O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti



Yüklə 5,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/138
tarix19.10.2023
ölçüsü5,67 Mb.
#157498
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   138
Umumiy psixologiya OQUV QOLLANMA (1)

 
 
 


312 
16.2.Emotsiya, hissiyotning impressiv tomoni, emotsional harakatlarning 
ekspressiv tomoni, dinamik stereotip, ambivalentlik. Hissiyot va emotsional 
holatlarning fiziologik asoslari 
Ta’kidlab o‘tilgan mulohazalarga qaramasdan, hissiyot bilan emotsiyaning 
o‘zaro bir-biridan qat’iy cheklab qo‘yish ham ba’zi anglashilmovchilikni keltirib 
chiqarishi mumkin. Faoliyat, xulq-atvor, muomala subyekti o‘zining shaxsi hamda 
jamiyati uchun ahamiyati hisoblangan narsalar va hodisalarni aks ettiruvchi 
munosabati hissiyotda mujassamlashadi. Shaxsning individual hayoti va 
faoliyatiga aloqador (xohfoydali, xohzararli bo‘lishdan qat’iy nazar) omillar, 
qo‘zg‘ov-chilar, turtkilarni ifodalovchi hamda kelib chiqishi instinktlar, shartsiz 
reflekslar, irsiy belgilar (ovqatlanish, jinsiy, himoyalanish, qo‘rqish va boshqalar) 
bilan bog‘liq sodda hissiy holatlar «emotsiya» deyiladi. Emotsiyalar nafaqat 
insonlarga, balki jonli rivojlangan mavjudodlarga ham taalluqli ruhiy (psixik) 
holatlardir. Hayvonlardagi emotsiyalar o‘zgarishi murakkab bo‘lgan tabiiylik 
(irsiy) alomatlarga asoslanuvchi sodda tuzilishga egadir. Odam bilan hayvon 
emotsiyalari o‘zlarining mohiyati, tuzilishi, ta’sirchanligi, jadalligi, sifati, shakli 
bilan keskin tafovutlanadi. Emotsiyalar tashqi ko‘rinishga xosligi bilan, muvaqqat 
xususiyatga ega ekanligi bilan hissiyotdan farqlanadi. Shuni aytib o‘tish joizki, 
hissiyot hayvonot olamiga xos kechinma emas, u aql-zakovat subyekti sanalmish 
hazrati insongagina xos, xolos, chunki empatik (hamdardlik) his-tuyg‘ular 
shaxsning mukammallik bosqichiga ko‘tarilishiga kafolat negizidir. 
Hissiyot bilan emotsiya (uning yuksak darajalari nazarda tutiladi) inson 
shaxsining ijtimoiy-hayotiy shart-sharoitlarida yuzaga kelgan, odamning ijtimoiy-
tarixiy taraqqiyotida shakllangan, muayyan ijtimoiy muhitda (jamiyatda) istiqomat 
qiluvchi kishilar tomonidan o‘zlashtirilgan g‘oyalar, me’yorlar, qonun-qoidalar, 
nizomlar, qadriyatlarni aks ettiruvchi anglanilgan his-tuyg‘ular, murakkab ichki 
kechinmalarni vujudga kelish jarayonidir. 
Hissiyotda shaxs psixikasining o‘ziga xos jabhalari, inson faoliyatining ayrim 
jihatlari sifatida harakatdagi, tevarak-atrofdagi voqelikni odam bosh miyasida turli-
tuman shaklda ichdan aks ettiriladi. Shuning uchun hissiyot borliqda sodir 


313 
bo‘layotgan narsa va hodisalar yuzasidan shaxs uchun ahamiyatli, qadr-qiymatli 
alomatlari tuyg‘usidan darak beruvchi signallar sistemasi tarzida talqin qilinadi. 
Yaqqol voqelikda sezgi a’zolariga ta’sir etuvchi har xil qo‘zg‘ovchilaridan 
ba’zch birlari alohidalanadi, o‘zaro mos tushganlari esa birlashadi, favqulodda 
namoyon bo‘la boshlagan his-tuyg‘ular bilan ular aralashib ketadi. Buning 
natijasida muayyan qo‘zg‘ovchilar tirik mavjudotlar uchun xotirjamlik yoki 
bezovtalik signaliga aylanadi, hissiy kechinmalar esa insonning shaxsiy tajribasini 
shakllantiruvchi shartli reflekslar tizimini barqarorlashtiruvchi omil tariqasida aks 
etadi. Hissiyotning bunday tarzda signal funksiyasining bajarishi uning impressiv 
(lotincha so‘zidan olingan bo‘lib, taassurot degan ma’no anglatadi) jihati deb 
nomlanishda o‘ziga xosligi shundaki, hissiyot tasavvur qilinayotgan obrazlarga, 
fikran rejalashtirilayotgan maqsadlarga mayl, faollik, intilish uyg‘otadi, shaxsning 
faoliyati va xatti-harakatlarining muvaqqat yoki uzluksiz motiviga aylanadi. Ushbu 
fiziologik jarayonning mohiyatini tushuntirishda I.P.Pavlov mana bunday 
yondashadi: tirik mavjudodlarning tabiiy muhitga moslashuvida qat’iylashadigan 
yoki zaiflashadigan dinamik stereotiplar tufayli hissiy va emotsional 
kechinmalarning ijobiy yoki salbiy ko‘rinishi vujudga keladi. I.P.Pavlovning 
talqinicha, dinamik stereotip - bu tashqi taassurotlarning ma’lum tarkibda 
takrorlanishi natijasida hosil qilingan shartli reflekslar ta’siridagi nerv 
bog‘lanishlarining barqaror tizimidir. Tirik mavjudod hayoti va faoliyatida 
qiyinchiliklarga, qarshiliklarga uchrasa, dinamik stereotip «zaiflashuvi» yuzaga 
keladi, buning oqibatida salbiy emotsional holatlar, kechinmalar hosil bo‘ladi. 
His-tuyg‘ular va emotsional holatlar kechishining turli shakllari, ko‘rinishlari 
nafaqat signal funksiyasini bajaradi, balki ular shaxsning faoliyati, xulq-atvori 
ustidan boshqaruvchanlik funksiyasini amalga oshiradi. Yuksak hislar bu ma’noda 
ustuvor rol o‘ynaydi (vijdon hissi, mas’uliyat va vatanparvarlik tuyg‘usi, empatik, 
ya’ni hamdardlik kechinmalari va boshqalar). Hatto emotsional holatlar, hodisalar, 
harakatlar shaxsning tana a’zolari o‘zgarishida o‘z ifodasini topadi va ichki hissiy 
kechinmalarning tashqi alomatlarini aks ettiruvchi muhim ko‘rsatkichi hisoblanadi. 


314 
Ovoz ohangi, sur’ati, tembri, chastotasi o‘zgarishi, mimika, imo-ishora, 
pantomimika, organizmning qizarishi, oqarishi, nafas olish va qon bosimidagi 
beqaror holatlar ixtiyorsiz yoki ixtiyoriy, ongli ravishda kechishidan qat’iy nazar 
emotsiyaning ekspressiv (lotincha degan so’zdan olingan bo‘lib, ifodalash degan 
ma’noni bildiradi) jabhasi deyiladi. 
Shaxs hissiyotning subyekti hisoblanib, mazkur holatning namoyondasi, uni 
aks ettiruvchi tariqasida olamni anglash, bilish jarayonida o‘zining shaxsiy 
faoliyatini (xulq-atvorini) maqsadga muvofiq amalga oshirish uchun hissiy 
kechinmalarni o‘zgartirish qudratiga ega. His-tuyg‘ular shaxsdan ajralgan holda 
vujudga kelmaydi, shuning uchun ular hissiyot subyekti bilan birga hukm suradi, 
binobarin, hissiy kechinmalar aniq insonga taalluqli bo‘ladi, xolos. Insonda 
emotsional taassurot qoldiradigan, yuz tuzilishida tabassum yoki qayg‘u, goho 
ajablanish uyg‘otadigan narsa va hodisalar hissiyotning obyekti bo‘lib hisoblanadi. 
Shaxsdagi emotsional o‘zgarishlar uning hayoti va faoliyatida, shaxslararo 
munosabatida, insonlar bilan muomalaga kirishishda, ayrim hollarda biron-bir 
voqelik to‘g‘risida xayol surganda, armon tuyg‘usi odamga xotirjamlik 
bermaganida yuzaga keladi. 

Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin