Partonimiya tilda xolo-meronimik, ya’ni butun-bo‘lak munosabatini
reallashtiruvchi hodisa sanalib, u tilning leksik-semantik sathi, ayniqsa,
terminologik sistemasida yaqqol namoyon bo‘ladi. Chunonchi,
armiya xolonimi
korpus, diviziya, brigada, polk, batalyon, rota, vzvod, bo‘lim; anatomiyaga oid
gavda butunnomi bosh, ko‘z, quloq, og‘iz, bo‘yin, yelga, ko‘krak, bel, chanoq, but, qo‘l, bilak, barmoq, oyoq, tizza,panja; ekologiyaga xos
tog‘ xolonimi dara, cho‘qqi, yonbag‘ir, tepalik, o‘r, qir, jar, zovur; botanikaga doir
daraxt butunnom
o‘zak-tana, shox-butoq, novda, barg-yaproq, gul-chechak, tomir-ildiz, po‘stloq kabi meronimlarni o‘zida
birlashtiradi.
Leksik-semantik sathda keng ifodasini topgan graduonimik
munosabatlar terminlar sistemasida ham tez-tez voqelanadi. Xususan, ushbu
munosabat yer sathining gorizontal ko‘rinishini anglatuvchi
qir-adir-tepa- tog‘; dasht-cho‘l-biyobon-sahro terminlari
orasidagi
darajalanishda
namoyon bo‘lgan. Ayni
munosabatni mehnat staji- maxsus mehnat staji- uzluksiz mehnat staji-umumiy mehnat staji kabi yuridik,
zonani qurolsizlantirish-chegarani qurolsizlantirish-hududni qurolsizlantirish- mamlakatni qurolsizlantirish-mintaqani qurolsizlantirish-qit’ani qurolsizlantirish singari harbiy terminlar darajalanishida ham kuzatamiz.
Tilshunoslik terminlari sistemasida sodir bo‘luvchi graduonimiya
so‘z-so‘z birikmasi-sodda gap-uyushiq kesimli gap-uyushgan gap-qo‘shma gap- matn munosabatida yaqqol aks etadi.
Botanikada
daraxt terminining graduonimik munosabati
urug‘-nihol- ko‘chat-daraxt t arzida voqelanadi.
O‘zbek terminologiyasi tilning leksik qatlami singari ochiq sistema
hisoblanib, unda yuqorida kuzatilgan paradigmalar qatori sinonimik va
antonimik munosabatlar ham voqelanadi.
Sinonimlar boshqa tillardagi kabi o‘zbek termiologiyasi sistemasida
ham faol qo‘llanuvchi leksik birliklar sanaladi. O‘zbek terminologiyasining
86
barcha shakllanish va rivojlanish bosqichlarida mavjud bo‘lgan termin-
sinonimlarning salmoqli ulushini mutlaq sinonimlar tashkil qiladi
: bilga- bilguchi “olim”, s
atg‘uchi-sart “savdogar, tojir
”, elchi-rasul “elchi”,
elchi- rasul-payg‘ambar “payg‘ambar”,
qarg‘a-quzg‘un “qarg‘a”,
chayon-aqrab “Chayon burji”,
yulduz ilmi-nujum ilmi-ilmi nujum “astronomiya,
astrologiya”,
to‘p-zambarak, to‘pchi-artilleriyachi, attashe-vakil, shinak- tuynuk, qo‘poruvchi-diversiyachi, tilshunoslik-lingvistika, graduonimiya- darajalanish, mablag‘-budjet, hisobchi-buxgalter, sotqin-xoin va h.k.
Stilistik termin-sinonimlar mumtoz asarlar, ayniqsa, nazmda bitilgan
obidalar so‘z boyligida bot-bot ko‘zga tashlanadi:
Tir-Munshiy “Merkuriy”,
Mirrix-Turki falak “Mars
”, aloqachi-chopar, g‘o‘l-qalb “qo‘shin markazi”,
janggoh-ma’rakagoh “jang maydoni”,
urush-ma’raka “jang”. Hozirgi
o‘zbek terminologiyasi ham stilistik sinonimlardan xoli emas:
gepatit-sariq ,
moychechak-romashka ,
qiynash-azoblash-iskanjaga olish va h.k. Ilmiy-
texnikaviy terminlar tarkibida stilistik terminlar uchramaydi.
Turli terminologik sistemalarda qo‘llanuvchi