O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti



Yüklə 5,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/138
tarix19.10.2023
ölçüsü5,67 Mb.
#157498
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   138
Umumiy psixologiya OQUV QOLLANMA (1)

Nazorat savollari: 
1.
Hissiyot deb nimaga aytiladi va uning hosil bo’lish manbalari? 
2.
Emotsional hislar va uning turlari qaysilar? 
3.
Affekt nima va qanday qilib uning oldi olinadi? 
4.
Yuksak hislar qaysilar? 
5.
Hissiyotning psixologik nazariyalari sanab bering?


337 
17 -MAVZU. IRODA 
 
Tayanch tushunchalar:
maqsad, motiv, motivlar kurashi, iroda, iroda akti, 
irodaviy zo’r berish, qaror, qarorni ijro etish, ijroga baho berish, dadillik, 
qat’iyatlilik, matonatlilik, sabr-toqatlik.
 
17.1.Iroda haqida tushuncha. Irodaviy harakatlar 
Iroda insongagina xos muhim xususiyat bo’lib, u shaxsning turli-tuman 
faoliyatlarida namoyon bo’ladi. Iroda inson faolligining muhim tomonini tashkil 
etadi. Odam tevarak-atrofdagi olamni o’z sezgi, idroklari yordamida bilib, 
o’rganibgina qolmay, uni o’z ehtiyojlari, zaruriyatlariga moslab o’zgartiradi ham. 
U o’z aql-idroki yordamida zarur natijani qo’lga kiritish uchun qachon, qayerda va 
qanday kuch – g’ayrat sarf etish zarurligi, ish faoliyatini qanday tashkil etish 
kerakligini belgilaydi. Ko’p hollarda murakkab xatti-harakatlar natijasidagina 
tegishli yutuq qo’lga kiritiladi. Bunday harakat davomida obyektiv va subyektiv 
qiyinchiliklarni yengib o’tishga to’g’ri keladi. 
Kuch-g’ayratni vujudga keltirish, qancha vaqt kuch-g’ayrat zarur bo’lsa, uni 
o’shancha vaqt saqlab turish uchun kishiga iroda kerak. Iroda kishi ongining 
shunday bir sohasiki, bu orqali odam o’z ishiga faol kirishadi va uni 
muvofiqlashtirib boradi. Iroda tufayli kishi o’z shaxsiy tashabbusi bilan, ongli 
zaruratdan kelib chiqqan holda, oldindan rejaga solingan yo’nalishda va oldindan 
nazarda tutilgan kuch-g’ayrat bilan tegishli ish harakatlarni bajarishi mumkin. 
Bundan tashqari, odam o’z psixik faoliyatini tegishli ravishda uyushtirish hamda 
uni muayyan bir mazmunga yo’naltirishi ham mumkin.. 
Odam o’zidagi emotsional holatni sirtiga chiqarmaslikka, tashqi tomondan 
bilintirmaslikka harakat qilishi, goho tashqi tomondan mutlaqo buning aksi bo’lgan 
holatlarni ifoda etishi ham mumkin. Xullas, iroda, bir tomondan, odam xatti-
harakatini yo’nalishga soladi yoki uni biror harakatdan saqlab qoladi, ikkinchi 
tomondan, mavjud vazifa va talablardan kelib chiqqan holda kishining psixik 
faoliyatini uyushtiradi. 


338 
Odamning irodaviy harakatlari o’z oldiga qo’ygan maqsadlarini, turli-tuman 
yumushlarini shunchaki bajarishdangina iborat emas. Balki irodaviy harakat o’ziga 
xos xususiyatga egadir. Buning ma’nosi shuki, odam o’z oldida turgan va uning 
uchun juda katta ahamiyatga ega bo’lgan maqsadlarga o’zi uchun unchalik 
ahamiyatli bo’lmagan boshqa xatti-harakat motivlarini bo’ysundiradi. 
Iroda kishining o’z xatti-harakatlarini ongli ravishda boshqarishni, bir qator 
intilish va istaklarni tiyib turishni taqozo etadi. Irodaviy harakat shundan iboratki, 
bundan odam o’zini-o’zi idora qiladi, o’zini-o’zi qo’lga oladi, o’z his-tuyg’ularini 
nazorat qilib turadi va kerak bo’lib qolgan paytlarda ularni bosa oladi. Irodaning 
namoyon bo’lishi ish-harakatlarda ongning ishtirok qilishi bilan bog’liq bo’lgan 
shaxs faolligidir. 
Irodaviy faoliyat shaxs tomonidan keng miqyosda anglangan va psixik 
jarayonlarni amalga oshirish xarakteri jihatidan irodaviy zo’r berishni talab 
qiladigan bir qator ishlarni taqozo qiladi.
Ko’pincha irodaviy faoliyat odamning hayot yo’lini aniqlaydigan, uning 
ijtimoiy qiyofasini ko’rsatadigan qarorlarga kelish bilan bog’liq bo’ladi. Bunda 
burch hissi, Vatan va xalq oldidagi burchini aniq anglash namoyon bo’ladi. 
Bularga 
misol 
qilib 
Ulug’ 
Vatan 
urushi 
davridagi 
kishilarimizning 
qahramonliklarini ko’rsatishimiz mumkin. 
Irodaviy faoliyat turli-tuman harakatlar natijasida amalga oshiriladi. 
Harakatlar esa suyak-muskul sistemasining faoliyati tufayli vujudga keladi. 
Ma’lumki, insonda turli harakatlarni vujudga keltiradigan 600 dan ortiq katta va
kichik muskullar mavjuddir. Bu muskullarning harakati alohida-alohida, bir-
biridan ajralgan holda emas, balki ularning birgalikdagi faoliyati tufayli hosil 
bo’ladi. Insonning istalgan bir harakatida bir guruh muskullar albatta ishtirok etadi. 
Bosh miya yarim sharlarida harakatlarni boshqaruvchi maxsus uchastka bor. Bu 
yerdan tanamizning barcha qismlariga nerv tolalari ketgan bo’ladi. Bu markaz 
teskari aloqa usulida ishlaydi va harakatlarimizni boshqarib, tartibga solib turadi. 
Bordiyu harakat markazi ishdan chiqsa, odamning harakatlari ham bir-biri bilan 
uyg’unlashmaydi, izdan chiqadi, qilmoqchi bo’lgan ish-harakatlarni odam to’g’ri 


339 
bajara olmaydi. Buni spirtli ichimlik iste’mol qilgan kishi harakatida ko’rish 
mumkin. 
Irodaning nerv-fiziologik mexanizimi sifatida bosh miya katta yarim sharlari 
po’stining shartli reflekslar hosil qilishdan iborat bo’lgan faoliyatini ham ko’rsatish 
mumkin. Demak, irodaviy harakatlarning mexanizmini bosh miyadagi harakat 
markazi faoliyati, suyak-muskul sisitemasining faoliyati, shartli reflekslar va 
ikkinchi signallar sistemasi tashkil etadi. Irodaviy harakatlarning dastlabki 
boshlang’ich nuqtasi harakat maqsadining vujudga kelishi va shu maqsadning 
o’rtaga qo’yilishidir. 
Maqsad - kishining shu paytda kerakli va zarur deb topgan ish- harakatlarini 
tasavvur etishi demakdir. Maqsadni tasavvur qilish odatda, shu maqsadga erishish, 
istak-orzuni amalga oshirish yo’lidagi intilishga bog’liq bo’ladi. Masalan, kishi 
qiyin ahvolga tushib qolsa, shu ahvoldan bir amallab qutilishini o’z oldiga maqsad 
qilib qo’yadi. Kishi shu vaziyatni ma’lum darajada o’zgartirish, bir nimaga barham 
berish, bir nima qo’shish va shu kabi maqsadlarni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. 
Xatti-harakatni maqsad qilib qo’yish kishining mehnat faoliyati, kasb-koriga 
bog’liq bo’lgan vazifalariga va turmushdagi burchlariga qarab belgilanadi. Kishi 
jamiyatda, jamoada tutgan o’rni maqsad qo’yishga ta’sir etadigan muhim omil 
hisoblanadi. 
Kishida kelib chiqadigan ehtiyojlar darrov yaqqol tasavvur qilinadigan 
maqsad tarzida hosil bo’la qolmaydi. Ko’ngilda kechayotgan ehtiyoj va intilishlar 
turli darajada anglanishi va turlicha tasavvur qilinishi mumkin.
Masalan, ehtiyoj va intilishlar ba’zan istak tarzida ko’ngildan kechadi. Istak 
shunday holatki, bunda odam o’ziga nimadir yetishmayotganini, nimanidir 
istayotganini his qilib turadiyu, o’sha narsa nima ekanini yaxshi tasavvur qila 
olmaydi. Tilak intilishning shunday bosqichiki, bunda kishi harakat maqsadini 
anglab yetadi, lekin unga erishish yo’llari va vositalarini hali tushunib yetmaydi.
Ehtiyoj yana kuchayib boraveradi. Natijada intilishi maqsadlaridan tashqari, 
uning yo’l, usul va vositalari ham asta-sekin anglashilib borad. Intilishning bunday 
to’la anglanilgan bosqichi xohish deb aytiladi.


340 
Maqsadning va unga yetishish yo’llarining ma’qul va noma’qulligini belgilab 
beradigan hamma narsa ish-harakat motivlari deb aytiladi. Kishi nega boshqa bir 
maqsadni emas, balki xuddi shu maqsadni o’z oldiga qo’ymoqda, shu maqsadga 
yetishmoq uchun boshqa yo’l va vositalar bilan emas, balki xuddi shu vositalar 
bilan ish ko’rishning sababi nima degan savolga javob motiv deb ataladi. 
Maqsadlarni, ularga erishish yo’llari va vositalarini tanlash jarayoni ba’zan ichki 
kurash xarakteriga ega bo’ladi. Bu kurashda turli kuch va jozibaga ega bo’lgan bir 
necha motiv maydonga chiqadi. Bu jarayon motivlar kurashi deb yuritiladi. 
Motivlar kurashi ko’pincha tafakkur bilan hissiyot o’rtasidagi kurashdan iborat 
bo’ladi. Bundan tashqari, bu burch hissi bilan unga oid bo’lgan qandaydir boshqa 
shaxsiy his o’rtasidagi kurash tarzida ham namoyon bo’lishi mumkin. 
Maqsadga erishish yo’llari va vositalarini tanlash jarayoni, rejalashtirish 
motivlar kurashi bilan bog’langan bo’lib, qarorga kelish bilan tugaydi. Qarorga 
kelish muayyan bir maqsadni va shu maqsadga erishish yo’lidagi harakat 
usullaridan birini tanlab olish demakdir. Tez qarorga kelish sur’ati bir qancha 
sabablarga, jumladan, ehtiyojga, hal qiluvchi motiv kuchiga, vaziyatga, hissiyotga, 
tafakkur va xayolning taraqqiyot darajasiga, kishining turmush tajribasi va 
bilimlariga, dunyoqarashi, temperament va xarakteriga, boshqa kishilarning 
maslahati, buyrug’i, takliflariga bog’liqdir. Bundan tashqari, maqsadning 
ahamiyatliligiga, birorta qarorga keltiruvchi faoliyatning xarakteriga ham bog’liq 
bo’ladi.
Qat’iyat faqat tezlik bilan qarorga kelishdagina emas balki, qarorni tez va 
dadil bajarishda ham zohir bo’ladi. Tezlik bilan qarorga kelish va uni belgilangan 
muddatda bajarish – qat’iyatni namoyish qilish demakdir.
Qabul qilingan qaror mustahkam yoki bo’sh bo’lishi mumkin. Bir marta qabul 
qilinib, keyinchalik o’zgartirilmaydigan va ma’lum vaqt davomida albatta 
bajariladigan qaror qat’iy va mustahkam qaror deyiladi. Qaror qabul qilinsayu, 
keyin yo o’zgartirilsa, yoki boshqa yangi qaror bilan almashtirilsa, yoxud butunlay 
bekor qilinsa, bunday qaror bo’sh qaror deyiladi. Qat’iy va mustahkam qarorga 
kelish irodaning ijobiy xususiyatidir.


341 
Qaror unga muvofiq keladigan choralar ko’rish va harakat qilish uchun qabul
qilinadi. Qarordan harakatga o’tishni qarorni ijro etish deyiladi. Irodaning eng 
muhim va asosiy bosqichi qarorni ijro etishdir.

Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin