Yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy nazorati. Yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy nazorati nazorat rejasiga ko’ra
amalga oshiriladi va davlat moliyaviy nazorat organining qarori asosida
o’tkaziladi.
Yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy nazoratini amalga oshiruvchi
mansabdor shaxs davlat moliyaviy nazorat organi qarorining ko’chirma nusxasiga
va xizmat guvohnomasiga ega bo’lishi kerak.
Yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirishda
davlat moliyaviy nazorat organlarining mansabdor shaxslariga qo’yiladigan
talablar vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
Davlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan ekspertlar va mutaxassislarni jalb etish. Davlat moliyaviy nazorat organlari maxsus kasbiy bilimlarni talab etadigan
masalalarni ko’rib chiqish uchun davlat boshqaruvi organlari hamda boshqa
tashkilotlarning ekspertlari va mutaxassislarini jalb etishga haqli.
Davlat moliyaviy nazoratini o’tkazish davriyligi va muddatlari. Yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy nazorati Byudjet Kodeksining
170-moddasiga muvofiq tasdiqlangan moliyaviy nazorat ob’ektlarini nazorat qilish
rejasiga ko’ra yiliga ko’pi bilan bir marta amalga oshiriladi.
Yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish
muddati o’ttiz kalendar kundan oshmasligi lozim. Zarur hollarda yakuniy nazorat
tarzidagi davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish muddati davlat moliyaviy
nazoratini tayinlagan tegishli davlat moliyaviy nazorat organining rahbari yoki u
vakolat bergan shaxs tomonidan uzaytirilishi mumkin.
14-mavzu: Moliya organlari hamda g’aznachilik bo’linmalarida byudjet daromadlari nazorati Reja
:
1.
Moliya
organlari
hamda
g’aznachilik
bo’linmalarida
byudjet
daromadlari
nazoratining
asoslari
2.
Byudjet
tasnifi
asosida
nazoratni
amalga
oshirish
3.
Nazorat
o’tkazish
manbalari