Budjet nazorati



Yüklə 2,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/132
tarix21.10.2023
ölçüsü2,32 Mb.
#158278
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   132
Budjet nazorati 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Takrorlash
 
va
 
munozara
 
uchun
 
savollar
 
 
1.
Byudjet xarajatlari tasnifini tushuntirib bering? 
2.
Byudjet xarajatlari kassa ijrosi nimani anglatadi? 
3.
Moliya organlarida xarajatlar hisobini xujjatlashtirish tartibini tushuntirib bering? 
4.
Davlat byudjeti, jamg’armalar byudjeti, byudjetdan mablag’ oluvchi tashkilotlarning 
byudjetdan tashqari mablag’lari hisobiga amalga oshirilgan xarajatlarni buxgalteriya 
yozuvlarida aks ettirishni tushuntirib bering?


16-mavzu: Moliya organlarida davlat byudjeti ijrosi bo’yicha buxgalteriya hisobotlarini 
tekshirish 
Reja: 
1.
Byudjet ijrosi natijalarini tekshirish usullari 
2.
Moliya organlarida davlat byudjeti ijrosi bo’yicha hisobotlar nazorati 
3.
Moliyaviy hisobotlarni tekshirish manbalari 
 
1.
 
Byudjet ijrosi natijalarini tekshirish usullari 
Byudjet yilning oxirida, yillik hisobot tuzilishidan oldin moliya organining buxgalteriyasi har bir 
balans hisobvaraqlaridagi ma’lumotlarning hakqoniyligini, byudjet ssudalari bo’yicha hisob-kitoblar 
va byudjetlar o’rtasida o’zaro hisob-kitoblarning holatini tekshiradi. Boshqa byudjetlar bilan o’zaro 
hisob-kitoblar va olingan va berilgan ssudalar bo’yicha hisob-kitoblar yil ohirigacha, qo’shimcha 
davrdagi operatsiyalarni qo’shib hisoblaganda tugatilishi lozim, yangi yil boshiga hisob-kitoblar 
hisobvaraqlarida qoldiqlar bo’lmasligi kerak. Yil yakuni bo’yicha byudjetlar ijrosi bilan bog’liq 
buxgalteriya operatsiyalari yopish bo’yicha yakunlash operatsiyalari amalga oshiriladi 
Moliya yili yakuni bo’yicha byudjet ijrosi natijalarini aniqlash jarayonida buxgalteriya 
ma’lumotnomalari rasmiylashtirilib memorial orderlarga buxgalteriya yozuvlari berilib o’tkaziladi. 
Memorial orderdagi yozuvlar Bosh-jurnal kitobiga o’tkaziladi (1-chizma ). 
Moliya organlarida byudjet ijrosi natijalari nazorati quyidagi hisobvaraqlar ma’lumotlari 
xaqqoniyligini o’rganish orqali amalga oshiriladi 09 "Natijalar" nomli hisobvaraqda yuritiladi. Ya’ni 
090 
Byudjet ijrosining natijalari 
091 
Respublika byudjeti oldidagi mahalliy byudjetlarning byudjet 
ssudalari bo’yicha qarzdorligi 
092 
Respublika byudjetining(ga) mahalliy byudjetlarga (ning) o’zaro 
hisob-kitoblar bo’yicha qarzdorligi 
093 
Yuqori mahalliy byudjetlarga quyi mahalliy byudjetlarining 
byudjet ssudalari bo’yicha qarzdorligi 
094 
Quyi byudjetning(ga) yuqori byudjetga(ning) o’zaro hisob-
kitoblar bo’yicha qarzdorligi 
095 
Davlatning tashqi qarzi bo’yicha mablag’lar tushumi va ishlatilishi 
natijasi 
096 
Davlat maqsadli jamg’armalari va boshqa byudjetdan tashqari 
jamg’armalar byudjeti ijrosining natijalari 
097 
Bojxona organlari depozit schyotiga mablag’lar tushumi va 
sarflanishi ijrosi natijalari 
098 
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi mablag’lari tushumi va 
sarflanishi ijrosi natijalari 
099 
Byudjetdan mablag’ oluvchilarning byudjetdan tashqari va boshqa 
mablag’lar tushumi va sarflanishi ijrosi natijalari 
''Byudjet ijrosining natijalari" nomli 090-sonli hisobvaraq byudjetlarning ijro etish natijalarini 
aniqlash uchun mo’ljallangan. Natijalar yilning ohirida 090-sonli hisobvaraqning kreditiga "Byudjet 
daromadlari" nomli 040-sonli hisobvaraqdagi qoldiqlarni va "Respublika byudjetidan olingan va 
berilgan mablag’lar" nomli 071-sonli, "Mahalliy byudjetlardan olingan va berilgan mablag’lar" nomli 
072-sonli hisobvaraqning kredit aylanmalarini, 090-sonli hisobvaraqning debetida esa - "Byudjet 


xarajatlari" nomli 020-sonli hisobvaraqning qoldig’ini va 071-sonli va 072-sonli hisobvaraqlar 
bo’yicha debet aylanmalarni hisobdan chiqarish yo’li bilan aniqlanadi. 
090-sonli hisobvaraq bo’yicha olingan kredit qoldig’i byudjetning ijro etilishi natijasi bo’ladi. 
Keyingi moliya yilida byudjet parametrlari tasdiqlangandan so’ng 090-sonli hisobvarag’idan 
“Byudjetlar ijrosi natijalari” byudjetda hisobot yili xarajatlarini qoplash uchun ko’zda tutilgan yil 
boshiga qolgan qoldiq summasi hisobdan chiqariladi, bunda 040-sonli hisobvaraq “Byudjetlar 
daromadlari” kreditlanadi.
Tasdiqlangan byudjetda ko’zda tutilgan aylanma kassa mablag’i va byudjet mablag’ining erkin 
qoldiqlari (ular mavjud bo’lganda) 090-sonli “Byudjetlar ijrosi natijalari” hisobvarag’ida qoladi. 
Moliya yili davomida moliya organlari byudjetdan mablag’ oluvchilarning tegishli xarajatlar 
smetasiga va byudjetlarga o’zgartirishlar kiritish davomida g’aznachilik bo’linmalariga, qonunchilikda 
belgilangan muddatlarda, ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlariga muvofiq ko’zda tutilgan, 
belgilangan maqsadlar yo’nalishlari va miqdorlari, har bir holat va byudjetdan mablag’ oluvchi 
bo’yicha byudjet mablag’larning erkin qoldiqlari summalari to’g’risida yozma ma’lumot beradi. 
G’aznachilik bo’linmalari, moliya organlaridan olingan hujjatlar asosida ushbu mablag’larni 090-
sonli hisobvaraqdan “Byudjetlar ijrosi natijalari” 040-sonli hisobvarag’iga “Byudjetlar daromadlari” 
kreditiga ularni tegishli hisob registrlarida aks ettirgan holda, mazkur chorakka tegishli miqdorlarda, 
hisobdan chiqarish bo’yicha operatsiyalarni amalga oshiradi. 
Tekshirish jarayonida o’rganiladigan provodkalar: 
№ 
Muomalalar mazmuni 
Dt 
Kt 
Asos bo’luvchi 
xujjat 
Respublika byudjeti bo’yicha 
1. Hisobot yilida amalga oshirilgan kassa xarajatlarini 
“Byudjet ijrosi natijalari” hisobiga olib borish 
090 
020 
Buxgalteriya 
ma’lumotnomasi, 
m/o 
2. Hisobot yilida Respublika byudjetining prognoz 
ko’rsatkichlarini 
oshirib 
bajarilishidan 
quyi 
byudjetlarga o’tkazilgan daromadlarni “Byudjet 
ijrosi natijalari” hisobiga o’tkazish 
090 
043 
Buxgalteriya 
ma’lumotnomasi, 
m/o 
3. Respublika byudjetidan berilgan mablag’larni 
“Byudjet ijrosi natijalari” hisobiga o’tkazish (071-
sonli hisobvaraq bo’yicha debet aylanmasi) 
090 
071 
Buxgalteriya 
ma’lumotnomasi, 
m/o 
4. 
Hisobot yilida tushgan daromadlarni 
“Byudjet ijrosi natijalari” hisobiga o’tkazish 
040 
090 
Buxgalteriya 
ma’lumotnomasi, 
m/o 
5. Respublika byudjetiga olingan mablag’lar 
“Byudjet ijrosi natijalari” hisobiga
o’tkazish ( 071-sonli hisobvaraq bo’yicha
kredit aylanmasi) 
071 
090 
Buxgalteriya 
ma’lumotnomasi, 
m/o 
Qoraqalpog’iston Respublikasi va maxalliy byudjetlar bo’yicha 
1. 
Hisobot 
yilida 
amalga 
oshirilgan 
kassa 
xarajatlarini byudjetlar ijrosi natijalari hisobiga 
o’tkazish 
090 
020 
Buxgalteriya 
ma’lumotnomasi, 
m/o 
2. 
Respublika byudjetiga berilgan mablag’larni 
090 
071 
Buxgalteriya 


“Byudjet ijrosi natijalari” hisobiga o’tkazish (071-
sonli hisobvaraqning debet aylanmasi) 
ma’lumotnomasi, 
m/o 
3. 
Yuqori byudjetga berilgan mablag’larni 
“Byudjet ijrosi natijalari” hisobia o’tkazish 
(072-sonli hisobvaraqning debet aylanmasi) 
090 
072 
Buxgalteriya 
ma’lumotnomasi, 
m/o 
4. 
Hisobot yilida tushgan daromadlarni 
“Byudjet ijrosi natijalari” hisobiga o’tkazish 
040 
090 
Buxgalteriya 
ma’lumotnomasi, 
m/o 
5. 
Hisobot yilida yuqori byudjetning prognoz 
ko’rsatkichlarini oshirib bajarilishidan tushgan 
daromadlarni 
“Byudjetlar 
ijrosi 
natijalari” 
hisobigaga o’tkazish 
043 
090 
Buxgalteriya 
ma’lumotnomasi, 
m/o 
6. 
Respublika byudjetidan berilgan mablag’larni 
“Byudjet ijrosi natijalari” hisobiga o’tkzish (071-
sonli hisobvaraq bo’yicha kredit aylanmasi) 
071 
090 
Buxgalteriya 
ma’lumotnomasi, 
m/o 
7. 
Yuqori byudjetdan quyi byudjetga berilgan 
mablag’larni “Byudjet ijrosi natijalari” hisobiga 
o’tkazish (072-sonli hisobvaraq bo’yicha kredit 
aylanmasi) 
072 
090 
Buxgalteriya 
ma’lumotnomasi, 
m/o 
091-sonli hisobvaraq “Respublika byudjeti oldidagi mahalliy byudjetlarning byudjet ssudalari 
bo’yicha qarzdorligi” hisobot yili yakuni bo’yicha respublika byudjetidan Qoraqalpog’iston 
Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar byudjetlari olgan va moliya yili oxirigacha qaytarmagan 
byudjet ssudalari miqdorlarini aniqlash, shuningdek keyingi moliya yilida byudjet ssudalarini 
qaytarish bo’yicha operatsiyalar uchun mo’ljallangan. 
Tekshirish jarayonida o’rganiladigan provodkalar: 
№ 
Muomalalar mazmuni 
Dt 
Kt 
Asos bo’luvchi xujjat 
1. 
Quyi byudjetlar Respublika byudjetidan o’tkazilgan 
va muddatida qaytarilmagan byudjet ssudalari 
summalarini o’tgan moliya yilida ushbu provodka 
bilan aks ettiradi
091 
051 
Buxgalteriya 
ma’lumotnomasi, m/o 
2. 
Respublika byudjeti tomonidan quyi byudjetlardan 
o’tgan moliya yilidagi qarzdorliklarni qaytarish 
hisobiga olingan byudjet ssudalari summalari yangi 
moliya yilida aks ettiriladi
010 
091 
Buxgalteriya 
ma’lumotnomasi, m/o 
092-sonli hisobvaraq “Respublika byudjetining(ga), mahalliy byudjetlarga(ning) o’zaro hisob-
kitoblar bo’yicha qarzdorligi” hisobot yili yakuni bo’yicha respublika byudjeti va Qoraqalpog’iston 
Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar byudjetlari o’rtasidagi va moliya yili oxirigacha 
qaytarilmagan hisob-kitoblar miqdorlarini aniqlash, shuningdek keyingi moliya yilida o’zaro hisob-
kitoblar bo’yicha operatsiyalar uchun mo’ljallangan. 
Tekshirish jarayonida o’rganiladigan provodkalar: 
№ 
Muomalalar mazmuni 
Dt 
Kt 
Asos bo’luvchi xujjat 
1. 
Respublika 
byudjetining 
o’zaro 
hisob-kitoblar 
bo’yicha qarzdorlik summalarini quyi byudjetlarga 
092 
010 
To’lov xujjatlari 
ilova qilingan 


o’tkazilishi yangi moliya yilida ushbu provodka bilan 
bilan aks ettiriladi 
hisobvaraqdan 
ko’chirma 
2. 
Quyi byudjetning Respublika byudjeti oldida o’zaro 
hisob-kitoblar bo’yicha mavjud qarzdorligi o’tgan 
yilda ushbu provodka bilan aks ettiriladi 
092 
061 
Buxgalteriya 
ma’lumotnomasi, 
m/o 
3. 
Respublika byudjetining quyi byudjet oldida o’zaro 
hisob-kitoblar bo’yicha mavjud qarzdorligi o’tgan 
yilda ushbu provodka bilan aks ettiriladi 
061 
092 
Buxgalteriya 
ma’lumotnomasi, 
m/o 
4. 
Respublika byudjeti tomonidan quyi byudjetlardan 
o’tgan yilidagi o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha olingan 
qarzdorlik summalari yangi moliya yilida ushbu 
provodka bilan aks ettiriladi 
010 
092 
To’lov xujjatlari 
ilova qilingan 
hisobvaraqdan 
ko’chirma 
093-sonli hisobvaraq “Yuqori mahalliy byudjetlarga quyi mahalliy byudjetlarining byudjet 
ssudalari bo’yicha qarzdorligi” hisobot yili yakuni bo’yicha quyi byudjetlarning yuqori mahalliy 
byudjetlardan olgan va moliya yili oxirigacha qaytarmagan byudjet ssudalari miqdorlarini aniqlash, 
shuningdek keyingi moliya yilida byudjet ssudalarini qaytarish bo’yicha operatsiyalar uchun 
mo’ljallangan. 
Tekshirish jarayonida o’rganiladigan provodkalar: 
№ 
Muomalalar mazmuni 
Dt 
Kt 
Asos bo’luvchi 
xujjat 
Yuqori byudjetdan tuman (shahar) byudjetiga olingan 
byudjet ssudalari summalari ushbu provodka bilan 
aks ettiriladi 
052 
093 
Buxgalteriya 
ma’lumotnomasi
, m/o 
Yangi moliya yilida byudjet ssudalari bo’yicha
o’tgan yilgi qarzdorlik summalarini tuman (shahar) 
byudjetlariga o’tkazish
093 
011 
Buxgalteriya 
ma’lumotnomasi
, m/o 
094-sonli hisobvaraq “Quyi byudjetning(ga), yuqori byudjetlarga(ning) o’zaro hisob-kitoblar 
bo’yicha qarzdorligi” hisobot yili yakuni bo’yicha quyi tumanlar (shaharlar) byudjetlari 
Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar viloyat byudjetlari va Toshkent shahri shahar byudjetlari 
o’rtasidagi moliya yili oxirigacha qaytarilmagan hisob-kitoblar miqdorlarini aniqlash, shuningdek 
keyingi moliya yilida o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha operatsiyalar uchun mo’ljallangan. 
Tekshirish jarayonida o’rganiladigan provodkalar: 
№ 
Muomalalar mazmuni 
Dt 
Kt 
Asos bo’luvchi xujjat 
1. 
Yuqori byudjetlardan quyi byudjetlarga o’zaro 
hisob-kitoblar bo’yicha qarzdorlik summalarini 
o’tkazish yangi moliya yilida ushbu provodka bilan 
aks ettiriladi
094 
011 
To’lov xujjatlari ilova 
qilingan hisobvaraqdan 
ko’chirma 
2. 
Quyi byudjetlarning yuqori byudjet oldida o’zaro 
hisob-kitoblar 
bo’yicha 
mavjud 
qarzdorlik 
summalari o’tgan yilda ushbu provodka bilan aks 
ettiriladi 
094 
062 
Buxgalteriya 
ma’lumotnomasi, m/o 
3. 
Respublika byudjetining quyi byudjetlar oldida 
o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha mavjud qarzdorlik 
062 
094 
Buxgalteriya 
ma’lumotnomasi, m/o 


summalari o’tgan yilda ushbu provodka bilan aks 
ettiriladi 
4. 
Quyi byudjetlardan olingan o’tgan yilgi o’zaro 
hisob-kitoblar bo’yicha qarzdorlik summalari yangi 
moiya yilida ushbu provodka bilan aks ettiriladi 
011 
094 
To’lov xujjatlari ilova 
qilingan hisobvaraqdan 
ko’chirma 
095-sonli hisobvaraq “Davlatning tashqi qarzi bo’yicha mablag’lar tushumi va ishlatilishi 
natijasi” Davlatning tashqi qarzi bo’yicha mablag’larning tushumi va ishlatilishi natijalarini aniqlash 
uchun mo’ljallangan. 
Tekshirish jarayonida o’rganiladigan provodkalar: 
№ 
Muomalalar mazmuni 
Dt 
Kt 
Asos bo’luvchi xujjat 
1. 
Hisobot yilida amalga oshirilgan kassa xarajatlarini 
Davlatning tashqi qarzi bo’yicha mablag’lar 
tushumi va ishlatilishi natijalariga o’tkazish 
095 
025 
Buxgalteriya 
ma’lumotnomasi, m/o 
2. 
Qaytarilayotganda salbiy kurs farqini hisobga olgan 
holda 
095 
055 
Buxgalteriya 
ma’lumotnomasi, 
m/o 
3. 
Davlatning 
tashqi 
qarzini 
qaytarish 
(qaytarilayotganda ijobiy kurs farqini hisobga 
olgan holda) 
055 
095 
Buxgalteriya 
ma’lumotnomasi, m/o 
096-sonli hisobvaraq “Davlat maqsadli jamg’armalari va boshqa byudjetdan tashqari 
jamg’armalar byudjeti ijrosining natijalari” Davlat maqsadli jamg’armalari va boshqa byudjetdan 
tashqari jamg’armalar byudjeti ijrosining natijalari aniqlash uchun mo’ljallangan. 
Tekshirish jarayonida o’rganiladigan provodkalar: 
№ 
Muomalalar mazmuni 
Dt 
Kt 
Asos bo’luvchi xujjat 
1. 
Moliya 
yili 
oxirigacha qaytalmagan 
Davlat 
maqsadli jamg’armalari va boshqa byudjetdan 
tashqari jamg’armalaridan Respublika byudjetiga 
berilgan byudjet ssudalarini natijalar hisobiga 
o’tkazish
096 
056 
Buxgalteriya 
ma’lumotnomasi, m/o 
2. 
Moliya 
yili 
oxirigacha qaytalmagan 
Davlat 
maqsadli jamg’armalari va boshqa byudjetdan 
tashqari jamg’armalarining boshqa Davlat maqsadli 
jamg’armalari va boshqa byudjetdan tashqari 
jamg’armalariga berilgan byudjet ssudalarini 
natijalar hisobiga o’tkazish 
096 
057 
Buxgalteriya 
ma’lumotnomasi, m/o 
3. 
Hisobot yilida DMJ va byudjetdan tashqari boshqa 
jamg’armalar hisobidan amalga oshirilgan kassa 
xarajatlarini natijalarga o’tkazish 
096 
022 
Buxgalteriya 
ma’lumotnomasi, m/o 
4. 
Hisobot yilida DMJ va byudjetdan tashqari boshqa 
jamg’armalarga tushgan daromadlar summasini 
natijalarga o’tkazish 
042 
096 
Buxgalteriya 
ma’lumotnomasi, m/o 


097-sonli hisobvaraq “Bojxona organlari depozit schyotiga mablag’lar tushumi va sarflanishi 
ijrosi natijalari” Bojxona organlari depozit schyotiga mablag’lar tushumi va sarflanishi ijrosi 
natijalarini aniqlash uchun mo’ljallangan.
Tekshirish jarayonida o’rganiladigan provodkalar: 
№ 
Muomalalar mazmuni 
Dt 
Kt 
Asos bo’luvchi 
xujjat 
1. 
Hisobot yilida bojxona organlari mablag’lari 
hisobidan amalga oshirilgan kassa xarajatlari 
summasini natijalarga o’tkazish
097 
023 
Buxgalteriya 
ma’lumotnomasi, 
m/o 
2. 
Bojxona organlari depozit schyotiga kelib tushgan 
mablag’lar summaschini natijalarga o’tkazish. 
046 
097 
Buxgalteriya 
ma’lumotnomasi, 
m/o 
098-sonli hisobvaraq “Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi mablag’larining tushumi va 
ishlatilishi natijasi” byudjetdan mablag’ oluvchilarning xodimlariga ijtimoiy nafaqalarning to’lash 
uchun mo’ljallangan byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi mablag’larining tushumi va ishlatilishi 
natijalarini aniqlash uchun mo’ljallangan. 
Tekshirish jarayonida o’rganiladigan provodkalar: 
№ 
Muomalalar mazmuni 
Dt 
Kt 
Asos bo’luvchi 
xujjat 
1. 
Hisobot yilida byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi 
mablag’lari 
g’isobidan 
amalga 
oshirilgan 
kassa 
xarajatlarini natijalarga o’tkazish 
098 
028 
Buxgalteriya 
ma’lumotnomasi, 
m/o 
2. 
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi ijtimoiy 
nafaqalar to’lovi uchun tushgan mablag’larni natijalarga 
o’tkazish 
048 
098 
Buxgalteriya 
ma’lumotnomasi, 
m/o 
099-sonli hisobvaraq “Byudjetdan mablag’ oluvchilarning byudjetdan tashqari boshqa 
mablag’lari tushumi va ishlatilishi natijalari” byudjetdan mablag’ oluvchilarning byudjetdan tashqari 
boshqa mablag’lari tushumi va ishlatilishini aniqlash hisobi uchun mo’ljallangan. Bu hisobvaraqda 
byudjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg’armasi, ta’lim muassasalarining o’qitishning to’lov kontrakt 
shakli mablag’lari va boshqa mahsus mablag’lari tushumi va sarflanishi hisobi yuritiladi. 
Tekshirish jarayonida o’rganiladigan provodkalar: 
№ 
Muomalalar mazmuni 
Dt 
Kt 
Asos bo’luvchi xujjat 
1. 
Hisobot yilida byudjetdan mablag’ oluvchilarning 
byudjetdan tashqari boshqa mablag’lari hisobidan 
amalga oshirilgan kassa xarajatlarini natijalarga 
o’tkazish 
099 
029 
Buxgalteriya 
ma’lumotnomasi, m/o 
2. 
Byudjetdan mablag’ oluvchilarning byudjetdan 
tashqari boshqa mablag’lari hisobiga tushgan 
mablag’larni natijalarga o’tkazish 
049 
099 
Buxgalteriya 
ma’lumotnomasi, m/o 



Yüklə 2,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin