O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti


Shaxsning yo’nalganligining asosiy shakllari



Yüklə 5,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/138
tarix19.10.2023
ölçüsü5,67 Mb.
#157498
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   138
Umumiy psixologiya OQUV QOLLANMA (1)

Shaxsning yo’nalganligining asosiy shakllari. 
 
 
Shuni ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, har qanday anglanilmagan mayllar o‘zidan 
o‘zi yo‘qolib ketmaydi, balki ular bir bosqichdan, ko‘rinishdan ikkinchi turga, 
shakllarga almashadi, mutlaqo boshqacha yangi sifatga ega bo‘ladi. Ular 


291 
maqsadga, talabga o‘sib o‘tishi bilan anglanilganlik darajasiga erishadi. Ko‘ngil 
g‘ashlik, ruhan bezovtalanish, noma’lum xatti-harakatlar sababi insonga noma’lum 
bo‘lsa, ular anglanilmagan darajada ekanligini bildiradi va mayl funksiyasini 
bajaradi. 
Jahon psixologiyasi ma’lumotlarining ko‘rsatishicha, xulq-atvorning muhim 
motivlaridan biri bo‘lib e’tiqod hisoblanadi. Ba’zi manbalarda unga mana bunday 
ta’rif berilgan: e’tiqod - shaxsni o‘z qarashlariga, prinsiplariga, dunyoqarashiga 
muvofiq tarzda qarorga kelishga undaydigan muhim motivlar tizimidir. Boshqa 
so‘z bilan aytganda, e’tiqod shaklida namoyon bo‘ladigan ehtiyojlarning mazmuni 
- bu tabiat, tevarak-atrofdagi olam to‘g‘risidagi bilimlar va ularning muayyan 
tarzdagi tushunilish demakdir. Bu bilimlar falsafiy, estetik, tabiiy-ilmiy nuqtai 
nazardan tartibga solinsa va ichki uyushgan tizimi tashkil etilsa, u
14.4. Yo‘nalganlikning eng muhim tarkibiy qismlari. Dunyoqarashni 
tarkib topishi va rivojlanishi 
Psixologiya fani dunyoqarashning shakllanish jarayonini tadqiqot qiladi, 
ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot hodisalarining to‘g‘ri baholanishini, evolyutsion 
yo‘sinda tarkib topishini, axloqiy prinsiplar, didlar yuz berishini, tabiat 
hodisalariga va jamiyatning qonuniyatlariga nisbatan qarashlarning
 
shakllanishi 
qay tariqa yuz berishini va boshqalarni aniqlaydi. 
Ijtimoiy ustanovka shaxs xulq-atvorining ichki, anglanmagan yoki qisman 
anglangan motivlariga kiradi. Masalan, bir kishiga badiiy adabiyotdan aynan bir 
guruh asarlar guruhi yoki shu adib yoqishini tushunmaydi. O’sha guruhdan yangi 
bir kitob kitob qo’lga kirganda u albatta yoqishi kerak degan tasavvurda bo’ladi 
shu manoda olib qaralganda ijtimoiy ustanovka shaxsdagi anglanmagan 
munosatbatlarga o’xshaydi. Lekin aslida uning tabiati juda murakkabdir. Chunki 
ijtimoiy ustanovka tushunchasida munosabatlar ham, shaxsiy ma’no ham, baholar 
sistemasi ham, bilimlar ham o’z ifodasini topadi. Ya’ni ijtimoiy ustanovka 
shaxsning turli ijtimoiy obyektlarga nisbatan munosabat bildirishining ichki 


292 
mexanizmidir, shu obyektlar bilan ishlashga, ularni baholashga hamda ma’lum 
tarzda idrok qilishga tayorgarlik holatidir.
Ijtimoiy ustanovka muammosi G’arbda, ayniqsa, Amerika Qo’shma 
Shtatlarida har taraflama chuqur o’rganilgan muammolardan hisoblanadi. 
Amerikalik olimlar uning shaxsning avvalgi hayotiy tajribasiga, undagi ijtimoiy 
tasavvurlariga bog’liqini o’rganib, shaxs xulq atvorini turli sharoitlarda 
boshqaruvchi mexanizm ekanligini isbot qildilar. (U.Tomas, F.Znanetskiy, 
G.Olport, M.Smit, K.Xovland, Laper, D.Kats, N.Rokich va boshqalar) ular 
ijtimoiy ustanovkani bir so’z bilan -"attityud"so’zi bilan ifodalaydilar. 1942 
yildayoq M.Smit attityudning uch komponentli strukturasini ishlab chiqqan. Bunga 
ko’ra attityudda uchs qism bo’lib, bo’lar kognitiv qism, affektiv qism hamda 
kognativ qismlardir. Kognativ qism - bu shaxsdagi attityud obyektiga nisbattan 
bilimlar, uning odam tomonidan anglanishidir. Bunga shaxsdagi bilimlardan 
tashqari g’oyalar, tassavvurlar printsiplar va hokazolar kiradi. Attityudning affektiv 
qismi - bu o’sha obyektni hissiy emotsional baholash bo’lib, yoqtirish yoki 
yoqtirmaslik tarzidagi hissiyotlar kiradi. Kognativ qismi yoki xulq-atvor bilan 
bog’liq qismiga esa obyektga nisbatan amalga oshiriladigan xatti-harakatlar, aynan 
xulq-atvor kiradi. Lekin ba’zi olimlarda ustanovkaning aynan obyektga yoki 
vaziyatga nisbatan bo’lishi mumkinligi haqida ma’lumotlar ham bor edi.
Xususan, Laperning 1934 yilda o’tkazgan mashhur eksperimenti bunga misol 
bo’lishi mumkin. Eksperimentning mazmuni quyidagicha edi. Laper ikkita xitoylik 
talabalar bilan AQSh bo’ylab sayohatga chiqadi. Ular hammasi bo’lib 252 ta 
mehmonxonada bo’lishib, ularning deyarli barchasida (bittasidan tashqari) iliq, 
samimiy munosabatning guvohi bo’lishadi. Ma’lumki, o’sha paytlarda irqiy belgi 
bo’yicha odamlarga tanlab munosabatda bo’lishar, xitoyliklar ham sariq tanlilar 
sifatida kamsitilardi. Laper bilan hamroh bo’lgan talabalarga munosabat bilan 
olimga bo’lgan munosabat o’rtasida deyarli farq sezilmadi. 
Sayohat tugagach, Laper o’sha barcha mehmon egalariga minnatdorlik xati 
yozib, yana o’sha talabalar bilan borsa, yana o’shanday iliq kutib olishlari 
mumkinligini so’radi. Javob faqat 128 ta mehmonxona egalaridan keldi, ularning 


293 
ham bittasi ijobiy javob, 58 da rad javobi, qolganlarida turlicha formalarida noaniq 
javoblar olindi. Bundan Laper shunday xulosaga keldi:demak, xitoy millatiga 
mansub shaxslarga nisbatan ustanovka bilan mehmonxona egalarining real xulq-
atvorlari o’rtasida farq bo’lib, aslida ustanovka salbiy ekanligi, vaziyatga qarab 
esa, u boshqacha-ijobiy namoyon bo’lganligi aniqlandi.
Ijtimoiy ustanovkalarga xos bo’lgan umumiy qonuniyatlardan yana biri uning 
uzoq muddatli xotira bilan bog’liqligidir. Ayni vaziyatga shakllangan obrazlar 
uzoq muddatli xotirada saqlanib, u yoki bu vaziyatda aktuallashadi, ya’ni 
"jonlanadi". Masalan, ba’zi bir etnik steriotiplar ana shunday xotira 
obrazlaridandir. Demak, ijtimoiy ustanovka obyektga hamda konkret vaziyatga 
bog’liqdir.
Shakllangan ijtimoiy ustanovkaning hayot mobaynida o’zgarishi mumkinligi 
muhim ijtimoiy psixologik ahamiyatga egadir. Amerikalik olim Xovlant fikricha, 
ijtimoiy ustanovka o’rgatish yo’li bilan o’zgarishi mumkin. Ya’ni o’quvchilardagi 
turli ustanovkalarni o’zgartirish uchun rag’batlantirish yoki jazolash sistemasini 
o’zgartirish lozimdir. Ikki shaxs yoki shaxs bilan guruhning ustanovkalari mos 
kelmay qolgan sharoitda esa tomonlardan biri ongli ravishda o’z ustanovkalarini 
o’zgartirishi shartdir. Aks holda nomutanosiblik prinsipiga ko’ra shaxslararo nizo 
yoki kelishmovchilik paydo bo’lishi muqarrardir.

Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin