Budjet tashkilotlarida tekshirish natijalarini umumlashtirishda
tekshirishni
turi va xususiyati inobatga olinadi. Tekshirishni turiga binoan uning natijalari
quyidagi shakllarda umumlashtirilishi mumkin:
Umumuslubiy –
1.
taftish – dalolatnoma, axborotnoma;
2.
audit –auditorlik xulosasi va auditorlik hisoboti;
3.
tahlil – ma’umotnoma.
Xajmiga binoan –
1.
to’la yoki qisman tekshirilganda-dalolatnoma yoki ma’lumotnoma;
2.
kompleks tekshirilganda dalolatnoma;
3.
aniq mavzu (ob’ekt) bo’yicha-ma’lumotnoma, xulosa yoki dalolatnoma;
4.
tanlov asosida – dalolatnoma yoki tahliliy xulosa;
Dalolatnoma.
Budjet tashkilotlarida asosiy tekshirish usuli – kompleks taftish
hisoblanadi. Bunday tekshirish yuqori tashkilotlar tomonidan
rejalashtiriladi va
uning natijalari dalolatnoma yordamida rasmiylashtiriladi. Dalolatnomalar boshqa
umumlashtiruvchi xujjatlardan farq qilib yuridik xujjat bo’lganligi tufayli ikki
tomonlama, ya’ni taftish guruhi raxbari va tekshirilayotgan tashkilot raxbari hamda
bosh hisobchi tomonidan imzolanadi.
Tekshirilayotgan tashkilot raxbari va bosh hisobchisi tekshirish dalolatnomasi
ma’lumotlariga e’tiroz bildirsa, u holda o’z e’tirozlarini
yozma ravishda
qonunchilikda belgilangan muddatda taqdim etib dalolatnomani imzolashi kerak.
Tekshiruv jarayonida katta miqdorda aniqlangan kamomadlar yoki boshqa
jinoiy xarakterga ega bo’lgan hato va kamchiliklar aniqlansa oraliq dalolatnomasi
tuziladi hamda tekshirish belgilagan tashkilot qaroriga asosan huquqni himoya
qilish organlariga oshiriladi.
Tekshirilayotgan tashkilot raxbariyati aniqlangan hato va kamchiliklar
bo’yicha taftish yakunlanishiga qadar ularni bartaraf
qilish yuzasidan chora-
tadbirlar amalga oshirishi kerak.
Tekshirish dalolatnomasi tuzilmasini shakllantirishda idoraviy yo’riqnomalar
va tashkilotni tarmoq xususiyatlari inobatga olinadi. Dalolatnoma kirish va asosiy
qismdan iborat bo’ladi. Dalolatnomaning kirish qismida taftishning xususiyati,
dalolatnoma tuzilgan joy va sana, uni belgilagan tashkilot xaqida qisqacha izoh,
taftish
guruhining tarkibi, taftish davri, tekshirish ob’ekti xaqida qisqacha
ma’lumot, tekshirilayotgan tashkilotda birinchi va ikkinchi imzo huquqiga ega
bo’lgan shaxslar ko’rsatiladi.
Bundan tashqari, kirish qismida kassa va bank
operatsiyalaridan tashqari operatsiyalarni tanlab olib tekshirilganligi xaqidagi
ma’lumot kiritilishi kerak. Albatta, tanlab olish shartlari tekshiruv guruhining
raxbari tomonidan belgilanadi va amalga oshiriladi.
Tekshirish natijalari bo’yicha
tahliliy jadvallar, bir xil turdagi kamchiliklar
bo’yicha jamlanma qaydnomalar, tushuntirish xatlari, schyotlar bo’yicha
qoldiq
qaydnomalari tuziladi va tekshirish dalolatnomasiga ilova qilinadi. Har bir ilova
bo’yicha tekshirish dalolatnomasida izohlar keltirilishi shart.
Tekshirish dalolatnomasiga barcha tushuntirishlar, schyotlar bo’yicha
qoldiqlar qaydnomasi ochilgan holda bosh hisobchi va raxbar tomonidan
imzolanib ilova qilinadi. Tashkilotlarning rahbarlari va bosh hisobchilari
moliyaviy hisobot ma’lumotlarining to’liqligi, to’g’riligi hamda o’z
vaqtida
taqdim qilinishi yuzasidan javobgardirlar.
Belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan taftish dalolatnomasi natijalari
barcha Mehnat jamoasi oldida muxokama qilinadi. Muxokama natijalari
protakollashtiriladi va dalolatnomaga ilova qilinadi. Bu tuzilgan dalolatnoma
realizatsiyasi jarayonining dastlabki qismi hisoblanadi.
Dalolatnoma realizatsiyasining asosiy qismi taftish belgilagan tashkilot
tomonidan amalga oshiriladi. Bunda, ko’p hollarda taftish natijalari vazirlik,
qo’mita va boshqarmalarning kollegiya majlislarida ko’rib chiqiladi va
ma’muriy chora tadbirlar belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: