O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti


  12.6.Nutqni idrok qilish nazariyasi. Nutq turlari



Yüklə 5,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/138
tarix19.10.2023
ölçüsü5,67 Mb.
#157498
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   138
Umumiy psixologiya OQUV QOLLANMA (1)

 


266 
12.6.Nutqni idrok qilish nazariyasi. Nutq turlari 
Kishi ehtiyojlari azaldan agar u boshqa odamlar bilan birgalikda harakat 
qilgan holda o’zaro munosabatga kirishgan taqdirdagina qondirilishi mumkin 
bo’lib kelgan. Bu hol subyektda uning uchun nima muhim va ahamiyatli ekanligini 
aytish ehtiyojini keltirib chiqaradi. Bola aniq - ravshan nutqni egallay boshlaydi, 
birinchi yoshning oxiriga yetganda buning dastlabki belgilari paydo bo’ladi. 
Murakkab talaffuzni talab qilmaydigan va oson aytiladigan “o-pa”, “buvi” kabi 
ohangdosh so’zlar jumlasidandir. Katta yoshdagilar bu hamohanglikni konkret 
shaxslarga-ona-ota-buviga bog’laydilar va bolaga ana shu ohangdosh so’zlarning 
uning yaqin atrofidagi konkret shaxslar bilan bog’lanishi qaror topishiga (“bu 
sening buving”) yordamlashadilar. Bola so’zni talaffuz qilarkan, istaganiga 
erishishga – e’tibor qilishiga, erkalatilishiga, o’yinchoq kabilarga erishishiga 
intiladi. So’z aloqa vositasiga aylanadi. Qo’llaniladigan so’zlar soni borgan sari 
to’xtovsiz orta boradi va 2 yoshda bolalarning so’z boyligi haddan ziyod 
kengayibgina qolmasdan, balki ularning grammatik shakllarini to’g’ri ishlatishi 
ham mumkin bo’lib qoladi, jumlalar murakkablashib va uzunroq qilib tuzila 
boshlaydi. Bolaning tili maktab yoshigacha bo’lgan yillar davomida boyib boradi. 
Maktabda o’qish, yozish, keyinroq esa til va adabiyot darslarida bolalarda 
muloqot vositasi sifatida tilga va munosabat jarayoni sifatida nutqqa ongli 
munosabat shakllantiriladi. Til o’qituvchi tomonidan maxsus uyushtirilgan tahlil 
predmetiga aylangan holda o’quvchilar oldida ijtimoiy jihatdan shakllangan 
qonunlar ta’siriga bo’ysunadigan murakkab belgilar tizimi sifatida namoyon 
bo’ladi. 
 
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda va o’quvchilarda nutqiy 
munosabatga kirishish malakasini hosil qilishda pedagogikaning roli kattadir. Bu 
o’rinda ham o’qituvchining erkin hamda aniq ravshan nutqi o’quvchilar nutqi va 
tafakkurini rivojlantirishning birinchi darajali muhim shartlaridan hisoblanadi. 
Yuksak nutq madaniyati - o’qituvchi tomonidan vaqtdan oqilona foydalanishning 
muhim shartidir. Demak, nutq faoliyati turli davrlarda o’ziga xos shakllanib, 
takomillashib boradi. 


267 
Muloqot maqsadlari kishilarning birgalikdagi faoliyati ehtiyojlarini aks 
ettiradi. Bu hol quruq safsatabozlikning, ya’ni muloqotning, kommunikatsiya 
vositalarining birgina muloqot jarayonining o’zini hosil qilishdan iborat yagona 
maqsad yo’lida tuturuqsizlik bilan foydalanilishini mustasno etmaydi. 
Kishilar muloqotga kirishar ekan, savol berish, buyruq, iltimos qilish, biror 
narsani tushuntirish bilan birga o’z oldiga boshqalarga ta’sir etish, shu narsani 
ularga tushuntirish maqsadini qo’yadi. Muloqotning maqsadi kishilarning 
birgalikdagi faoliyatiga ehtiyojini aks ettiradi. Bunda muloqot shaxslararo o’zaro 
ta’sir sifatida namoyon bo’ladi, ya’ni kishilarning birgalikdagi faoliyati jarayonida 
paydo bo’luvchi aloqa va o’zaro ta’sirlar yig’indisidir. Birgalikdagi faoliyat va 
muloqot ijtimoiy nazorat sharoitida ro’y beradi. Jamiyat ijtimoiy normalar sifatida 
maxsus xulq-atvor namunalari tuzilishini ishlab chiqqan. Ijtimoiy normalar ko’lami 
nihoyat keng-mehnat intizomi harbiy burch va vatanparvarlik xushmuomalalik 
qoidalari ana shular jumlasidandir. Ijtimoiy nazorat muloqotga kirishuvchilar 
bajaradigan rolning “repertuar”iga mos holda namoyon bo’ladi.
Psixologiyada “rol’” deganda ijtimoiy (sotsial) mavqeni egallab turuvchi har 
bir kishidan atrofdagilar kutadigan, normativ tomonidan ma’qullangan xulq-atvor 
namunasi tushuniladi. (Yosh, mansab, jins va oiladagi, o’qituvchi va o’quvchi 
shifokor va bemor, katta kishi yoki bola, boshliq yoki xodim, ona yoki buvi, erkak 
yoki ayol, mehmon yoki mezbon rolida namoyon bo’lishi mumkin). O’z navbatida 
har bir rol’ o’ziga mos talablarga javob berishi kerak. 
Bir kishi turli muloqot vazifalarida turli rollarni bajarishi mumkin. Masalan, 
xizmat joyida direktor, kasal bo’lsa vrach ko’rsatmalariga itoat etuvchi bemor, 
oilada keksa ota - onasining qobil farzandi, mehmondo’st oila boshlig’i bo’ladi. 
Turli rollarni bajaruvchi kishilarning o’zaro munosabati rolli kutishlari bilan 
boshqariladi. Xohlaydimi yoki yo’qmi atrofdagilar undan ma’lum namunaga mos 
keluvchi xulq - atvorni kutadilar. Agar rol yaxshi bajarilmasa ijtimoiy-nazorat 
tomonidan baholanadi, ozmi-ko’pmi cheklanishlar qilinadi. 
Turli xil rollarni bajarayotgan kishilarning o’zaro birgalikdagi harakati rollar 
ehtimoli bilan boshqariladi. Rolning qanday bajarilishi sotsial nazorat ostida 


268 
bo’ladi, ijtimoiy jihatdan baholanadi, namunadan chetga chiqish esa qoralanadi. 
Jumladan, ota-onalar mehribon, xushmuomala, bolaning aybiga nisbatan 
shafqatliroq bo’lishlari kerak-bu rollar ehtimoliga mos bo’lib tushadi va ijtimoiy 
jihatdan ma’qullanadi. Ammo atrofdagilarga ota-onaning xushmuomalaligi haddan 
oshib ketayotgani sezilib turadi va qoralanadi. Vaqti kelganda ota-ona bolaga 
nisbatan qattiqqo’l, talabchan bo’lishlari lozim. Shunday qilib, o’zaro birgalikda 
harakat qilayotgan kishilar xulq-atvorining bir-birlaridan kutgan taxminlariga 
mosligi muloqot jarayonida muvaffaqiyatga erishishning zarur sharti hisoblanadi. 
Kishining boshqalardan eshitishga yoki ularda ko’rishga tayyor bo’lgan 
narsani ulardan kutish mumkinligini bexato va aniq taxmin qilish qobiliyati, 
malakasi odob deyiladi. Odobsizlik-bu muloqot jarayonida muloqotga 
kirishganlarning o’zaro birgalikdagi harakatlarining izdan chiqishiga olib 
keladigan va ba’zan mojaroli vaziyatlarni vujudga keltiradigan darajada buzilishi 
demakdir. Odobsiz xulq-atvor nisbatan beg’araz tabiatga ega bo’ladi. Pedagogik 
odobning tegishli aloqa o’rnatish chog’ida tarbiyachiga inom etadigan 
imkoniyatlaridan foydalanish o’quvchining rivojlanishi uchun istiqbol yaratib 
bergan holda uning shaxsini shakllantirish jarayonini ancha qulay sharoitlarda 
amalga oshirish imkonini beradi. 
Muloqotning bevosita muvaffaqiyatining sharti o’zaro ta’sir etuvchi 
kishilarning har biridan kutilayotgan harakatlarga mos keluvchi xulq - atvor 
namunasini qo’llanishidadir. Kishining boshqalar undan nimani kutayotganini, 
nimani eshitishga va undan nimani ko’rishga tayyor ekanligini to’g’ri, aniq, 
xatosiz ko’chira olish qobiliyati takt deb ataladi. 
O’qituvchi o’quvchilar jamoasi kishilardan tashkil topganligini unutmasligi 
har bir o’quvchi shaxsini e’tibordan chetda qoldirmasligi kerak. O’quvchilar bilan 
psixologik aloqaning qisqa muddatga bo’lsada yo’qolishi, og’ir oqibatlarni 
vujudga keltiradi. 
Bog’lanish (lotincha bo’lib, “yaqinlashish” degani ) -muloqotga kiruvchilar 
o’rtasida ikki tomonlama aloqa bo’lishini taqozo etadi. Bunga erishish va uni 
ko’ngildagidek rivojlantirish sharti munosabatga kirishuvchi shaxslarning o’zaro 


269 
bir-birlariga hurmati, ishonchidan iboratdir. Pedagog o’quv - tarbiya ishi 
jarayonida o’quvchilar bilan aloqa bog’larkan, ulardan o’qituvchi rolining o’zi 
taqozo 
etadigan 
darajada 
izzat-ikrom 
kutadi. 
Agar 
pedagog 
o’z 
tarbiyalanuvchilariga nisbatan ishonch va hurmat bilan munosabatda bo’lsa, u har 
qancha qattiqqo’l va talabchan bo’lgan taqdirda ham, uning eng arzimas tanbehlari 
ta’sirli bo’ladi. Talaba o’qituvchining so’zlarida o’ziga nisbatan hurmat-e’tiborni 
sezmasa, juda asosli va mantiqan to’g’ri pand - nasihatlarni ko’pincha loqayd 
qoldirishi mumkin. 

Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin