Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti (1)
grafika deyiladi.
So‘z va uning ma‘nolari
leksikologiya bo‘limida, so‘z turkumlari
morfologiya bo‘limida, gap va gapda so‘zlarning bog‘lanishi
sintaksis bo‘limida o‘rganiladi.
Tilshunoslik
fonetika (grafika), leksikologiya, morfologiya va
sintaksis bo‘limlarining uzviy bog‘liqligidan iboratdir. Bu bo‘limlar -
mazmuniga ko‘ra:
fonetika, leksika, morfologiya, sintaksis; qo ‘
llanishiga ko ‘
ra: alifbo, imlo, talaffuz, tinish belgilari, uslubiyat kabilarga ajratiladi.
«Fonetika» grekcha so‘zdan olingan bo`lib, «tovush» ma’nosini anglatadi,
ya’ni «tovush haqidagi bo`lim» demakdir. Nutq tovushlari fonetikada o‘rganiladi.
Nutq a’zolari harakati jarayonida hosil bo‘lgan tovushlar
nutq tovushlari deyiladi.
Nutq a’zolarining jami nutq apparati deyiladi.
Nutq a’zolari nutq tovushlarini hosil qilishdagi ishtirokiga ko‘ra ikki xil
bo‘ladi: 1.
Faol (aktiv) nutq a’zolari : 1) til; 2) ovoz (un, tovush) paychalari; 3)
yumshoq tanglay; 4) lablar; 5) pastgi jag‘. 2.
Nofaol (passiv) nutq a’zolari : 1)
o‘pka; 2) kekirdak; 3) qattiq tanglay; 4) burun bo‘shlig`i; 5) tish.
Nutq tovushlarining uch tomoni mavjud: a) akustik, b) talaffuz (fiziologiya) v)
vazifaviy tomonlari. Birinchidan, har qanday tovush havoning tebranishi natijasida
hosil bo‘ladi. Shuning uchun ularning hammasi ma’lum sifat belgisiga: balandlik,
kuch (yoki tezlik), miqdor (yoki uzunlik) va tembr belgilariga ega bo`ladi.
Tovushlarning bu tomoni akustik tomoni deyiladi va u fizika fani bilan
aloqadorlikda o‘rganiladi. Ikkinchidan, nutq tovushlari insonning nutq a’zolari
harakati natijasida maydonga keladi. Nutq tovushlarining bu tomoni uning talaffuz
(fiziologik) belgisi hisoblanadi va u fiziologiya fani bilan uzviy bog‘liqlikda
o‘rganiladi. Uchinchidan, nutq tovushlari ma’lum maqsadda talaffuz etiladi.
Tovushlarning ketma-ket talaffuz qilinishi natijasida ma’lum axborot uzatiladi.
Demak, tovushlar ma’noli birliklar tarkibida ularni moddiy tomondan
shakllantirish va ma’nosini bir-biridan farqlash vazifasini bajaradi. Masalan,
soli bilan
sholi so‘zlari birinchi tovushlari bilan,
sot bilan
soch so‘zlari oxirgi
tovushlari
bilan,
sot bilan
sut so‘zlari o‘rtasidagi tovushlari bilan
farqlanadi.Tovushlarning bunday belgilari ularning vazifaviy belgisi sanaladi va u
faqat inson tovushlarigagina xos belgi hisoblanadi. Har qaysi nutq tovushini tavsif
qilishda ana shu uch tomon e‘tiborga olinadi. Masalan,
k tovushi til o‘rtasining
yuqori tanglayga tegishi va havoning bu to‘siqdan portlab chiqishi natijasida hosil
99
bo‘ladi. Nutq a‘zolarining qayerida va qanday yo‘l bilan hosil bo‘lishi tovushning
talaffuz (fiziologik) tomoni sanaladi. Uning sof shovqindan iborat ekanligi,
jarangsizligi akustik belgisi,