Budjet nazorati


Davlat moliyaviy nazorat organlari



Yüklə 2,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/132
tarix21.10.2023
ölçüsü2,32 Mb.
#158278
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   132
Budjet nazorati 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Davlat moliyaviy nazorat organlari.
 
O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, O’zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi va uning tasarrufidagi vakolatli organlar davlat moliyaviy nazorat 
organlaridir. 
Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining 
daromadlari qismi bo’yicha davlat moliyaviy nazorati berilgan vakolatlar doirasida 
davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi. 
2.
 
Davlat moliyaviy nazorati printsiplari, shakllari, turlari va usullari 
Davlat moliyaviy nazoratini o’tkazishning qonuniyligi va mustaqilligi
shuningdek davlat moliyaviy nazorati natijalarining ishonchliligi va xolisligi davlat 
moliyaviy nazoratining printsiplaridir. 
Davlat moliyaviy nazorati taftish, tekshirish (shu jumladan byudjet 
to’g’risidagi qonun hujjatlarining avvalgi taftishda yoki tekshirishda aniqlangan 
buzilishi hollarini bartaraf etish yuzasidan nazorat tartibidagi tekshirish) va 
o’rganish shaklida amalga oshiriladi.
Davlat moliyaviy nazoratining turlari quyidagi: 
dastlabki nazorat — moliyaviy operatsiyalar bajarilguniga qadar g’aznachilik 
bo’linmalari va moliya organlari tomonidan amalga oshiriladigan
joriy nazorat — moliyaviy operatsiyalar bajarilishi jarayonida g’aznachilik 
bo’linmalari, moliya organlari va davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga 
oshiriladigan; 


yakuniy nazorat — moliyaviy operatsiyalar bajarilganidan so’ng Byudjet 
Kodeksining 171-moddasida ko’rsatilgan davlat moliyaviy nazorat organlari 
tomonidan amalga oshiriladigan nazoratlardir. 
Davlat moliyaviy nazoratining usullari quyidagilardir: 
hujjatlarni tekshirish hajmiga qarab: 
yoppasiga nazorat — tekshirilayotgan davr uchun barcha buxgalteriya, 
moliya, statistika, bank hujjatlari va boshqa hujjatlarni nazorat qilish;
tanlov asosidagi nazorat — muayyan davr uchun buxgalteriya, moliya, 
statistika, bank hujjatlari va boshqa hujjatlarning ayrim qismlarini nazorat qilish;
nazoratning maqsadga yo’naltirilganligi va predmetiga qarab:
kompleks nazorat — moliyaviy nazorat ob’ektining muayyan davr uchun 
moliyaviy-xo’jalik faoliyatining barcha yo’nalishlarini nazorat qilish; 
mavzuli nazorat — moliyaviy nazorat ob’ektining muayyan davr uchun ayrim 
masalalar bo’yicha faoliyatini nazorat qilish; 
muqobil nazorat — operatsiyalar yagonaligi bilan o’zaro bog’liq bo’lgan va 
turli moliyaviy nazorat ob’ektlarida turgan hujjatlarni solishtirishni o’z ichiga 
olgan tekshirish.

Yüklə 2,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin