Journal of Advanced Research and Stability
Volume: 02 Issue: 11 | Nov - 2022
ISSN: 2181-2608
www.sciencebox.uz
245
SATIRA JANRINING PAYDO BO'LISHI VA RIVOJLANISHI TARIXI
Soliyev Rahimjon Ibroximovich
Farg„ona davlat universiteti Chet tillari kafedrasi o„qituvchisi
Annotatsiya
: Maskur maqolada jahon adabiyotida, jumladan G„arbiy Evropa adabiyotida satira
janrining vujudga kelishi va rivojlanishi tarixi masalalari yoritilgan. Shuningdek, satiri
janrining asoschilari,satira janriga xos xususiyatlar, satira asarlarida qo„llanilgan badiiy
uslublariga oid ma‟lumotlar berilgan.
Kalit sozlar:
satira, janr, anekdot, satirik she‟riy roman, metafora, sinekdoxa, metonimiya,
parafraza, oksimoron, maqol, metal.
Kirish
Ta'rif.
Satirik janr deganda jamiyat hayotining har qanday hodisalari keskin qoralangan va
masxara qilingan asarlar tushuniladi. Voqelikni badiiy aks ettirishning oʻziga xos usuli boʻlib,
unda jamiyatdagi bemaʼni, asossiz, notoʻgʻri hodisalar, illatlar fosh qilinadi. Voqealarning real
koʻrinishini oʻzgartirib, oshirib, boʻrttirib, mubolagʻa qilish, keskinlashtirish va shartlilikning
boshqa koʻpgina turlari yordamida yaratilgan obraz orqali Satira obʼyektiga "ishlov" beriladi.
Satira muallifi komiklikning boshqa turlaridan (yumor, hikoya va boshqalar) ham foydalanishi
mumkin, biroq satira uchun salbiy tus berib, keskin ifodalangan estetik obyekt xarakterli
hisoblanadi.
Asosiy qism
Satira janrining yaratilishi va tarixi.
Satira janri Rim adabiyotida vujudga kelgan. Goratsiy,
Yuvenal, Persiy va Lutsiliy asarlari namunali hisoblanadi. Rim notig„i Kvintilian birinchi bo„lib
satirani adabiy janr sifatida tavsiflagan.
Oʻrta asrlarda satira xalq ogʻzaki ijodi va xalq “hajviy madaniyati”ga tayanadi. Anekdot,
satirik she‟riy roman, hayvonlar haqidagi satirik dostonlar va farslar mashhur. Satira tarixida
italyan xalqining "maskalar komediyasi" katta ahamiyatga ega bo'lgan.
Uygʻonish davridagi satira oʻrta asrlar hayotining oʻrnatilgan shakllarini qayta koʻrib chiqishga
qaratilgan (J.Bokachcho, S.Brant, E Rotterdamlik va boshqalar). Shunday qilib, fransuz
yozuvchisi F.Rable “Gargantua va Pantagruel” romaniga grotesk, giperbolik kulgi obrazlarini
kiritadi. Bu bilan yozuvchi rasmiy o„rta asr mafkurasining jiddiyligiga putur yetkazadi. Mashhur
“Don Kixot” romani muallifi M. de Servantes ikki davr chegarasida dunyoning universal hajviy
panoramasini qayta yaratadi.
17-asr asarlarda kulgi darajasi pasaydi, shuning uchun satirik janr biroz mavqeyini yuqota
boshladi. Biroq, fransuz komediografi J.-B.Molyerning satirasi gullab-yashnaydi, yangi turdagi
personajlar paydo bo'ladi ("Xasis, Tartuf, Jurden). Bu davrdagi satirik shoirlar qadimiy
andozalarga amal qiladilar (N.Bualo, J. Lafonten ertaklari).
Ma‟rifatparvarlik davrida satira D.Defo, T.J.Smolettaning makkorlikka oid romanlari va
P.Bomarshe komediyalarida o„z aksini topgan. Vaqt o'tishi bilan satirik parodiya va satirik
roman rivojlanadi (D. Didro, Volter, G. Filding, L. Stern). Bu davrdagi badiiy asarlarda tub
oʻzgarishlarni talab qiluvchi nomukammal dunyo tasvirlangan (masalan, J. Sviftning “Gulliver
Dostları ilə paylaş: |