O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti



Yüklə 5,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/138
tarix19.10.2023
ölçüsü5,67 Mb.
#157498
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   138
Umumiy psixologiya OQUV QOLLANMA (1)

 
Nazorat savollari: 
1.
Tafakkur turlarini aytib bering? 
2.
Tafakkur shakllarini tushuntirib bering?
3.
Tafakkurni o‘rganishga nazariy va empirik yondashuvlarni taqqoslab 
bering? 
4.
Aqliy operatsiyalarning asosiy turlari ma’lumot bering?
5.
Murakkab mantiqiy masalalarni yechish va ijodiy tafakkurni izohlang?


249 
12-MAVZU. NUTQNING PSIXOLOGIK TASNIFI 
 
Tayanch tushunchalar
: so’z, nutq, til, belgilar tizimi, fiziognomik maska, 
diksiya,
imo-ishora, mimika, pantomimika, aks sado, signifikatsiya, daktilogik 
(barmoq nutqi), og‘zaki, yozma, monologik.
 
12.1. Nutq to‘g‘risida umumiy tushuncha. Tilning asosiy funksiyalari 
Insoniyat taraqqiyoti tarixida til tufayli aks ettirishning imkoniyatlari qayta 
quriladi, olam odam miyasida yanada aniq, ravshan in’ikos ettiriladigan bo‘ladi. 
Tilning paydo bo‘lish munosabati bilan har bir alohida shaxs jamiyatining ijtimoiy-
tarixiy taraqqiyotida, jarayonida to‘plagan tajribalaridan foydalanish imkoniyati 
tug‘iladi. Til yordami bilan har bir inson shaxsan o‘zi hech qachon duch kelmagan 
notanish hodisalar, holatlar, vaziyatlar, sharoitlar yuzasidan bilim olishga erishadi. 
Xuddi shu boisda til odamga ko‘pchilik hissiy va intellektual ta’sirlar hamda 
taassurotlar to‘g‘risida o‘ziga o‘zi hisobot berish imkoniyatini yaratadi. Inson til 
yordami bilan boshqa odamlarga o‘tmish, hozirgi zamon va kelajakka zid narsalar, 
voqelik yuzasidan axborot, xabar, ma’lumot berishi ularga ijtimoiy tajriba 
mohiyati, ko‘nikma hamda malakalarni o‘tkazishi, uzatishi mumkin. 
Ma’lumki, hayvonlar, jonivorlar o‘zlarining individual tajribalarini o‘z 
turkumidagi boshqa namoyandalarga o‘tkazishga yoki berishga mutlaqo qobil 
emaslar. Ular, ayniqsa, o‘z turkumlaridagi avlodning ilgarigi tajribalarini 
o‘zlashtirish qobiliyatiga ega emaslar, chunki mavjudotlar tug‘ma irsiy belgilarga, 
instinktlarga va shartsiz reflekslarga asoslanadilar, xolos. 
Odamdagi shaxsiy individual tajribaning umuminsoniy tajriba bilan 
bog‘liqligi kishilarda tilning mavjudligi bilan izohlanadi. Til oddiy qilib 
tushuntirilganda so‘z va belgilar sistemasi hamda majmuasidan iboratdir. Inson 
tomonidan u yoki bu faoliyatning bajarilishi belgilar, alomatlar xususiyatlari bilan 
bog‘liq bo‘lib, uning mahsuldorligi, muvaffaqiyati til tarkiblarining ahamiyatiga 
bevosita aloqadordir. Masalan, haydovchi uchun ko‘cha qoidalari, matematik 
uchun formulalar, operator uchun signallar (semiotika - yunoncha «belgi») 
belgilar, simvollar, alomatlar vazifasini bajarib, faoliyat uchun regulyator sifatida 


250 
xizmat qiladi. 
Shuning uchun belgilar va ularning ahamiyati insonning yuksak psixik 
funksiyalari (ya’ni idrok, xotira, tafakkur, xayol)ning vositasidir. Odatda, belgilar 
turli-tuman bo‘lishidan qat’iy nazar, ularning eng muhimi - bu so‘zdir. Har bir so‘z 
ma’lumot, xabar, axborot vazifasini bajaradi va muayyan mazmunni o‘zida aks 
ettiradi (masalan: mashg‘ulot, daftar, yomg‘ir va boshqalar). 
Tilning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat: 
a) til yashashning vositasi, ijtimoiy tajribani avloddan avlodga uzatish, 
berish va o‘zlashtirish quroli tarzida vujudga keladi (avlodlar ota-onalar, 
o‘qituvchilar va murabbiylar); 
b) til vosita yoki kommunikatsiya usuli, hatto odamlarning xatti-harakatlarini 
boshqaruvchi qurol sifatida namoyon bo‘ladi (masalan: «Leksiya bo‘lmaydi», 
«Bugun bayram» - ta’sir qilishdan, ta’sir o‘tkazishdan iboratdir); 
v) tilning muhim funksiyalaridan yana bittasi - intellektual faoliyatning 
quroli sifatida xizmat qilishdir (muammoli vaziyat mohiyatini tushunish, yechishni 
rejalashtirish, ijro etish, maqsad bilan solishtirish). 

Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin