O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti



Yüklə 5,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/138
tarix19.10.2023
ölçüsü5,67 Mb.
#157498
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   138
Umumiy psixologiya OQUV QOLLANMA (1)

 
 
 


288 
14.2.Shaxsning ijtimoiy ustanovkalari. Rus olimi V.A.Yadovning 
dispozitsion konsepsiyasi, unda ustanovkalarning to‘rt bosqich
va to‘rt tizimli tavsifi 
Shuningdek, ba’zi jamoalarda, guruhlarda, oilalarda ustanovkaga asoslanish, 
ularga ishonch noxush oqibatlarga olib keladi. Avtoritar tafakkur, milliy stereotip, 
etnik rasm-rusumlar ham ustanovkaga misoldir. Davolovchi shifokorning 
ustanovkalariga bemorning rioya qilishi irqchilik munosabatlari, ilmiy unvonli 
ziyolilarga berilgan super (orttirma) baholar va boshqalar ustanovkaning 
anglanilmagan shaklini o‘zida mujassamlashtiradi. Shuni ta’kidlash joizki, ba’zi 
hollarda shaxs uchun anglanilmagan ustanovka o‘z pozitsiyasini aniq namoyish 
qilishda e’tiqod sifatida gavdalanadi, anglanilmagan omillar tariqasida aks etadi. 
Gruzin 
psixologlari 
tomonidan 
ustanovkaning 
turlicha 
xislatlari 
(qo‘zg‘aluvchanlik, dinamiklik, statiklik, plastiklik-dag‘allik, labillik-stabillik, 
irradiatsiya-generalizatsiya) 
va 
tiplari 
(diffuz, 
differiansiallashgan, 
fiksatsiyalashgan) aniqlangan. Ularning fikricha, ustanovkaning ba’zi bir xislatlari 
mutanosibligi uning har xil tiplarini vujudga keltiradi. Psixoz va nevrozlar 
ustanovkaning patologik o‘zgarishlarida o‘z ifodasini topadi. Shuningdek, 
ustanovka inson hukmronligini va qudratini tashkillashtirishning yuksak darajasi 
sanaladi. U xulq-atvorining batartibligi va izchilligining asosi hisoblanadi. 
Ularning mulohazalaricha, ustanovka insoning muayyan shaklda munosabat 
bildirishga yuksak yo‘sinda umumlashgan tayyorgarlik holati, reaksiyaning yaqqol 
natijasining kodlashtirilgan neyrodinamik modeli, mazkur reaksiya vaqtini 
oldindan payqash, qolaversa, yaxlit faoliyat tuzilishining ajralmas jabhasi 
hisoblanadi. Shuning uchun ustanovka o‘zgaruvchanlik va barqarorlik jips birligini 
aniqlashga xizmat qiladi. U o‘zining o‘zgaruvchanlik bilan munosabat bildirishi 
javob qaytarishning barqarorligini ta’minlaydi. 

Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin