Bo’ysunish bo’yicha yuqori turuvchi tashkilotga takdim etiladigan moliyaviy
hisobotlar hisobot beruvchi tashkilotning rahbari va bosh hisobchisi tomonidan
imzolanadi. Markazlashtirilgan buxgalteriyada moliyaviy hisobotlar u tashkil
etilgan tashkilot rahbari tomonidan hamda markazlashtirilgan buxgalteriyaning
bosh hisobchisi tomonidan imzolanadi.
Vazirliklar
va idoralar, hokimliklar boshqarmalari (bo’limlari)ning Moliya
vazirligi hamda hududiy moliya organlariga taqdim etiladigan jamlama
moliyaviy hisobotlari tegishli ravishda mazkur boshqaruv idoralarining vakolatli
rahbari va ushbu idoralarning buxgalteriya xizmatlari rahbarlari (hisobchilari)
tomonidan imzolanadi. Vazirliklar va idoralar, hokimliklar boshqarmalari
(bo’limlari) muhrlarisiz hamda yuqorida ko’rsatilgan mansabdor shaxslarning
imzolarisiz moliyaviy hisobotlar haqiqiy emas, deb hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasining respublika budjetida turadigan tashkilotlar
moliyaviy hisobotlarni O’zbekiston Respublikasi Moliya
va-zirligining tegishli
buyruqlariga muvofiq belgilangan muddatlarda Uzbekiston Respublikasi Moliya
vazirligiga takdim etadilar. Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent
shahar va tuman (shahar)lar budjetlarida turadigan tashkilotlar moliyaviy
hisobotlarni tegishli vazirlik va idoralarga, hokimliklar boshqarmalariga
(bo’limlariga) ular tomonidan belgilangan, lekin mazkur
Qoidalar bilan
o’rnatilgan muddatlardan kech bo’lmagan muddatlarda takdim etadilar.
Tashkilotlar tegishli moliya organlariga ular tomonidan belgilangan, lekin
mazkur Qoidalar bilan belgilangan muddatlardan kech bo’lmagan muddatlarda
jamlama moliyaviy hisobotlarni takdim etadilar. Muddat-lar tegishli budjetning
ijrosi to’g’risidagi hisobotlarning yuqori turuvchi moliya organiga o’z vaqtida
takdim etilishini ta’minlashni hisobga olgan holda belgilanadi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3
sentyabrdagi 414-sonli “Budjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta’minlash tartibini
takomillashtirish to’g’risida”gi qaroriga muvofiq, moliya yiliga qo’shimcha vaqt
etib belgilangan davr mobaynida operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar
uchun moliyaviy hisobotlarni topshirishning alohida
muddatlari Moliya vazirligi
tomonidan belgilanadi. O’zbekiston Respublikasining respublika budjetida
turadigan tashkilotlar yuqori turuvchi idoralarga hisobotlarni bo’ysunishiga
qarab ular tomonidan belgilangan muddatlarda takdim etadilar.
O’zbekiston Respublikasining vazirlik va idoralari choraklik jamlama
moliyaviy hisobotlarni hisobot davridan keyin 25 kundan kechiktirmasdan,
yillik moliyaviy hisobotlarni esa, hisobot yilidan keyin keladigan yilning 20
fevralidan kechiktirmasdan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga
takdim etadilar. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ko’rsatilgan
muddatlar doirasida vazirlik va idoralar tomonidan choraklik va yillik jamlama
moliyaviy hisobotlarni takdim etishning differentsiyalangan muddatlarini
belgilaydi.
Moliyalashtirilishi (xarajatlarining to’lanishi) yil davomida bir budjetdan
boshqasiga o’tkazilgan yoki bir vazirlik (idora) tasarrufidan boshqasiga
o’tkazilgan tashkilotlarda o’tkazish sanasiga moliyaviy hisobot (yillik hisobot
shakllari hajmida) tuziladi hamda u ilgarigi va hozirgi yuqori turuvchi idoralarga
takdim etiladi. Kelgusida hisobot faqat yangi yuqori turuvchi idoraga takdim
etiladi. Tashkilotlar uchun moliyaviy hisobotlarni takdim etish sanasi ular
tomonidan haqiqatda takdim etilgan sana hisoblanadi. Hisobot takdim etish
uchun belgilangan muddat ishlamaydigan kunga to’g’ri kelgan takdirda hisobot
ishlamaydigan kun arafasidagi so’nggi ish kunida takdim etiladi.
Vazirlik va idoralar, hokimliklar boshqarmalari (bo’limlari)
hamda boshqa
budjet mablag’larini oluvchilar tomonidan hisobotlar belgilangan muddatda
topshirilmagan taqdirda Moliya vazirligi va hududiy moliya organlari budjet
mablag’larini oluvchilar rahbarlarini yozma ravishda ogohlantirgan holda
budjetdan moliyalashni (xarajatlarini to’lashni) cheklashlari, zarur
hollarda esa
to’xtatib qo’yishlari mumkin.
Moliyaviy hisobotlarda o’chirish va ustiga yozishlar bo’lmasligi kerak.
Hisobotlarda hatolar tuzatilgan taqdirda tegishli qaydlar qilinadi, ularni
hisobotlarga imzo chekkan shaxslar tasdiqlaydilar. Moliyaviy hisobotlarga
kiritilgan barcha tuzatishlar haqida ularni yuqori turuvchi tashkilot tomonidan
tekshirish va tasdiqlashda mazkur moliyaviy hisobotlar taqdim etilgan barcha
joylarga (manzilgohlarga) majburiy tartibda xabar qilinishi shart.
Tashkilotlar, hokimliklar boshqarmalari (bo’limlari) hamda boshqa budjet
mablag’larini oluvchilar (budjet mablag’larini bosh taqsimlovchilar) o’z
tasarrufidagi tashkilotlarning moliyaviy hisobotlarini qabul qiladilar, ko’rib
chiqadilar hamda tasdiqlaydilar, agarda qonunchilikda boshqacha
qoidalar
nazarda tutilmagan bo’lsa.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va tegishli hududiy moliya
organlari o’tgan yilgi moliya yakunlarini chiqarishda vazirlik va idoralar,
hokimliklar boshqarmalari (bo’limlari)ning o’z tasarrufidagi tashkilotlarining
yillik moliyaviy hisobotlarini ko’rib chiqishda ishtirok etishlari mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va hududiy moliya organlari
quyidagi huquqlarga ega:
-
zarur hollarda moliyaviy hisobotda keltirilgan ma’lumotlar
yuzasidan
tushuntirishlar talab qilish;
-
buxgalteriya hisobi va hisobotlari ma’lumotlarini hamda ularning hujjatlar
bilan asoslanganligini, shuningdek taftish dalolatnomalari va tashkilotning moliya-
xo’jalik faoliyatini o’rganish materiallarini joyida ko’rib chiqish.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va hududiy moliya organ lari
moliyaviy hisobotlarda nomuvofiqliklar va noaniqliklar mavjud bo’lganda o’z
e’tiroz va takliflarini tegishli tashkilotlarga ular qabul qilingan kundan boshlab
10 kundan kechiktirmasdan xabar qiladi.
Dostları ilə paylaş: