O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti


Shaxs fidoyilik tuyg‘usini psixologik baholash. Vatanparvarlik



Yüklə 5,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/138
tarix19.10.2023
ölçüsü5,67 Mb.
#157498
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   138
Umumiy psixologiya OQUV QOLLANMA (1)

 
16.6.Shaxs fidoyilik tuyg‘usini psixologik baholash. Vatanparvarlik
his-tuyg‘usini baholash mezonlari
Psixologiya fanida asosiy hissiyotlar atamasi ko‘chma ma’noda qo‘llanilib 
kelmoqda. Tadqiqotlar ichida K.Izartning tasnifi muayyan qiziqish uyg‘otadi, lekin 
his-tuyg‘ularning barchasini o‘zida qamrab olmaydi. K.Izartning talqinicha: 1) 
qiziqish - malaka va ko‘nikmalar shakllanishiga, o‘qishga moyillik uyg‘otadigan 
bilimlarni egallashga yordam beruvchi ijobiy hissiy holatdir; 2) quvonch 
qondirilishi dargumon bo‘lgan yetakchi (hukmron) ehtiyojning qondirilishi 


332 
mumkinligi bilan bog‘liq ijobiy hissiy holatdir; 3) hayratlanish - favqulodda ro‘y 
bergan holatlardan hissiy jihatdan ta’sirlanishning ijobiy yoki salbiy jihatdan ifoda 
etilmagan belgisidir; 4) iztirob chekish - hozirgacha qondirilish ehtimoli ozmi yoki 
ko‘pmi mavjud tasavvur qilingan, muhim hayotiy ehtiyojlarning qondirilishi 
mumkin emasligi to‘g‘risida ma’lumot olinishiga bog‘liq salbiy hissiy holatdir; 5) 
g‘azablanish - obyektiv tarzida kechadigan, shaxs uchun g‘oyat muhim ehtiyojni 
qondirish yo‘lida to‘siqlarni yengib chiqadigan salbiy hissiy holatdir; 6) 
nafratlanish -obyektlarga yaqinlashuv subyektning ma’naviy yoki estetik ideallarga 
zid kelib qolishi oqibatida ro‘y beradigan salbiy hissiy holatdir; 7) jirkanish - 
shaxslararo munosabatlarda ro‘y beradigan va shaxsning hayotiy nuqtai nazarlari, 
qarashlari va xulq-atvoriga nomutanosibligi oqibatida hosil bo‘ladigan salbiy 
hissiy holatdir; 8) qo‘rquv - shaxs o‘zining xotirjam hayot kechirishiga ziyon 
yetishi mumkinligi unga real tahdid solayotgan yoki tahdid solishi mavjud xavf-
xatar to‘g‘risidagi xabarni olish bilan paydo bo‘ladigan salbiy hissiy holatdir; 9) 
uyalish - o‘zining ezgu maqsadlari, xatti-harakatlari va tashqi qiyofasi, nafrati katta 
muhit kutilmasiga mos kelmaganligi bilan emas, balki o‘ziga loyiq xulq-atvor 
hamda tashqi siymosi shaxsiy tasavvurlarga ham mos emasligini anglashda 
ifodalanadigan salbiy hissiy holatdir. 
Yuksak hislar. Kishilik jamiyati bilan hayvonot olami o‘rtasida psixologik 
tafovutlar yuksak hislarda o‘z ifodasini topadi. Yuksak hislar ongli harakatlarni 
bajarishning obyektiv sharoitlari, yo‘nalishlari, mazmuni bilan uyg‘unlashgan 
shaxs emotsional holatining barqaror, murakkab tarkibida paydo bo‘ladi va 
kechadi. Ko‘plab kechirilayotgan emotsiyalarda, affektlarda, kayfiyatlarda 
yaqqollashgan umumlashma hislar yuksak hislar deb ataladi. Ular o‘z tarkibiga 
sodda tuzilgan hislarni qamrab oladi, lekin oddiy hislar yig‘indisidan iborat emas, 
chunki yuksak hislar mazmuni, sifati, shakli bilan alohidalikka ega. 
Shaxsda topshiriqni bajarish bilan bog‘liq javobgarlik hissi har xil ma’noda 
kechiriladi: 1) tashvishlanish emotsiyasi (bir tomondan, xursandlik, ikkinchi 
tomondan esa qo‘rqish hissi) sifatida; 2) o‘z kuchiga, g‘ayratiga, iftixoriga ishonch 
emotsiyasi tariqasida; 3) vazifaga jiddiy qaraydigan tengdoshlardan g‘azablanish 


333 
emotsiyasi sifatida; 4) shart-sharoitlarni hisobga olishga nisbatan shubhalanish 
sifatida va hokazo. Tahlildan ko‘rinib turibdiki, javobgarlik hissining mohiyati 
ularning oddiy yig‘indisidan iborat emas, balki jamoa a’zolarining ehtiyojiga 
aylangan voqelikni anglashdir. Masalan, kitob o‘qib lazzatlanish bilan kitobni 
o‘qib tugatish shodlik hissini farqlamoq lozim. 
Psixologiya fanida yuksak hislar quyidagi turlarga ajratiladi: 1) mehnat 
faoliyatini davomida kechiriladigan hislar - praksik hislar (yunoncha so‘zidan 
olingan bo‘lib, ish, faoliyat, yumush degan ma’noni anglatadi); 2) intellektual 
hislar (lotincha so‘zidan olingan bo‘lib, tushunish, aql degan ma’noni bildiradi); 3) 
axloqiy hislar (lotincha so‘zidan olingan bo‘lib, axloqiylik degan ma’noni 
anglatadi); 4) estetik hislar (yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, hissiy idrok, hissiy 
degan ma’noni aks ettiradi). 
Praksik hislar. Shaxsning amaliy hayotining istalgan tarmog’i, maqsadga 
muvofiq ongli faoliyati shaxsning ularga nisbatan muayyan munosabatda 
bo‘lishning muhim sohasiga aylanib qoladi. 
Umumiy psixologiya asoslarini puxta egallash orqaligina har bir shaxsda 
yuksak his-tuyg‘ular, mehnatga ijobiy munosabat, ijtimoiy faollik, komfort 
hislarini shakllantirish mumkin. O‘zini o‘zi anglash va milliy ongni qaror toptirish 
orqali mehnatsevar, vatanparvar, fidoiy insonlarni tarkib toptirish lozim. Bozor 
iqtisodiyotining birmuncha murakkab mexanizmlari qay yo‘sinda ishlashini 
tushunib yetish, muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsata olish uchun nimalar qilish 
zaruratini anglash, unga to‘g‘ri yo‘l topa bilish shaxsdan muayyan yuksak tuyg‘u 
hamda xislatni taqozo etadi. 
Hozirgi ijtimoiy muhitda shaxslararo munosabatlar silsilasida «birdamlik 
ruhi» va «mushtaraklik tuyg‘usi» singari hamkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishning 
samarali usullari va uslublari psixologiya fanida ishlab chiqilishiga qaramay, 
bugungi kun talabiga javob beradiganlari yetarli emas. 
Umumiy psixologiya fanida xalq xo‘jaligi tarmoqlarini tashkil qilish va ularni 
boshqarish jarayonida «inson-texnika» tizimdan tashqari («inson-tabiat», «inson-
obraz» singari yondashish bundan istisno) munosabatlari muhim ahamiyat kasb 


334 
etish, ularning tahlili ko‘p jihatdan empirik, amaliy, miqdoriy, tadbiqiy 
ma’lumotlarga asoslanishi muayyan darajada yoritilganligiga qaramay, hozirgi 
davrda 
«inson-inson», 
«inson-jamoa», 
«jamoa-inson», 
«jamoa-jamoa» 
munosabatlarining boshqaruv imkoniyatlarini tekshirish talab qilinadi. 
Xo‘jalikni boshqarishning yangi qonuniyatlari, mexanizmlari, omillari, 
ijtimoiy 
manbalari, 
shaxslararo 
munosabat 
usullari, 
yakka 
shaxsning 
ijtimoiylashuvi xossalari, rahbar va tobe kishilar o‘zaro muomalasining maromi 
nizoli vaziyatlarning oldini olish, mazkur jarayonda iliq psixologik muhitning roli, 
ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning imkoniyatlariga doir empirik va 
metodologik materiallar to‘plashning qulay shart-sharoitini yuzaga keltiradi. 
Mehnat va ta’lim jarayonlari boshqaruv predmeti hamkorlik faoliyatida 
shaxsning xulqiga va ongiga guruhiy ta’sir o‘tkazishning xususiyatlarini, rahbar 
bilan ijrochi o‘rtasidagi muomala maromini tekshirish, shaxslararo munosabatlar 
bosqichlari, shakllari va ruhiy muhitni ta’minlash mexanizmlarini tadqiq etishdir. 
Xuddi shu sababdan shaxs xislatlarini o‘lchash tizimini yaratish dolzarb 
muammolardan biri hisoblanib, ularning ayrim ko‘rinishlarini amaliyotga tavsiya 
qilish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Shaxsning fidoiyligi jamiyat taraqqiyoti, vatan gullab yashnashi uchun muhim 
ahamiyatga ega bo‘lib, altruizm tushunchasiga juda yaqin turadi. 
His-tuyg’u – insonning nisbatan barqarorligi, umumiyligi, uning shaxs 
sifatidagi taraqqiyoti davomida shakllangan ehtiyojlari va (xususan) qadriyatlariga 
mosligi bilan farq qiladigan yuksak o’zaro madaniy bog’langan hissiyotlaridir. 
Psixikaning irratsional (aqliy bilish jarayonlaridan tashqari) tarkibiy qismlari 
bo’lmish hissiyot, mayl va shu kabilar yordamida shaxs xulqini tahlil qiluvchi 
nazariya psixodinamika deyiladi. Hissiyotning klassifikatsiyasi. Hissiy holatlarning 
xilma-xilligi. Hissiyotni klassifikatsiyalashning asosiy shartlari. Sezgining 
emotsional toni. Affekt va uning biologik o’rni. Situativ hissiyot. Muvaffaqqiyat 
va muvaffaqqiyatsizlik hissiyoti. Hissiyotning namoyon bo’lishi. Hissiyotning 
obyektiv ko’rsatkichlari, ularning ishonchliligi. 


335 
Kishi idrok etish, xotirlash, xayol surish va fikrlash jarayonida faqat voqelikni 
bilib qolmay, balki hayotdagi u yoki bu narsalarga munosabat bildiradi, unda 
ularga nisbatan ijobiy yoki salbiy his-tuyg’u uyg’onadi. Mamnun bo’lish, 
suyunish, g’azablanish kabilar his-tuyg’ularning ko’rinishlaridir. His-tuyg’ular 
kishining o’z hayotida nimalar yuz berayotganiga, nimalarni bilib olayotganiga 
yoki nima bilan mashg’ul bo’layotganiga nisbatan o’zicha turli xil shaklda 
bildiradigan ichki munosabatidir. His-tuyg’ular o’zining kechishiga ko’ra o’zgarib 
turadigan psixik jarayondir. 
His-tuyg’ularni boshdan kechirishning turli shakllari - emotsiya, affekt, 
kayfiyat, kuchli hayajonlanish stress, ehtiros ko’rinishlariga ega bo’ladi. His-
tuyg’ular shaxsning emotsional sohasini tashkil etadi. 
Kishida his-tuyg’ular uning ehtiyojlari qondirilishi jarayoni qanday 
kechayotganligi belgisi sifatida namoyon bo’ladi.
Barcha psixik jarayonlar kabi emotsional holatlar, his-tuyg’ularning kechishi 
ham miya faoliyatining natijasi bo’lib hisoblanadi. Emotsiyaning paydo bo’lishi 
tashqi olamda ro’y beradigan o’zgarishlardan boshlanadi. Bu o’zgarishlar kishi 
hayoti va faoliyatining jonlanishiga yoki pasayishiga, bir xil ehtiyojlarning paydo 
bo’lishiga yoki yo’qolishiga, kishi organizmi ichida yuz beradigan jarayonlardagi 
o’zgarishlarga olib boradi. His-tuyg’ular kechishiga oid fiziologik jarayonlar ham 
murakkab shartsiz va shartli reflekslar bilan bog’liqdir. «Hissiyot», «emotsiya» va 
«his-tuyg’u» degan so’zlar ko’pincha sinonimlar sifatida qo’llaniladi. Torroq 
ma’noda olganda, bu qandaydir biroz doimiyroq his-tuyg’ularning bevosita va 
vaqtincha boshdan kechirilishdan iboratdir. «Emotsiya» so’zi ruhiy hayajonlanish, 
ruhiy xarakterlanish degan ma’noni beradi. Emotsiyalar stenik va astenik turlarga 
bo’linadi. Stenik hislar kishining g’ayratlantirsa, astenik hislar esa uning faoliyatini 
susaytirib yuboradi.Kishini tez chulg’ab oladigan va shiddat bilan o’tib ketadigan 
his-tuyg’u affekt hissiy portlash deb aytiladi. Bu paytda kishi ong bilan ishlay 
olmaydi, o’zini qara olmaydi, nazorat keskin susayib ketadi, iroda o’ziga 
bo’ysunmaydi. 


336 
Kayfiyatlar uncha kuchli bo’lmagan, lekin uzoq vaqt davom etadigan 
barqaror hisdir. Kayfiyat shodu-xurramlik yoki qayg’uli, tetiklik yoki lanjlik, 
hayajonli yoki ma’yuslik, jiddiy yoki yengiltaklik, jizzakilik yoki muloyimlik 
kabilar tarzida kechadi. 
Ehtiroslar deb kishi xatti-harakatlari yo’nalishini belgilaydigan, barqaror, 
chuqur va kuchli hislarga aytiladi. Masalan, rassomlikka, musiqaga ehtiros, bedana 
urishtirish kabilarga ehtiros. His-tuyg’ular hayvonlarga ham xos. Lekin insonning 
his-tuyg’ulari o’z mazmuni va kechishiga ko’ra hayvonnikidan tubdan farq qiladi. 
Masalan, jirkanish, faxrlanish, hasad qilish, shodu-xurramlik, zerikish, hurmat 
qilish, burchni his etish kabilar faqat insonga xos bo’ladi. 
Intellektual aqliy his-tuyg’ularga bilishga qiziqish, ajablanish, shubhalanish, 
taajjublanish, ishonch kabi hislar kiradi. Bularning barchasi ijobiy xarakterga ega 
bo’lib kishini bilishga, o’rganishga, ishtiyoq bilan ishlashga undaydi. 
Ma’naviy 
his-tuyg’ularga 
do’stlik-o’rtoqlik, 
Vatanga 
muhabbat, 
insonparvarlik, hamdardlik, sodiqlik, uyalish, mehnatni sevish kabi his-tuyg’ular 
kiradi. Bizning axloqiy yetukligimiz, tarbiyalanganligimiz ana shu hislar orqali
belgilanadi. 
Estetik his-tuyg’ularga bizning go’zal, chiroyli, yoqimli narsalardan 
zavqlanishimiz, shodlanishimiz, huzur qilishimiz, rohatlanishimiz kabilar kiradi. 
Bu hislarning manbai go’zal tabiat, san’at, adabiyot, chiroyli turmush kabilar 
bo’lishi mumkin. Intellektual, ma’naviy, estetik tuyg’ularni faoliyat va muomala 
jarayonida boshdan kechiramiz. Sotsial voqelikka nisbatan butun hissiy 
munosabatlar boyligini ifodalagani uchun ularni yuksak his-tuyg’ular deb ham 
aytamiz. 

Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin