O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti


 Ehtiyojlarning turlari. Inson ehtiyojini rivojlanishi



Yüklə 5,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/138
tarix19.10.2023
ölçüsü5,67 Mb.
#157498
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   138
Umumiy psixologiya OQUV QOLLANMA (1)

 
13.2. Ehtiyojlarning turlari. Inson ehtiyojini rivojlanishi 
Psixologiya fanida ehtiyojlar o‘z predmetining xususiyatiga ko‘ra moddiy va 
ma’naviy turlarga ajratiladi, ularni keltirib chiqaruvchi mexanizmlar manbai 
turlicha ekanligi e’tirof etiladi. 
Insonning ovqatlanish, kiyinish, uy-joyiga ega bo‘lish, maishiy turmush 
ashyolariga intilish, komfort hissini qondirish bilan bog‘liq madaniyat 
predmetlariga nisbatan ehtiyoj sezish moddiy ehtiyojlar majmuasini yuzaga 
keltiradi. Ma’naviy madaniyatni yaratish va o‘zlashtirish, shaxsning o‘z fikr 
mulohazalari va his-tuyg‘ulari bo‘yicha boshqa odamlar bilan muomalaga kirishish 
hamda axborat almashtirish, badiiy va ilmiy adabiyotlar bilan tanishish, mahalliy 
matbuotni o‘qish, kino va teatr ko‘rish, musiqa tinglash kabilarga ehtiyoj sezish, 
ya’ni ijtimoiy ong mahsuliga tobelik ma’naviy ehtiyojlar tizimini vujudga keltiradi. 
Ma’naviy ehtiyojlar moddiy ehtiyojlar bilan uzviy bog’liq bo‘lib, vujudga 
kelgan ma’naviy ehtiyojlarni qondirish jarayoni moddiy ehtiyojlarning tarkibiga 
kiruvchi moddiy narsalar yordamida amalga oshiriladi, chunonchi, kitob, yozuv 
qog‘ozi va boshqalar. 
Ehtiyojlarning turlari haqida fikr bildirganda yana shu narsaga e’tibor berish 
kerakki, kelib chiqishiga binoan tabiiy turga taalluqli ehtiyoj o‘z predmetiga ko‘ra 


274 
moddiy guruhga, xuddi shu mezonlar bo‘yicha bir davrning o‘zida madaniy 
ehtiyojning moddiy yoki ma’naviy ehtiyoj turkumiga kiritish mumkin. Shu tariqa 
ehtiyojning kelib chiqishi va predmeti xususiyati bo‘yicha ikki mezonga asoslanib 
muayyan guruhlarga ajratiladi. Inson ongining tarixiy taraqqiyotiga nisbatan va 
ehtiyojlarning obyektiga bo‘lgan munosabatiga binoan, har xil tasniflanadi va 
xuddi shu mezonlarga ko‘ra ular rang-barang turlarga ajratiladi. Ularning izchilligi, 
barqarorligi, doimiyligi, ko‘lami, ahamiyatliligi, predmetliligi, ijtimoiyligi, 
individualligi kabi xususiyatlari bilan o‘zaro bir-biridan farqlanadi. 
Ehtiyojlar inson faoliyati va xulq-atvor motivlari bilan jips aloqada bo‘ladi. 
Inson ehtiyojlarining rivojlanishi.
 
Muayyan muhitda yashovchi hayvonning u 
yoki bu tarzdagi xatti-harakati aniq ehtiyojni qondirishga qaratilgan bo‘ladi. Shu 
boisdan ehtiyoj hayvonni faollikka undash bilan cheklanib qolmasdan, balki 
faollikning turlari, shakli, harakatlantiruvchi kuchiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. 
Hayvonda ovqatlanish ehtiyojini tug‘ilishi unda faollikni vujudga keltiradi, 
natijada so‘lak bezlari ishlay boshlaydi, o‘lja qidirish, uni poylash, tutish va 
iste’mol qilish bilan bog‘liq holatlar majmuasi yuzaga keladi. Mazkur jarayonlar 
shartli reflekslar, faollikni keltirib chiqaruvchi yangi qo‘zg‘ovchilar va unga 
muvofiq bo‘lgan yangi harakatlar bilan bog‘lanishi mumkin, biroq hayvon xatti-
harakatining tuzilishida hech qanday o‘zgarish yuz bermaydi. Jahon fiziologlari va 
psixologlari tomonidan hayvonlarda shartli reflekslarni shakllantirishga oid tajriba 
materiallarida ko‘rsatilishicha, vosita sifatida foydalanilgan qo‘ng‘iroq chalinishi 
hayvon uchun tashqi qo‘zg‘atuvchilar ichidan faqat ovqatlanishga bog‘liq signal 
(xabar) vazifasini bajaradi, xolos. 
O‘rgatilgan hayvon tomonidan tepkini bosish jarayoni unga ovqatni berilishi 
bilan aloqador xatti-harakat tarzida amalga oshiriladi. Shuning uchun hayvon har 
qanday murakkab shartli reflekslar yordami bilan o‘z xatti-harakatini amalga 
oshirgan bo‘lishiga qaramay, ehtiyojlar bevosita uning psixikasini aks ettirish 
muayyan obyektga yo‘naltirish, xulqini idora qilish funksiyasini bajaradi. Chunki 
hayvon a’zolarining biologik-tabiiy ehtiyojlari psixik aks ettirish mazmuni va 


275 
sifatini, tashqi olam ta’siriga nisbatan javob sifatida paydo bo‘luvchi xatti-
harakatlarni muvofiqlashtirib turadi. 

Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin