311
namoyon bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishga shay turgan narsalar bilan odam
o‘rtasidagi munosabat ma’nosida ishlatiladi. Hissiyot tushunchasi kundalik
turmushda va ilmiy psixologik manbalarda har xil ma’noda qo‘llaniladi. Jumladan,
hissiyot o‘rnida sezgilar, anglanilmagan mayllar, anglanilmagan xohishlar, tilaklar,
maqsadlar, talablar tushunchalardan foydalaniladi. Bu holatlar o‘rtasidagi o‘zaro
o‘xshashlikka asoslanib ishlatilishi kundalik turmush voqealari bo‘lib hisoblanadi,
xolos. Ilmiy nuqtai nazardan kelib chiqib tahlil qilinganda «Hissiyot», odatda, tirik
mavjudodlar miyasida, ya’ni shaxslarning ehtiyojlarini qonliruvchi va unga
monelik qiluvchi obyektlarga nisbatan uning (odamning) munosabatlarini aks
ettirish ma’nosida qo‘llaniladi.
Jahon psixologiyasida «hissiyot» bilan «emotsiya» terminlari (ayniqsa, chet
mamlakatlarda) bir xil ma’noda ishlatiladi, lekin ularni aynan bir xil holat deb
tushunish mumkin emas. Bunday nuqson ommabop adabiyotlarda, chet ellarda
chop etilgan darsliklarda aksariyat hollarda uchraydi. Odatda, tashqi alomatlari
yaqqol namoyon bo‘ladigan his-tuyg‘ularni ichki kechinmalarda ifodalanishdan
iborat psixik jarayon yuzaga kelishining aniq shaklini emotsiya deb atash
maqsadga muvofiq. Masalan, ranglarning o‘zgarishi, yuzlarning tabassumlanishi,
lablarning titrashi, ko‘zlarning yarqirashi, kulgi, yig’i, g‘amginlik, ikkilanish,
sarosimalik va boshqalar emotsiyaning ifodasidir. Lekin vatanparvarlik,
javobgarlik, mas’uliyat, vijdon, mehr-oqibat, sevgi-muhabbat singari yuksak
xislatlarni emotsiya tarkibiga kiritish g‘ayritabiiy hodisa hisoblanar edi. Ushbu
hissiy kechinmalar o‘zining mohiyati, kuch-quvvati, davomiyligi, ta’sirchanligi,
yo‘nalganligi bilan bir-biridan keskin farq qilishlariga qaramay, ularni emotsiya
sifatida talqin qilish oddiy safsataga aylanib qolgan bo‘lar edi. Shu boisdan
ularning o‘zaro eng muhim farqi shundaki, birisi ijtimoiy (hissiyot), ikkinchisi esa
(emotsiya) individual, xususiy ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: