O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti


Nutq faoliyatining fiziologik mexanizmlari. Nutq rivojlanishi



Yüklə 5,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/138
tarix19.10.2023
ölçüsü5,67 Mb.
#157498
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   138
Umumiy psixologiya OQUV QOLLANMA (1)

 
12.2.Nutq faoliyatining fiziologik mexanizmlari. Nutq rivojlanishi 
davrlari 
Odam hayvonot olamidan farqli o‘laroq o‘zi xoh amaliy, xoh aqliy harakat 
bo‘lishidan qat’iy nazar, uni rejalashtira oladi. Faoliyatni bunday rejalashtirish 
yechimi uchun vosita qidirishning va umumiy fikriy masalalarni hal qilishning 
asosiy quroli tildir. Psixologik tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, tilning eng asosiy 
funksiyasi - bu kommunikatsiyadir. 
Nutq faoliyati - odam tomonidan ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirish, 
avlodlarga berish (uzatish) yoki kommunikatsiya o‘rnatish, o‘z shaxsiy 
harakatlarini rejalashtirish va amalga oshirish maqsadida tildan foydalanish 
jarayonidir. 
Nutq faoliyati - odam tomonidan ijtimoiy - tarixiy tajribani o’zlashtirish va 
avlodlarga berish yoki kommunikatsiya o’rnatish o’z harakatlarini rejalashtirish 


251 
maqsadida tildan foydalanish jarayonidir. Nutq faoliyati aloqa jarayonining o’zidir. 
Nutq faoliyatining quyidagi turlari farqlanadi: faol va passiv nutq. So’zlovchining 
nutqi faol nutq. Tinglovchining nutqi passiv nutq hisoblanadi. Nutq ichki, tashqi 
nutqqa bo’linadi. Tashqi nutq - yozma va og’zaki nutqqa, og’zaki nutq esa 
monolog va dialogik nutqqa bo’linadi. Monolog - bir kishining o’ziga yoki 
boshqalarga qaratilgan nutqdir. Bu o’qituvchining bayoni, o’quvchining to’laroq 
javobi, ma’ruza va boshqalardir. Monologik nutq ma’lum qiyinchiliklarga ega. 
Monologda gapirayotgan kishi fikrlarning aniqligiga, grammatik qoidalarning 
saqlanishiga, logika va aytilayotgan fikrlarning izchilligiga e’tibor berish kerak.
Nutq axborot, xabar, ma’lumot va yangi bilim berish aqliy topshiriqlarni 
yechish faoliyatidan iboratdir. Agarda til aloqa vositasi (quroli) bo‘lsa, nutq esa 
aynan o‘sha jarayonning o‘zidir. 
Nutq faoliyatining fiziologik mexanizmlari. Nutqni idrok qilish oddiy 
reflektor faoliyatining qonunlari asosida sodir bo‘lishi mumkin. Chunki uni yuzaga 
keltiruvchi stimullar birinchi signallar tipidagi qo‘zg‘atuvchilardan iboratdir 
(masalan: «Marsh», «Salom»). 
Nutqni yuzaga kelishi va idrok qilinishidan inson «signallarning signali» 
(I.P.Pavlov) tarzdagi so‘zlardan foydalanishi mumkin. Mazkur jarayon bosh miya 
katta yarim sharlarining po‘stida amalga oshadi. 
P.Broka (1861) miya po‘stining ma’lum qismi (miya chap yarim shari 
peshana qismining pastki tomonidagi burmalarning orqa qismi) shikastlansa, 
bemorlarda nutq artikulyatsiyasining buzilishini kashf etgan va «so‘z obrazlarini 
harakatlantiruvchi markaz» deb atagan. 
K.Vernike (1874) bosh miya yarim sharlari peshana qismining tepa tomonida 
«so‘zlarning sensor obrazlari» joylashgan deb dalillashga harakat qiladi. 
P.K.Anoxin - nutq jarayonini ta’minlashda juda ham sodda elementar 
«stimul-reaksiya» tipidagi fiziologik mexanizm ham, nutq faoliyatining yuksak 
formalari 
uchun 
nutq 
vositasi 
bilan 
fikr 
bayon 
qilishning 
ichdan 
programmalashtirish mexanizmlari uchun xarakterli va ierarxik tuzilishiga ega 
bo‘lgan maxsus mexanizmlar ham qatnashadilar. 


252 
Nutq mexanizmlari (N.I.Jinkin). 
Biron fikrni nutq vositasi yordami bilan bayon qilishdan oldin, maxsus kod 
orqali bu fikrning asosini tuzamiz - u programmalashtirish mexanizmidir. 
Undan keyin rejalashtirishdan gapning grammatik tuzilishiga o‘tish bilan bir 
guruh mexanizmlar keladi. 
Esda olib qolishni so‘zlarning grammatik xususiyatlarini amalda qo‘llashni 
ta’minlovchi mexanizm. 
Bir xil tipdagi tuzilishdan boshqa tipdagi tuzilishga o‘tish mexanizmi. 
Profamma elementlarini fammatik tuzilishga yoyish mexanizmi. 
So‘zni ma’nosiga qarab qidirishni ta’minlovchi mexanizmlar. 
Sintagmalarni harakat jihatidan programmalashtiruvchi mexanizmlar. 
Nutq tovushlarini tanlash va harakat programmasidan tovushlarni to‘ldirishiga 
o‘tish mexanizmlari. 
Nutqni amalga oshirishni ta’minlovchi mexanizm. Tadqiqodchi A.R.Luriya 
nutqning afaziyasini tekshirib, ular quyidagi turlardan iborat ekanligini bayon 
qiladi: dinamik afaziya - gaplar yordami bilan so‘zlash qobiliyatining buzilishi; 
efferent motor afaziyasi - gapning fammatik tuzilishi buzilishi; afferent motor 
afaziyasi - nutq artikulyatsiyasining buzilishi; semantik afaziya - gaplar o‘rtasidagi 
bog‘liqlikning buzilishi; sensor afaziya - so‘zlarni idrok qilishning buzilishi. 

Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin