k ning
g dan va boshqa tovushlardan farqlanishi esa
vazifaviy belgisi hisoblanadi. Tilshunoslik fani uchun tovushning vazifaviy tomoni
muhim sanaladi. Shuning uchun vazifaviy belgi
lingvistik (tilshunoslikka oid) belgi
deb ham yuritiladi. Nutq tovushlari akustik va artikulyatsion (talaffuz) belgilariga
ega bo‘ladi. Bu belgilarning barchasi fonetika uchun muhim sanaladi, chunki bu
belgilarni to‘la hisobga olgandagina u yoki bu tovushning xususiyatiga to‘g‘ri
javob berilgan bo‘ladi, lekin fonologiya uchun yuqoridagi belgilarning ko‘pi
muhim sanalmaydi. Fonologiya uchun faqat bir tovushni ikkinchi tovushga
taqqoslaganda ularni bir-biridan farqlash uchun xizmat qiladigan belgilarigina
ahamiyatli bo‘ladi. Zidlanayotgan ikki birlikni bir-biridan farqlash uchun xizmat
qiladigan belgilar
farqlovchi belgilar , ularning har ikkisida takrorlanadigan, ikkisi
uchun ham umumiy bo‘lgan belgilar
birlashtiruvchi belgilar sanaladi. Masalan,
t va
d tovushlari: birinchi tovush til oldilik, portlovchilik, jarangsizlik belgilariga;
ikkinchisi esa til oldilik, portlovchilik, jaranglilik belgilariga ega. Bu ikki
tovushning yuqoridagi belgilarini bir-biriga qiyoslasak, dastlabki ikki belgi (til
oldilik, portlovchilik belgilari) har ikkisida takrorlanadi. Uchinchi belgi (jarangli-
jarangsizlik belgisi) bilan esa ular bir-biridan farqlanadi. Shunga ko‘ra, birinchi va
ikkinchi belgilar ular o‘rtasidagi birlashtiruvchi belgilar, uchinchi belgi esa
farqlovchi belgi hisoblanadi. Fonemalarni belgilashda yaqin, o‘zaro o‘xshash
tovushlarni bir-biriga zidlash, ular o‘rtasidagi farqlovchi va birlashtiruvchi
belgilarni aniqlash katta ahamiyatga ega bo‘ladi.
Tovush va fonema. Tilshunoslik fanida tovush va fonema tushunchalari bir-
biridan farqlanadi. Bu farqlanish fan uchun juda muhim bo‘lgan xususiylik va
umumiylik munosabatining aks etishidir.
Bilan, tilim, sira so‘zlari tarkibida i
bilinar-bilinmas aytiladi.
Qiliq, qiziq kabi so‘zlar tarkibida til orqa tovushi ta’sirida
o‘ ga yaqin talaffuz etiladi. Ularning hammasida takrorlanadigan umumiy jihatlar
bor. U ham bo‘lsa, torlik belgisi va lablanmaganlik belgisi. Nutq jarayonida real
talaffuz qilingan, qulog‘imiz bilan eshitgan eng kichik va boshqa mayda bo‘lakka
bo‘linmaydigan nutq bo‘lagi
tovush sanaladi. Bevosita kuzatishda bir nechta
tovushlar orqali talaffuz qilinuvchi so‘z va uning ma’noli birliklarini shakllantirish
hamda farqlash vazifasini bajarishga xoslangan, ketma-ketlik jihatdan boshqa
mayda bo‘lakka bo‘linmaydigan eng kichik til birligi
fonema dir. Masalan,
tosh - tom so‘zlarini
sh va
m farqlaydi. Demak,
sh va
m alohida-alohida fonemalardir.
Yoki
tosh-tesh zidligida
o va
e ;
tosh-qosh zidligida
t va
q ma’noni farqlash uchun
xizmat qiladi. Shuning uchun ular ham mustaqil fonemalar sanaladi. Fonemalarni
xilma-xil tartibda joylashtirish orqali cheksiz so‘zlar hosil qilinadi:
sut, tus, ust. Demak,
nutq tovushlarining asosiy vazifasi so ‘
zlarning ma’nolarini farqlashdir. Nutq tovushlari ikki xil: unli va undosh tovushlar.