O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti



Yüklə 5,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/138
tarix19.10.2023
ölçüsü5,67 Mb.
#157498
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   138
Umumiy psixologiya OQUV QOLLANMA (1)

Nаzоrаt sаvоllаri: 
1.
Shaxsning ustanovkasi yoki anglanilmagan mayllari deganda nimani 
tushunasiz? 
2.
Shaxsning ijtimoiy ustanovkalarini sanab bering?
3.
Shaxsning e’tiqodi nima?
4.
Shaxsning yo‘nalganligi izohlang?
5.
Yo‘nalganlikning eng muhim tarkibiy qismlari sanab bering?
6.
Dunyoqarashning tarkib topishi va rivojlanishi haqida aytib bering?


294 
15 -MAVZU. MOTIV VA MOTIVATSIYA 
 
Tayanch tushunchalar:
motiv,
motivatsiya, moyillik, yo’naltirish, ehtiyoj, 
imkoniyat, ideallik, intilish, raqobat,
motiv klassifikatsiyasi
 
15.1.Motivatsiya. Motiv tushunchasiga olimlar tomonidan berilgan 
ta’riflar 
Motivatsiya –
 
inson xulq-atvori, uning bog’lanishi va faolligini tushuntirib 
beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi. 
Ijtimoiy psixologlarining ijtimoiy psixik hodisalarni: hislarni, kayfiyatlarni, 
faoliyat motivlarini va boshqalarni o’rganishdagi asosiy vazifasi va bu 
hodisalarning paydo bo’lish va shakllanish qonunlarining, obyektiv omillarining, 
ijtimoiy-iqtisodiy tabiatini tahlil qilishdan iborat bo’lmog’i kerak. 
Motiv va motivatsiya muammosi jahon psixologiyasida turli-tuman nuqtai 
nazardan yondashish orqali tadqiq qilib kelinmoqda. Uzoq va yaqin chet ellarda 
o‘ziga xos psixologik maktablar vujudga kelgan bo‘lib, ularning negizida ilmiy 
pozitsiyalar va konsepsiyalar mohiyati jihatdan farqlanuvchi g‘oyalar va 
yo‘nalishlar mujassamlashdi. Hozir ularning ayrimlariga qisqacha to‘xtalib 
o‘tamiz. 
Rus psixologiyasi namoyandalari K.D.Ushinskiy, I.M.Sechenov, I.P.Pavlov, 
V.M.Bexterev, A.F.Lazurskiy, V.N.Myasishev, A.A.Uxtomskiy, D.N.Uznadze, 
S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontev, P.M.Yakobson, V.S.Merlin, L.I.Bojovich, 
V.I.Selivanov, V.G.Aseyev va boshqalar mazkur muammo yuzasidan tadqiqot 
ishlari olib borganlar. Ushbu mualliflarning qarashlari oldingi hisobotda 
berilganligi uchun ularga qaytadan to‘xtalishga hojat yo‘qdir. 
Yuqoridagilardan 
tashqari 
Yevropa 
va 
Amerika 
mamlakatlarida 
motivatsiyaga oid 30 (o‘ttiz)dan ortiq ilmiy konsepsiyalar mavjuddir. Ana shu 
psixologik maktablarning ayrim namoyandalarining tadqiqotlari yuzasidan 
mulohaza yuritishga harakat qilamiz: interospektiv psixologiya, bixeviorizm, 
geshtalpsixologiya, 
psixoanaliz, 
strukturaviy 
psixologiya, 
assotsianistik 


295 
psixologiya, empirik psixologiya, analitik psixologiya, gumanistik psixologiya, 
antropologik psixologiya va hokazolar. 
Bixeviorizmning asoschisi Dj.Uotson (1878-1938) psixologiya faninig bosh 
vazifasi xulqni tadqiq etishdan iborat deb tushunadi. U psixik hodisalardan 
mutlaqo voz kechib, xulqni ikki shaklga, ya’ni ichki va tashqiga ajratadi, ular 
o‘zaro javoblar stimuli bilan uzviy bog‘liq ekanligini ta’kidlab o‘tadi. Bixeviorizm 
uchun «xulq» asosiy tushunchaga aylanib, uning psixikasi bilan aloqasi chetlab 
o‘tilgandir. Shunga qaramasdan, ba’zi bixevioristlar, jumladan, E.Torndayk, 
E.Tolmen, K.Xall, D.Xebb kabilar xulq motivatsiyasiga muayyan darajada e’tibor 
qilganlar. Ular o‘zlarining izlanishlarida xulq motivatsiyasining «quyi darajalari»ni 
o‘rganib, kalamushlarda tajriba ishlarini olib borib, jonivorda ochlik, tashnalik va 
ularning turlicha darajalarini reaksiya tezligiga nisbatan namoyon bo‘lish 
xususiyati, har xil sharoitda motivatsiyaning kuchi to‘g‘risida muayyan 
qonuniyatlar ochishga intilganlar. Hozirgi zamon bixevioristlari stimulni tashqi 
qo‘zg‘atuvchi sifatida talqin qiladilar va organizmning ichki energiyasini 
faollashtiruvchi 
deb 
hisoblaydilar. 
Neobixevioristik 
nazariyalar 
yangi 
qo‘zg‘atuvchilar paydo bo‘lishiga asoslangan bo‘lib, ular insonning organik 
ehtiyojlarini qoniqtirish bilan stimul natijasining uyg‘unlashuvi tariqasida tahlil 
etiladi. Ularning ta’kidlashiga ko‘ra, ikkilamchi qo‘zg‘ovchilar organik 
qo‘zg‘atuvchilarning go‘yoki qobig‘iga o‘xshaydi, xolos. Vilyam Makdugall (1871 
-1938) motivatsiyaning irsiy (tabiatdan beriladigan) xususiyatga ega degan holatni 
asoslash uchun tug‘ma instinktlar masalalari bilan mazkur voqelikni bog‘lab 
tushuntirishga harakat qilgan. Uning fikricha, tug‘ma instinktlar ham insonlarga, 
ham hayvonlarga bir tekis taalluqli bo‘lib, ular odamlarning motivida oldin 14 ta, 
keyinchalik esa 18 tagacha «asosiy instinktlar» sifatida hukm surishi mumkin. 
Umuman olib qaraganda, bixevioristlar uchun bir qator holatlar o‘ziga xoslikka 
ega: 
Bixeviorizm motivatsiya modelini topish bilan shug‘ullanib va xulq 
prinsiplarini vujudga keltira borib, hayvon xulqi hamda ularda kashf etilgan xulq 
motivatsiyasi qonuniyatlariga asoslanib, insonning xulq motivatsiyasi yuzasidan 


296 
xulosa chiqarishga harakat qiladi. Bixeviorizm insonni biologik mavjudod sifatida 
qarab, unga biologik jabhada yondashadi, oqibat natijada uning ijtimoiy mohiyati 
tadqiqot predmetidan chetda qolib ketadi. Bixeviorizm ham insonga, ham 
hayvonlarga xos bo‘lgan xulqing umumiy prinsiplarini topishga intiladi. 
Bixevioristlar insonni shaxs sifatida taraqqiy etish jarayonini ifodalovchi 
o‘ziga xosligini yo chetlab o‘tadilar yoki o‘ta sodda tarzda izohlashga moyildirlar. 
Hayvonlarning xulq motivatsiyasi shakllarini juda sodda tarzda tushuntirishga 
asosan tadqiqot natijalarini insonning murakkab va boshqa bir sifat bosqichidagi 
motivatsiyasiga ko‘chirish ishonchli dalillarga ega emas. 
Inson motivatsiyasini o‘rganishda foydalanilayotgan bixeviorizmning 
tushunchalari, chunonchi, birlamchi mayllar, organizmni qitiqlovchi tug‘ma 
ehtiyojlar kabilar odamning motivatsiya doirasi tuzilishi mohiyatini juda yuzaki 
ocha oladi, xolos. 

Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin