Budjet nazorati


 Asosiy vositalar hamda nomoddiy aktivlar saqlanish holatining nazorati



Yüklə 2,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/132
tarix21.10.2023
ölçüsü2,32 Mb.
#158278
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   132
Budjet nazorati 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

 
3. Asosiy vositalar hamda nomoddiy aktivlar saqlanish holatining nazorati 
Budjet tashkilotlarida asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar ustidan 
nazoratni tashkil qilishda ularning saqlanish holati hamda ishlatilishiga alohida 
e’tibor qaratish zarur. Bunday nazorat ulardan samarali foydalanishni ta’minlab 
beradi. 
Tekshirish jarayonida quyidagilar aniqlab olinishi kerak: 
- inventar kartochkalar, inventar kitoblari yoki ro’yxatlarining mavjudligi;
- texnik pasportlar va boshqa texnik xujatlarning mavjudligi vaholati; 
- xo’jalik sub’ekti tomonidan ijaraga, saqlashga va vaqtinchafoydalanishga
topshirilgan yoki qabul qilingan asosiy vositalarga 


xujjatlarning mavjudligi. Xujjatlar bo’lmaganda ularni olinishini 
yokirasmiylashtirilishini ta’minlash zarur. 
Buxgalteriya hisobi yoki texnik xujjatlar va registrda farqlar va 
noaniqliklar borligi aniqlanganda ularga tegishli tuzatishlar va aniqliklar
kiritilishi kerak.
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning saqlanish holati asosan 
inventarizatsiya o’tkazish orqali tekshiriladi. O’zbekiston Respublikasida 
inventarizatsiya O’zbekiston Respublikasi "Buxgalteriya hisobi to’g’risida"gi 
Qonunining 11-moddasiga muvofiq ishlab chikilgan “Inventarizatsiyani tashkil 
etish va o’tkazish” 19-BHMS bilan tartibga solinadi. 
Inventarizatsiya o’tkazishdan avval mahsus komissiya tuziladi yoki 
tashkilotda tuzilgan doimiy inventarizatsiya komissiyasi ish olib boradi. Asosiy
vositalar inventarizatsiya qilinganda komissiya albatta ob’ektni naturada
ko’rib chikishni amalga oshiradi va inventarizatsiya ro’yxatlariga ularning
to’liq nomini, maqsadini, inventar raqamini va asosiy texnik va foydalanish 
ko’rsatkichlarini kiritadi. 
Hisobga kiritilmagan ob’ektlar, shuningdek ob’ektlar bo’yicha hisob 
registrlarida ularni ta’riflovchi ma’lumotlar yo’qligi yoki noto’g’ri 
ko’rsatilganligi aniqlanganda, komissiya ushbu ob’ektlar bo’yicha 
nventarizatsiya bo’yicha etishmaydigan yoki noto’g’ri ma’lumotlarni va texnik 
ko’rsatkichlarni kiritishi kerak, masalan: binolar bo’yicha - ularning 
maqsadini, ular kurilgan asosiy materiallarni xajmini (tashki va ichki o’lchov 
bo’yicha), maydoni (umumiy foydali maydon), kavatlar soni (erto’la, yarim 
erto’la, tashkari va (x.k.), kurilgan yili va boshqalar; kanallar bo’yicha uzunligi, 
chukurligi, eni (tubi va usti bo’yicha), sun’iy inshootlar tubini va yonlarini 
mustaxkamlash materiallari, ko’priklar bo’yicha joylashish joyi, materiallar
turkumi va ularning xajmi, yo’llar bo’yicha - yo’lning turi (shosse, 
ixtisoslashtirilgan), uzunligi, koplash materiali, eni x.k. 
Inventarizatsiyada aniqlangan hisobga olinmagan ob’ektlarning ba’xolari
joriy qiymat bo’yicha amalga oshirilishi kerak, eskirishi esa ob’ektning


xaqiqatdagi texnik holati bo’yicha baxolash va eskirish to’g’risidagi
ma’lumotlarni tegishli rasmiylashtirilgan dalolatnomalari bilan aniqlanishi 
kerak. 
Inventarizatsiya komissiyasi inventarizatsiyada aniqlangan hisobga 
olinmagan ob’ektlar qachon va kimning farmoyishi bilan bunyod etilganini, 
ularni bunyod etilishi uchun xarajatlar qaerga hisobdan chiqarilgani, va bularni 
bayonnomada aks ettirishi shart. Asosiy vositalar ro’yxatiga ob’ektning asosiy 
maqsadiga muvofiqnomlari bo’yicha kiritiladi. Agarda ob’ekt qayta
qurilgan, qaytatiklangan, kengaytirilgan yoki qayta jixozlangan bo’lsa va
buningokibatida uning asosiy maqsadi o’zgargan bo’lsa, unda bu ro’yxatga 
yangimaqsadga muvofiq nom bilan kiritiladi. Agarda komissiya tomonidan kapital
xarakterda amalga oshirilgan ishlar (ko’shimcha kavat kurish, yangi binolar
kurish va boshqalar) yoki binolar va inshoatlarning bir kismini kisman yo’q
qilish (ayrim konstruktiv elementlarni buzish) buxgalter hisobida aks 
ettirilmagan bo’lsa, u tegishli xujjatlar bo’yicha ob’ektning boshlangich qiymatini
ortishi yoki kamayishi summasini aniqlashi va amalga oshirilgan
o’zgarishlar to’g’risidagi ma’lumotlarni ro’yxatlarda keltirishi kerak. Bir vaqtning 
o’zida komissiya bunda aybdor bo’lgan shaxslarni va hisob registrlarida u yoki
bu ob’ektlar bo’yicha konstruktiv o’zgarishlari o’z aksini topmaganligi sabablarini 
aniqlashi kerak. 
Mashinalar, anjomlar va asosiy jixozlar inventarizatsiya ro’yxatlariga 
inventar raqami, ishlab chiqargan zavodi, ishlab chiqarilgan yili, maqsadi, kuchi 
va x.k) ko’rsatilib kiritiladi. Bir tsex yoki bo’limga bir paytda kelib tushgan 
guruh hisobi bo’yicha na’munaviy inventar kartochkada hisobga olinadigan bir
xil baxodagi xo’jalik inventr anjomlari, asboblar, stanoklar va x.k. 
inventarizatsiya ro’yxatlarida ushbu buyumlarning nomlari ularning soni 
ko’rsatilib keltiriladi. 
Inventar ob’ektlar tomonidan asosiy vositalarga berilganraqamlar, 
koida tariqasida, o’zgarmasligi kerak. Raqamlarni almashtirishob’ektlar o’zining
texnik ishlab chiqarish ko’rsatkichlari bo’yicha taalluqlibo’lgan guruhdan


boshqa asosiy vositalar gurxiga hato tariqasidakiritilgan bo’lsa, shuningdek
noto’g’ri raqam berilgani aniqlangandamumkin bo’ladi. 
Inventarizatsiya paytida xo’jalik yurituvchi sub’ektdan tashkaribo’lgan asosiy
vositalar ob’ektlari (xarakatdagi temir yo’l tarkibida, avtomashinalarda,
kapitalta’mirlashga jo’natilgan avtomashinalar va anjomlar va x.k.da 
bo’lganlar)ular doimiy faoliyat ko’rsatuvchi yoki ishchi komissiyalar 
tomonidan, ularxo’jalikdan vaqtincha jo’natilganga kadar inventarizatsiya 
qilingan bo’lishikerak. 
Foydalanishga yaroqsiz bo’lgan va tiklanishi mumkin bo’lmaganasosiy vositalar 
inventarizatsiya ro’yxatiga kiritilmaydi. Bu ob’ektlargainventarizatsiya
komissiyasi ushbu ob’ektlarni foydalanishga topshirilganmuddati va ushbu
ob’ektlarni yaroqsiz holga kelishiga olib kelgansabablari (buzilishi, to’liq 
eskirishi va x.k) ko’rsatilib alohida ro’yxattuzadi. Bunday ob’ektlarni ro’yxatdan 
chiqarish umumiy belgilangan tartibdaamalga oshiriladi. 
O’z vositalar inventarizatsiyasi bilan bir paytda javobgarlik saqlanishida 
bo’lgan ijaraga olingan asosiy vositalar xam tekshiriladi. Ko’rsatilgan ob’ektlar 
bo’yicha alohida ro’yxat tuziladi, unda ushbu ob’ektlarni javobgarlik
saqlanishiga yoki ijaraga qabul qilinganligini tasdiqlovchi xujjatlar e’tirof etiladi. 
Inventarizatsiya natijasida asosiy vositalar bo’yicha kamomad yoki 
yo’qotishning aniqlanishi va undirilishi “ Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan 
mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish tartibi 
to’g’risisda”gi nizom (Moliya vazirligi ,Davlat soliq qo’mitasi, Mehnat va aholini 
ijtimoiy muxofaza qilish vazirligining 2004 yil 10 mardagi 37, 2004-26, 20/1 – 
sonli qarori bilan tasdiqlangan)ga asosan tartibga solinadi. Ushbu nizomga asosan 
ish beruvchining mulkiga etkazilgan zarar xajmi, zarar uchun xodimning moddiy 
javobgarlik chegaralari va tartibini aniqlash O’zbekison Respublikasi Mehnat 
kodeksi bilan tartibga solinishi ko’rsatilgan. 
Bir oylik o’rtacha ish xaqidan oshmaydigan etkazilgan zarar summasini 
aybdor xodimdan undirish ish beruvchining farmoyishiga muovfiq amalga 
oshiriladi. Fayrmoyish etkazilgan zarar aniqlangan kundan boshlab bir oydan 


kechikmasdan chiqarilishi mumkin. Bunda, zarar xajmi inventarizatsiya o’tkazish 
davrida maskur joyda amal qilayotgan bozor baholari bo’yicha hisoblanadi. 
Agar xodimdan undirilishi lozim bo’lgan etkazilgan zarar summasi uning 
o’rtacha oylik ish xaqisidan yuqori yoki zarar aniqlangan kundan boshlab bir oylik 
muddat o’tgan bo’lsa, unda undirish sud orqali amalga oshiriladi. 
Ish beruvchining mulki o’g’irlanganda, kam chiqqanda, qastdan yo’qotish 
yoki qastdag buzish natijasida hamda boshqa hollarda etkazilgan zarar xajmi bozor 
qiymati bo’yicha hisoblanadi. 
Inventarizatsiya jarayonida aniqlagan mol-mulkning bozor qiymatini
aniqlash uchun quyidagilardan foydalanish mumkin: 
a)
ishlab chiqaruvchi tashkilotlardan va ularning rasmiy dilerlaridan, tovar 
xom-ashyo birjalaridan, ko’chmas mulk birjalaridan yozma shaklda olingan xuddi 
shunday mahsulotga doir narxlar to’g’risida ma’lumotlar; 
b)
Markaziy bankning kamomad (ortiqcha) aniqlangan sanadagi va tegishli 
mulkni sotib olish sanasidagi kurslarning nisbati shaklida aniqlangan hisob-kitob 
kitob koefitsentini qo’llagan holda sotib olish sanasidagi (tasdiqlovchi xujjatlar 
mavjud bo’lganda) mol-mulkning erkin konvertatsiyalanadigan valyutadagi 
qiymati to’g’risida ma’lumotlar; 
c)
tegishli davlat idoralarida mavjud bo’lgan narxlar darajasi to’g’risiadagi 
ma’lumotlar; 
d)
inventarizatsiya o’tkazilayotgan davrda ommaviy axborot vositalari va 
maxsu adabiyotlarda e’lon qilingan narx darajalari to’g’risidagi ma’lumotlar; 
e)
tegishli mol-mulkning qiymati to’g’risidagi baholovchining ekspert xulosasi. 
Kamomad yoki yo’qotishning aniqlanishi buxgalteriya schyotlarida quyidagicha 
aks ettirilishi kerak: 
1.
Iventarizatsiya natijasida kamomad aniqlangan asosiy vositalar summasiga 
(agarda moddiy javobgar shaxsdan undirilmasa).
a)
Hisoblnagan eskirish summasini hisobdan chiqarilganda 
Dt 02 Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar 
Kt 01 Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar 


b)
Qoldiq qiymatini hisobdan chiqarilganda 
Dt 231, 241, 251, 261, 271 xaqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar 
Kt 01 Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar 
2.
Inventarizatsiya natijasida kamomad chiqqan budjet mablag’lari hisobidan 
sotib olingan yoki sotib olinish manbasi noaniq bo’lgan asosiy vositalar 
summasiga (agarda moddiy javobgar shaxsdan undirilsa) 
a)
Hisoblangan eskirish summasining hisobdan chiqarilishi 
Dt 02 Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar 
Kt 01 Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar 
b)
Qoldiq qiymatini hisobdan chiqarilganda 
Dt 231, 241, 251, 261, 271 xaqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar 
Kt 01 Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar 
c)
Ayibdor shaxsdan undirilgan summaning budjet daromadlariga hisoblanishi 
Dt 170 Kamomadlarga doir hisob-kitoblar 
Kt 160 Budjetga to’lovlar 
d)
Ayibdor shaxs tomonidan kamomad summasining tashkilot kassasiga 
to’lanishi 
Dt 120 Milliy valyutadagi naqd pul mablag’lari 
Kt 170 Kamomadlarga doir hisob-kitoblar 
e)
Kamomad summasining hisobraqamga kirim qilinishi
Dt 113 Boshqa budjetdan tashqari mablag’lar 
Kt 120 Milliy valyutadagi naqd pul mablag’lari 
f)
Mablag’larning budjet daromadlariga o’tkazib berilishi
Dt 160 Budjetga to’lovlar 
Kt 113 Boshqa budjetdan tashqari mablag’lar. 
3.
Moddiy javobgar shaxs kamomad chiqishda ayibdor deb tan olingan holda 
(agarda asosiy vosita budjetdan tashqari mablag’lar hisobidan xarid qilingan 
bo’lsa) 
a)
Hisoblangan eskirish summasining hisobdan chiqarilishi 
Dt 02 Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar 


Kt 01 Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar 
b)
Qoldiq qiymatini hisobdan chiqarilganda 
Dt 170 Kamomadlarga doir hisob-kitoblar 
Kt 01 Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar 
c)
Agarda mazkur asosiy vositaning qoldiq qiymati moddiy javobgar shaxs 
zimmasiga olib borilgan summadan kam bo’lsa 
Dt 170 Kamomadlarga doir hisob-kitoblar 
Kt 272 Boshqa budjetdan tashqari daromadlar 
d)
Agarda mazkur asosiy vositaning qoldiq qiymati moddiy javobgar shaxs 
zimmasiga olib borilgan summadan ko’p bo’lsa 
Dt 231, 241, 251, 261, 271 xaqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar
Kt 170 Kamomadlarga doir hisob-kitoblar 
e)
Ayibdor shaxs tomonidan kamomad summasining to’lanishi 
Dt pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar 
Kt 170 Kamomadlarga doir hisob-kitoblar 
Nomoddiy aktivlar saqlanishi nazoratga olinganda: tashkilotning ulardan
foydalanish huquqini tasdiqlovchi xujjatlar mavjudligini; 
nomoddiy aktivlarni balansda to’g’ri va o’z vaqtida aks ettirilganinitekshirishi 
zarur. 
Agarda inventarizatsiya o’tkazish natijasida nomoddiy aktivlarning kaomadi 
aniqlansa buxgalteriya schyotlarida quyidagicha aks ettirilishi kerak: 
1.
Iventarizatsiya natijasida kamomad aniqlangan nomoddiy aktivlar 
summasiga
Dt 231, 241, 251, 261, 271 xaqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar 
Kt 030 Nomoddiy aktivlar 
2.
Inventarizatsiya natijasida kamomad chiqqan budjet mablag’lari hisobidan 
sotib olingan yoki sotib olinish manbasi noaniq bo’lgan nomoddiy aktivlar 
summasiga (agarda moddiy javobgar shaxsdan undirilsa) 
a)
Kamomad chiqqan nomoddiy aktivning qiymatini hisobdan chiqarilishi 
Dt 231, 241, 251, 261, 271 xaqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar 


Kt 030 Nomoddiy aktivlar 
b)
Ayibdor shaxsdan undiriladigan summaning budjet daromadlariga 
hisoblanishi 
Dt 170 Kamomadlarga doir hisob-kitoblar 
Kt 160 Budjetga to’lovlar 
c)
Ayibdor shaxs tomonidan summasining to’lanishi 
Dt Pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar 
Kt 170 Kamomadlarga doir hisob-kitoblar 
d)
Mablag’larning budjet daromadlariga o’tkazib berilishi
Dt 160 Budjetga to’lovlar 
Kt Pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar 
3.
Moddiy javobgar shaxs kamomad chiqishida ayibdor deb tan olingan holda 
(agarda nomoddiy aktiv budjetdan tashqari mablag’lar hisobidan xarid qilingan 
bo’lsa): 
1.
Kam chiqqan nomoddiy aktivning hisobdan chiqarilishi 
Dt 170 Kamomadlarga doir hisob-kitoblar 
Kt 030 Nomoddiy aktivlar 
2.
Agar mazkur nomoddiy aktivning qoldiq qimati moddiy javobgar shaxs 
hisobiga olib borilgan summadan kam bo’lsa 
Dt 170 Kamomadlarga doir hisob-kitoblar 
Kt 272 Boshqa budjetdan tashqari daromadlar 
3.
Agarda mazkur nomoddiy aktivning qoldiq qiymati moddiy javobgar shaxs 
zimmasiga olib borilgan summadan ko’p bo’lsa 
Dt 231, 241, 251, 261, 271 xaqiqiy xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar 
170 Kamomadlarga doir hisob-kitoblar 
4.
Ayibdor shaxs tomonidan kamomad summasining to’lanishi 
Dt pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar 
Kt 170 Kamomadlarga doir hisob-kitoblar 
Asosiy vositalar saqlanishi va ishlatish holatini nazoratdan o’tkazish 
jarayonida amalga oshirilgan ta’mirlash ishlarini ham tekshiruvdan o’tkazish talab 


etiladi. Buning uchun joriy va kapital ta’mirlash ishlari holatini ularning 
buxgalteriya hisobida to’g’ri aks ettirilishini hamda kapital ta’mirlash jarayonida 
asosiy vositalar qiymatini oshishi bilan bog’liq holatlarni alohida sinchkovlik bilan 
tekshirish zarur.

Yüklə 2,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin