95
Shunga ko‘ra til tovushi til birliklarining birlamchi ifoda jihati deyiladi.
Til
tovushi lisoniy birlik sifatida miyadagi til xotirasi markazida ma`lum
bir ramz
sifatida aks etadi. Ana shu ramzda til tovushiga xos belgi-xususiyatlar haqida
axborot bo‘ladi. Masalan,
u
tovushi haqida ”ovozdan iborat ” , ”og‘iz bo‘shlig‘i tor
holatda”, ”tovush hosil bo‘lish oralig‘i til sathining orqa qismida ”, ”lablar aktiv
qatnashadi degan axborot bor.
Inson faoliyatini, shu jumladan til faoliyatini ham
boshqaruvchi miya markazidan
u
tovushini aytish haqida ”ko‘rsatma”(impuls)
berilsa, shu tovushning ramzida mujassamlashgan axborotga
binoan tovush hosil
qilish a`zolari harakatga kelib, ko‘rsatmaga binoan ma`lum holat egallaydi va
o‘pkadan chiqayotgan havo ma`lum
nutq tovushi sifatida, nutqiy birlik sifatida
namoyon bo‘ladi”.
Dostları ilə paylaş: