87
(tib.; til.),
funksiya/disfunksiya
(tib.),
semizlik/oriqlik
(tib.), eksport-import
(iqt
.), jazoni yengillashtiradigan holatlar-jazoni og‘irlashtiradigan holatlar
(huq.),
simmetriya/asimmetriya
(til.) singari
termin-antonimlar hozirgi
o‘zbek terminologyasida istalgancha topiladi.
Keyingi paytlarda leksik-semantik jihatdan zid munosabatda bo‘lgan,
paradigmatik jihatdan yagona differensiyalovchi belgi orqali farqlanuvchi
antonimik birliklar
kontrar, kontradiktiv, komplementar
va
gradual
turlarga
bo‘lingan tarzda tasniflanmoqda (Fedorchenko 2004.91).
Komplementar antonimlar ikki termin orasidagi binar munosabatga
asoslanadi:
tergovchi/jinoyatchi,
minalashtirish/minasizlantirish,
ko‘tarish/tushirish
(harb.),
kirim/chiqim, kun/tun, implisitlik/eksplisitlik,
simmetriya/asimmetriya
(til.) va h.k.
Konradiktiv antonimlar sirasiga termin-birikmalar kiritiladi
: barqaror
narx/beqaror narx; qadrli valyuta/qadrsiz valyuta; ochiq nishon/yashirin
nishon
(harb
.); suyuq yoqilg‘i/qattiq yoqilg‘i; yoyilish rayoni/jamlanish
rayoni
(harb.);
og‘ir artilleriya/yengil artilleriya; foizli depozit/foizsiz
depozit; ochiq safarbarlik/yashirin safarbarlik; katta leytenant/kichik
leytenant; og‘ir atletika/yengil atletika
va h.k.
Kontrar
ziddiyat terner, ya’ni ikkidan ortiq terminlar o‘rtasidagi
qarama-qarshilik oqibatida yuzaga chiqadi:
hujum, hamla/chekinish, orqaga
qaytish;shafqatli,rahmdil,
mehribon, ko‘ngilchan/shafqatsiz, berahm,
bag‘ritosh
va h.k.
So‘z yoki terminlar orasidagi antonimlikni aniqlashda ular o‘rtasidagi
umumiy belgilarni izlash muhim ahamiyat kasb etadi. So‘nggi paytlarda ana
shunday
umumiy
belgilardan
biri
sifatida
antonim
juftliklarni
voqelantirishda ikki so‘z yoxud termin o‘rtasida oraliq tushunchaning
mavjudligiga e’tibor qaratilmoqda. Qayd etilgan fikrni quyidagi ashyoviy
misollar ham dalillaydi:
og‘ir tank/o‘rtacha tank/yengil tank; balandlab
uchish/o‘rtacha balandlikda uchish/pastlab uchish (harb.); yengil soliq
yuki/o‘rtacha soliq yuki/og‘ir soliq yuki
va h.k.
Xullas, umumtilda sodir bo‘luvchi leksik-semantik jarayonlar
terminologiyada qisqartirilgan ko‘lam yoxud o‘zgargan tarzda voqelanadi.
Terminologiyadagi polisemiya asosan metaforik va metonimik ma’no
ko‘chishi oqibatida yuzaga chiqadi.
Omonimiya ko‘pma’noli so‘zlarning boshqa-boshqa leksemalarga
aylanishi jarayoni natijasi bo‘lib, fanlararo va sistemalararo omonimiya
nomi ostida terminologiyadan joy oladi (Danilenko 1077; 205).
Soha terminologiyasining dastlabki shakllanish bosqichlarida o‘ta
faol bo‘lgan sinonimlarning ma’noviy ko‘rinishi
ularga xos egalik qilish va
aniqlik kiritish singari vazifalar bilan amalga oshadi.
Fan tilida antonimlarning ikki turi, ya’ni leksik hamda so‘z yasovchi
antonimlar o‘z ifodasini topadi.
Dostları ilə paylaş: