O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti


Qiziqishning psixologik tasnifi. Psixologiyada qiziqishning turlari va



Yüklə 5,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/138
tarix19.10.2023
ölçüsü5,67 Mb.
#157498
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   138
Umumiy psixologiya OQUV QOLLANMA (1)

13.3.Qiziqishning psixologik tasnifi. Psixologiyada qiziqishning turlari va 
darajalari 
Insonda madaniy va ma’naviy ehtiyojlar turmush tajribasi ortishi, bilim 
saviyasi kengayishi, maxsus mashqlar egallanishi, ijtimoiy hayot qoidalariga 
uzluksiz ravishda rioya qilishi, narsa va hodisalarga munosabati o‘zgarishi tufayli 
rivojlana boradi. Odam tobora barkamol bo‘la borishi uning oldiga yangicha 
talablar qo‘yadi ularni bajarish esa ehtiyojning yangi, nisbatan murakkab, mohiyat 
jihatdan teran xususiyat kasb etuvchi shakllarni vujudga keltiradi ularning 
qondirilishi esa tuzilishga ega bo‘lgan vositalarni taqozo etadi. Ma’lumotlilik aql-
zakovat ko‘rsatkichining yuksalishi, iste’dod alomatlarining ro‘yobga chiqishi, 
faollikning ortishi, xatti-harakat tarkibida keraksiz bo‘g‘inlarning kamayish 
ehtiyoji takomillashgan shaklining namoyon bo‘lishini ta’minlaydi. Inson komfort 
sari intilar ekan, demakki, unda yangi ehtiyojlar yuzaga keladi, ularni qondirilishi 
esa yangi bir sifat darajasiga ko‘tariladi. Madaniyatning yangi qirralari ochilishi, 
ma’naviyatni egallashga nisbatan xohish-istakning kuchayishi, fan va texnikaning 
taraqqiyoti, millatlararo munosabatlar ko‘lamining kengayishi rang-barang ehtiyoj 
turlari va shakllari rivojlanishiga muhim shart-sharoitlar yaratadi. Insonning 


278 
barkamollik sari intilishdagi imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish orzusi ehtiyojlar 
rivojlanishi harakatlantiruvchi kuchga aylanadi. 
Psixologiya fanida ehtiyoj quyidagi tiplarga ajratiladi: 
Individual - yakka shaxsga yo‘naltirilgan. 
Guruhiy - real guruhlar moddiy va ma’naviy intilishi. 
Jamoaviy - jipslashgan guruhlar talabi majmuasi. 
Hududiy - etnik guruhning muayyan o‘ziga xos talablari qondirilishi 
Etnik - ma’lum millat yoki xalqlarning safarbarligini ta’minlash. 
Umumbashariy - yer yuzi xalqlarining umumiy talablarining majmuaviy aks 
etishi. 
Qiziqish shaxsning muhim psixologik jabhalaridan biri hisoblanib, unda 
insonning individual xususiyati bevosita mujassamlashadi. Qiziqish – insonlarning 
dunyoqarashi, e’tiqodlari, ideallari, ya’ni uning oliy maqsadlari, ezgu niyatlari, 
orzu-umidlari bilan bevosita muhim rol o‘ynaydi hamda ularning muvaffaqiyatli 
kechishini ta’minlash uchun xizmat qiladi. 
Qiziqish bilimlarni ongli, puxta, barqaror, anglagan holda o‘zlashtirishda, 
ko‘nikma va malakalarni shakllantirishda, shaxs qobiliyati, zehni, uquvchanligini 
rivojlantirishga, 
olamni 
mukammalroq 
tushunishga, 
bilim 
saviyasining 
kengayishiga yordam beradi. 
Qiziqish motiv singari borliqning mo’jizakor tomonlarini bilishga, fan 
asoslarini egallashga faoliyatning turli-tuman shakllariga nisbatan ijodiy 
yondashishni vujudga keltiradi, mehnatga, ta’limga mas’uliyat bilan munosabatda 
bo‘lishni shakllantiradi, har qaysi yakkahol (individual) shaxsda ishchanlik, 
g‘ayrat-shijoat, yengilmas irodani tarkib toptirishga puxta psixologik shart-
sharoitlar yaratadi. 
Qiziqishning psixologik mohiyatidan kelib chiqqan holda yondashilganda, 
qiziqish insonda intilish, faollik, ichki turtki, ehtiyojni ro‘yobga chiqarish manbai 
rolini bajaradi. 
Jahon psixologiya fanining yirik namoyandalari shaxsning qiziqishini uning 
yaxlit ruhiy dunyosi bilan, binobarin, odamning aqliy faoliyati, bilish jarayonlari, 


279 
irodasi, xarakteri, temperamenti, hissiyoti, qobiliyati bilan, umuman olganda inson 
tuzilishining barcha qirralari bilan bog‘liq tarzda tushuntirishga harakat qilganlar. 
Hozirgi zamon psixologiyasida qiziqish obyektiv borliqning insonlar ongiga 
subyektiv tarzda aks etishlaridan biri sifatida tan olinadi. Qiziqish shaxsning 
muayyan voqelikdagi, ma’lum vaziyatdagi turli narsa va hodisalarga tanlab 
munosabatda bo‘lishida, insonning o‘ziga xos qaror qabul qilishida, o‘zini o‘zi 
nazorat eta bilishida, maqsadga intiluvchanligida, yuzaga kelgan obyektiv va 
subyektiv to‘siqlarning yengishida ifodalanadi. 

Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin