Budjet nazorati



Yüklə 2,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/132
tarix21.10.2023
ölçüsü2,32 Mb.
#158278
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   132
Budjet nazorati 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

2.
 
Moliya organlarida davlat byudjeti ijrosi bo’yicha hisobotlar nazorati 
Moliya organlari belgilangan tartibda buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida Davlat byudjeti ijrosi 
to’g’risidagi hisobotlar tuziladi. Bunda O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi buyrug’i bilan tasdiqlangan 
shakllarda va muddatlarda Davlat byudjeti ijrosi to’g’risidagi hisobotlar tuzadi va taqdim etadi. 
Belgilangan tartibda moliya organlari byudjet ijrosi bo’yicha oylik, choraklik va yillik buxgalteriya 
hisobotlarini tuzadi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy byudjetlar ijrosi bo’yicha oylik hisobot shaklida 
byudjetning daromadlari va xarajatlari ijrosi to’g’risidagi asosiy ko’rsatkichlar beriladi. Oylik hisobotda 
daromadlar byudjet tasnifi bo’yicha aks ettirilib, aniqlangan reja, bajarilishi, bajarilishi foizda va farqi aks 
ettiriladi. Hisobotda byudjet xarajatlari ham byudjet tasnifi bo’yicha aks ettirilib, unda aniqlangan reja, kassa 
xarajatlari, qabul qilingan yuridik majburiyatlar, moliyaviy majburiyatlar hamda bajarilishi foizda 
ko’rsatiladi va farqi aks ettiriladi. Ushbu hisobotda byudjet Davlat maqsadli jamg’armalari, boshqa 
byudjetdan tashqari jamg’armalar mablag’larning hududiy g’azna schyotlaridagi, g’azna tranzit 
schyotlaridagi qoldiqlari aks ettiriladi.
Byudjet ijrosi to’g’risidagi yig’ma oylik hisobotlar tegishli moliya organlari tomonidan o’zlari ijro 
etayotgan byudjet ijrosi to’g’risidagi hisobot ma’lumotlariga quyi byudjetlarning ijrosi to’g’risidagi 
hisobot ma’lumotlarini ham qo’shish yo’li bilan tuziladi.
Moliya organlari choraklik hisobotni tegishli shakllarda o’sib boruvchi yakun bo’yicha tuzadi. 
Moliya organlarida byudjet ijrosi to’g’risidagi choraklik hisoboti tarkibiga quyidagilar kiradi: 
1. Byudjet ijrosi to’g’risidagi balans;
2. Daromadlar;
3. Xarajatlar; 
4. O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlarning byudjet tasnifi bo’yicha kassa va 
xaqiqiy xarajatlarning taqsimlanishi; 
5. Byudjet tashkilotlarining tarmoqlari bo’yicha shtatlar va kontingentlari rejasining bajarilishi 
to’g’risida hisobot;
6. Maqsadli mablag’lar hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar to’g’risida ma’lumot. 
Moliya organlari choraklik hisobotlar tarkibida yuqoridagilardan tashqari tasarrufidagi byudjet 
tashkilotlari bo’yicha quyidagi yig’ma hisobotlarni ham taqdim etadi: 
1.
Balans; 
2.
Xarajatldar smetasining ijrosi haqida hisobot; 
3.
Debitorlik va kreditorlik qarzdorlik xaqida ma’lumot; 
4.
Byudjetdan tashqari rivojlantirish jamg’armasi pul mablag’lari harakati to’g’risida hisobot; 
5.
Tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi pul mablag’lari 
harakati to’g’risida hisobot; 
6.
Ta’lim muassasalarini o’qitishni to’lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag’lari harakati 
to’g’risida hisobot; 
7.
Boshqa byudjetdan tashqari mablag’lar harakati to’g’risida hisobot. 
Byudjet ijrosi to’g’risidagi balans moliya organlari tomonidan Bosh-jurnal daftari va aylanma 
qaydnomalar asosida tuziladi. Byudjet ijrosi to’g’risidagi balansning aktiv qismi 5 - bo’limdan iborat bo’lib,
pul mablag’lari, xarajatlar, berilgan ssudalar, hisob-kitoblar va o’tkazilgan mablag’lar bo’limlari tashkil 
etadi. Byudjet ijrosi to’g’risidagi balansning passiv qismi 5 - bo’limdan iborat bo’lib, daromadlar, olingan 
ssudalar, hisob-kitoblar, olingan mablag’lar va natijalar bo’limlari tashkil etadi. 
Bosh-jurnal daftaridagi sintetik schyotlar qoldig’i balansdagi ko’rsatkichlar bilan bir xil bo’ladi. 
Byudjet ijrosi to’g’risidagi choraklik hisobotning Daromadlar qismida byudjet tasnifi bo’yicha 
rejalashtirilgan daromadlar summalari hamda ularni bajarilishi aks ettiriladi.



Yüklə 2,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin