13-mavzu: Moliya organlarida byudjetlarni tuzish va tasdiqlashning nazorati
Reja:
1.
Moliya organlarida byudjetlarni tuzish va tasdiqlash nazoratining asoslari
2.
Davlat moliyaviy nazorati printsiplari, shakllari, turlari va usullari
3.
G’aznachilik bo’linmalari tomonidan amalga oshiriladigan davlat moliyaviy
nazorati
4.
Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy bo’linmalari tomonidan
amalga oshiriladigan davlat moliyaviy nazorati
1.
Moliya organlarida byudjetlarni tuzish va tasdiqlash nazoratining
asoslari
Davlat moliyaviy nazorati byudjet to’g’risidagi
qonun hujjatlarining
moliyaviy nazorat ob’ektlari tomonidan buzilishi hollarini aniqlash, bartaraf etish
va unga yo’l qo’ymaslik maqsadida davlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan
amalga oshiriladi.
Davlat moliyaviy nazorati:
respublika darajasida — O’zbekiston Respublikasi respublika byudjetining,
davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining
va respublika byudjetidan
moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari byudjetdan tashqari jamg’armalarining
shakllantirilishi hamda ijro etilishi ustidan;
mahalliy darajada — Qoraqalpog’iston
Respublikasi byudjetining, viloyatlar
va Toshkent shahar
mahalliy byudjetlarining, Qoraqalpog’iston Respublikasi
byudjetidan,
viloyatlar
va
Toshkent
shahar
mahalliy
byudjetlaridan
moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari byudjetdan tashqari jamg’armalarining
shakllantirilishi hamda ijro etilishi ustidan amalga oshiriladi.
Davlat moliyaviy nazorat organlari davlat
moliyaviy nazoratini davlat
moliyaviy nazorat organlari yoki vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadigan
nazorat qilish yillik rejalariga muvofiq amalga oshiradi.
Ayrim hollarda rejadan tashqari davlat
moliyaviy nazoratini amalga
oshirishga:
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining;
davlat moliyaviy nazorat organiga byudjet to’g’risidagi qonun hujjatlari
buzilganligi faktlari to’g’risida ma’lumotlar kelib
tushgan hollarda davlat
moliyaviy nazorat organlari rahbarlarining qarorlari asosida yo’l qo’yiladi.
Dostları ilə paylaş: