byudjet tashkilotlari tomonidan byudjet hisobini yuritish va moliyaviy
hisobotni
tuzishning, shuningdek quyi turuvchi hududiy moliya organlari
tomonidan byudjet hisobotini tuzishning to’g’riligi
ustidan davlat moliyaviy
nazoratini amalga oshiradi.
3.
G’aznachilik bo’linmalari tomonidan amalga oshiriladigan davlat
moliyaviy nazorati
G’aznachilik bo’linmalari davlat moliyaviy nazoratini:
byudjet tashkilotlarining va byudjet mablag’lari oluvchilarning tovarlarni
etkazib beruvchilar (ishlarni bajaruvchilar, xizmatlar ko’rsatuvchilar) bilan Davlat
byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari mablag’lari
hisobiga
tuzilgan shartnomalarini xarajatlar smetalarida ko’rsatilgan summalar doirasida
hamda belgilangan maqsadlarga muvofiq tuzilganligi ustidan nazorat qilish asosida
majburiy ro’yxatdan o’tkazish;
xarajatlar smetalarida va ro’yxatdan o’tkazilgan
shartnomalarda nazarda
tutilgan summalar doirasida byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilar
nomidan hamda ularning topshirig’i bo’yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni)
etkazib beruvchilarning hisobvaraqlariga to’lovlarni bevosita amalga oshirish
orqali to’lov intizomiga rioya etilishini ta’minlash yo’li bilan amalga oshiradi.
Dostları ilə paylaş: