Asosiy vositalarni qayta baholashda qayta baholashni amalga oshirish
usullarini qo’llanilishi tahlil qilinadi. Asosan, qayta baholash aynan o’xshash
bo’lgan yangi ob’ektlarga xujjatlar asosida tasdiqlangan bozor narxlari bo’yicha
qo’yilgan qiymat asos qilib olinadi. Yoki, asosiy vositalar turlari bo’yicha ularni
xarid qilish davrlariga tabaqalangan asosiy vositalarning qiymatini o’zgarish
indekslarini qo’llagan holda aniqlanadi.
Tekshirish jarayonida asosan, asosiy vositalarni qayta baholanishini o’z
vaqtida amalga oshirilishi va buxgalteriya hisobidan to’g’ri aks ettirilganligi
aniqlanadi. Asosiy vositalarni o’z vaqtida qayta baholamaslik real bozor
baholaridan farq qilishga olib keladi va bu o’z navbatida asosiy vositalar
saqlanishi izdan chiqishiga olib kelish extimolini vujudga keltiriladi.
Asosiy vositalarga eskirish hisoblashni tekshirish eskirish hisoblash
vedomostiga asosiy vositalarni to’g’ri va aniq kiritilganligini aniqlashdan
boshlanadi. Budjet tashkilotlarida ishchi schyotlar rejasini tasdiqlanayotganda
“Asosiy vositalarning eskirishi” schyotining tegishli subschyotlarini tashkilotga
kirim qilingan asosiy vositalar manbalari bo’yicha eskirish hisoblanishini
alohida shakllantirib olishi mumkinligini inobatga olib subschyotlarning to’g’ri
ochilganligini aniqlab olish kerak. Masalan, 023/1-“Mashina va jihozlarning
eskirishi (Budjet mablag’lari hisobidan)”, 023/2 –“Mashina va jihozlarning
eskirishi (Riojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobidan)” va boshqalar.
Asosiy vositalarni qayta baholash natijasida asosiy vositaning eskirish
summasining oshishi 28-Moliyaviy natijalar schyotining debetida to’g’ri aks
ettirilganligi aniqlab olinadi va aksincha, eskirish summasining kamayishi bu
schyotning kreditiga olib borilishi zarur. Balansdan chiqarilayotgan asosiy
vositaga hisoblanagan eskirish summasini hisobdan chiqarilishi budjet
tashkilotlarida 02-schyotning debeti va 201-schtyoning kreditida aks ettiriladi.
Bunda, tuzilgan dalolatnomaning asoslanganligi aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: