladi. Ijodiy 


231 
jarayonlarning vujudga kelishi, kechishi, rivojlanishi bir talay assotsiatsiyalar 
orqali paydo bo‘ladi, lekin ularning qayta tiklanishi xotira jarayonlarida 
uchraydigan tiklanish yoki jonlanishdan tafovutlanadi. Ijodiy ilhomlari 
hisoblanmish ehtiyojlar va motivlarga assotsiatsiyalar jarayonida o‘zlashtirilgan 
yo‘nalish bo‘ysunadi. 
Ijodiy xayol o‘ziga xos muayyan xususiyatlarga ega bo‘lib, ulardan eng 
muhimi assotsiatsiyalarning an’anaviy yo‘l-yo‘rig‘idan voz kechib, ijodkor 
ruhiyatida favquloddalik qilayotgan his-tuyg‘ular, o‘y-fikrlar, xohish-istaklarga 
tobe etishdir. Vaholanki, assotsiatsiyalarning o‘xshashlik, yondoshlik, qarama-
qarshilik (kontrastlik) ko‘rinishlari saqlanib qolsa-da, lekin tasavvurlarni saralash 
esa sababiy bog‘lanish mexanizmi bilan tavsiflanadi. Ijodkor (shoir, yozuvchi, 
rassom) asarida assotsiatsiyalar chizgisi paydo bo‘ladi, ularning vujudga kelishiga 
asosiy sabab tashqi taassurot hisoblanadi. 
Xayol jarayonlarining, shu jumladan, fantaziya obrazlarining vujudga kelishi 
inson miyasi faoliyatining mahsuli hisoblanib, bosh miya katta yarim sharlari 
po‘stloq qismining funksiyasi orqali amalga oshadi. Xotira bilan xayolning 
fiziologik asoslari, mexanizmlari o‘rtasida muayyan darajada o‘xshashlik va ba’zi 
tafovutlar mavjudligini ta’kidlab o‘tish joiz. 
Xotiraning fiziologik asosi muvaqqat nerv bog‘lanishlarining o‘zaro birikuvi 
hamda faollashuvi (qayta jonlanishi, tormozlanishi)dan iborat bo‘lsa, xayol 
jarayonida inson ontogenezida yuzaga keltirilgan bog‘lanishlar tizimi buzilishi 
(yemirilishi) oqibatida yangi tizim hosil qilinadi. Favquloddagi bunday holat 
(birlashishi, yangi tizim) ma’lum ehtiyoj yoki birorta tasodifiy taassurot (tashqi 
ta’sir) orqali miya po‘stida kuchli qo‘zg‘alish o‘chog‘ining hosil bo‘lishi tufayli 
vujudga kelishi mumkin. Xuddi shu boisdan xayol surayotgan shaxsda nerv 
hujayralarining guruhlari o‘zaro yangidan (qaytadan) bog‘lanishi, shuning uchun 
fantaziya obrazlariga xos yangilik va o‘xshashlik alomatlari mazkur yangicha 
bog‘lanishga bo‘ysunadi. 
Shunday qilib, xayol miya katta yarim sharlari po‘stining funksiyasi 
hisoblanishiga qaramasdan, uning fiziologik mexanizmlari miyaning boshqa 


232 
qismlari bilan bog‘liq ekanligi to‘g‘risida faraz qilishga imkon tug‘diradi. 
Miyaning mana shunday chuqurroq qismlari gipotalamlimbik tizimi fantaziya 
obrazlarining shakllanishi bilan ularni faoliyat jarayonlariga qo‘shilishda miya 
yarim sharlari po‘sti bilan birga qatnashadi. Tizimning po‘stloq bilan po‘stloqosti 
qismlari bog‘lanishi tufayli gipotalamus miya stvolining yarim sharlar bilan 
tutashuvida «limb» (chegara) hosil qiladi. 
Inson miyasi fantaziya obrazlariga hamda organizmning periferik (chet) 
qismlariga boshqaruvchanlik ta’sirini o‘tkazib, ularning faoliyatini o‘zgartirib 
turadi. Shaxs asabiylashganida biror narsa haqida qattiq o‘ylasa, albatta tana 
a’zolarida ko‘zga tashlanadigan o‘zgarishlar sodir bo‘lishi mumkin. Yuzaga kelgan 
bunday alomatlar (belgilar, izlar) «stigmat»lar deb nomlanadi (yunoncha, dog‘ 
yoki chandiq degan ma’noni anglatadi). Qadimgi xalq afsonalari, rivoyatlariga 
qaraganda inson qattiq jismoniy kaltaklangan davrini eslasa, go‘yoki o‘sha 
azobning izlari favquloddagi paytda yuzaga kelishi ta’kidlanadi. Qo‘rqinch holat 
to‘g‘risida xayol obrazlari yaratilsa, odamga uchuq chiqishi, lablari yorilgandai his 
etishi voqeliklari uchrab turadi. Masalan, chekish va ichishni mutlaq tashlagan 
shaxs papiros yoki spirt ichimligi to‘g‘risida o‘ylasa, uning og‘iz bo‘shlig‘ida 
tamaki ta’mi, aroqning achchiqligi paydo bo‘lishi mumkin. Inson juda suvga 
tashna bo‘lsa yoki ochlik azobi qiynasa, ular to‘g‘risida o‘ylasa, «shirin qoniqish» 
«lazzatlanish» hislari vujudga keladi. 
Psixologiyada qo‘rqinch holati to‘g‘risida muayyan materiallar to‘plangan va 
tahlil qilingan. Fobiya muayyan sharoitlar va vaziyatlarda shaxsda vujudga 
keladigan kuchli asosga ega bo‘lmagan qo‘rqinch va tashvishlanishdan iborat, 
inson tomonidan yengish imkoniyat yo‘q muttasil psixopatologik holati. Mazkur 
patologik holatning ba’zi birlariga tushuncha berishga harakat qilamiz: 1) 
agarafobiya - shaxsning gavjum maydonlardan, shoh ko‘chalardan o‘tishiga 
qo‘rqishi; 2) kaustrofobiya - insonning eshigini qulflab yolg‘iz o‘tirishidan 
qo‘rqishi; 3) monofobiya - shaxsning yakka-yu yolg‘iz, hech kimsiz qolishdan 
qo‘rqishi; 4) atropofobiya - insonning ko‘pchilik davrasidan, xaloyiqdan qo‘rqishi; 
5) nazofobiya - odamning kasal bo‘lib qolishdan qo‘rqishi; 6) eyrotrofobiya - 


233 
shaxsning ko‘pchilik davrasida izza bo‘lishdan, o‘zini yo‘qotib qo‘yishdan 
qo‘rqishi; 7) didaktogen - o‘quvchi yoki talabaning o‘qituvchidan qo‘rqishi; 
8)yatrogen - bemorning shifokordan qo‘rqishi va hokazo. 
Xayolning organik jarayonlari bilan uzviy bog‘liqligi haqidagi ma’lumotlar 
yana ideomotor (yunoncha - tushuncha, tasavvur, lotincha - harakatlantiruvchi 
degan ma’noni bildiradi) aktlar (harakatlar)da mujassamlashgan bo‘ladi. Inson u 
yoki bu harakatni tasavvur qilish bilanoq xuddi shu narsaning tabiiy ravishda 
bajarilishi boshlanadi. Masalan, shaxs qaysidir ashulani dildan o‘tkazsa, uning 
xirgoyisi amalga oshiriladi yoki rubob to‘g‘risida tasavvur qilinsa, undagi barmoq 
harakati tasodifiy ijroga kirishadi va boshqalar. 
Xayol shakllari to‘g‘risida tushuncha. Xayolning asosiy shakli xayolot yoki 
fantaziya deb nomlanadi, lekin chet el psixologiyasida xayolning sinonimi sifatida 
qo‘llaniladi. Fantaziya inson ongida in’ikos etila boshlagandan e’tiboran borliqning 
qiyofasini o‘zgartirishga yo‘nalgan bo‘ladi, voqelikning unsurlari o‘rin 
almashtirish xususiyatiga ham egadir. Shuningdek, fantaziya insoniyat dunyosi 
uchun ma’lum bo‘lgan omillarga nisbatan yangi nuqtai nazar topishga va shu 
yo‘sinda yondashishga imkon beradi hamda badiiy, ilmiy bilish qadriyatlarni 
o‘zida mujassamlashtiradi. 
Odatda, bolaning asosiy faoliyati o‘yinga aylana borgan sari bog‘cha va 
kichik maktab yoshi davrida jadal rivojlanishi bilan tavsiflanadi. Ma’lumki, 
ta’kidlangan yosh davridagi bolalar uchun fantaziya obrazlari ularning o‘yin 
faoliyati uchun dastur tariqasida vujudga keladi: a) bola o‘zini kosmonavt sifatida 
his qiladi; b) konstruktor rolini bajaradi; v) o‘zini personaj xulq-atvori bilan 
taqqoslaydi; g) rolli, syujetli o‘yinlarda muayyan rollarga kirishadi va hokazo. 

Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin