Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti



Yüklə 3,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/203
tarix21.10.2023
ölçüsü3,61 Mb.
#158334
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   203
Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti (1)

k
ning 
g
dan va boshqa tovushlardan farqlanishi esa 
vazifaviy belgisi hisoblanadi. Tilshunoslik fani uchun tovushning vazifaviy tomoni 
muhim sanaladi. Shuning uchun vazifaviy belgi 
lingvistik (tilshunoslikka oid) 
belgi 
deb ham yuritiladi. Nutq tovushlari akustik va artikulyatsion (talaffuz) belgilariga 
ega bo‘ladi. Bu belgilarning barchasi fonetika uchun muhim sanaladi, chunki bu 
belgilarni to‘la hisobga olgandagina u yoki bu tovushning xususiyatiga to‘g‘ri 
javob berilgan bo‘ladi, lekin fonologiya uchun yuqoridagi belgilarning ko‘pi 
muhim sanalmaydi. Fonologiya uchun faqat bir tovushni ikkinchi tovushga 
taqqoslaganda ularni bir-biridan farqlash uchun xizmat qiladigan belgilarigina 
ahamiyatli bo‘ladi. Zidlanayotgan ikki birlikni bir-biridan farqlash uchun xizmat 
qiladigan belgilar 
farqlovchi belgilar
, ularning har ikkisida takrorlanadigan, ikkisi 
uchun ham umumiy bo‘lgan belgilar 
birlashtiruvchi belgilar
sanaladi. Masalan, 
t
va 
d
tovushlari: birinchi tovush til oldilik, portlovchilik, jarangsizlik belgilariga; 
ikkinchisi esa til oldilik, portlovchilik, jaranglilik belgilariga ega. Bu ikki 
tovushning yuqoridagi belgilarini bir-biriga qiyoslasak, dastlabki ikki belgi (til 
oldilik, portlovchilik belgilari) har ikkisida takrorlanadi. Uchinchi belgi (jarangli-
jarangsizlik belgisi) bilan esa ular bir-biridan farqlanadi. Shunga ko‘ra, birinchi va 
ikkinchi belgilar ular o‘rtasidagi birlashtiruvchi belgilar, uchinchi belgi esa 
farqlovchi belgi hisoblanadi. Fonemalarni belgilashda yaqin, o‘zaro o‘xshash 
tovushlarni bir-biriga zidlash, ular o‘rtasidagi farqlovchi va birlashtiruvchi 
belgilarni aniqlash katta ahamiyatga ega bo‘ladi. 
Tovush va fonema.
Tilshunoslik fanida tovush va fonema tushunchalari bir-
biridan farqlanadi. Bu farqlanish fan uchun juda muhim bo‘lgan xususiylik va 
umumiylik munosabatining aks etishidir. 
Bilan, tilim, sira
so‘zlari tarkibida i 
bilinar-bilinmas aytiladi. 
Qiliq, qiziq
kabi so‘zlar tarkibida til orqa tovushi ta’sirida 
o‘
ga yaqin talaffuz etiladi. Ularning hammasida takrorlanadigan umumiy jihatlar 
bor. U ham bo‘lsa, torlik belgisi va lablanmaganlik belgisi. Nutq jarayonida real 
talaffuz qilingan, qulog‘imiz bilan eshitgan eng kichik va boshqa mayda bo‘lakka 
bo‘linmaydigan nutq bo‘lagi 
tovush
sanaladi. Bevosita kuzatishda bir nechta 
tovushlar orqali talaffuz qilinuvchi so‘z va uning ma’noli birliklarini shakllantirish 
hamda farqlash vazifasini bajarishga xoslangan, ketma-ketlik jihatdan boshqa 
mayda bo‘lakka bo‘linmaydigan eng kichik til birligi 
fonema
dir. Masalan, 
tosh - 
tom
so‘zlarini 
sh
va 

farqlaydi. Demak, 
sh
va 

alohida-alohida fonemalardir. 
Yoki 
tosh-tesh
zidligida 
o
va 
e

tosh-qosh
zidligida 
t
va 
q
ma’noni farqlash uchun 
xizmat qiladi. Shuning uchun ular ham mustaqil fonemalar sanaladi. Fonemalarni 
xilma-xil tartibda joylashtirish orqali cheksiz so‘zlar hosil qilinadi: 
sut, tus, ust.
Demak, 
nutq tovushlarining asosiy vazifasi so

zlarning ma’nolarini farqlashdir. 
Nutq tovushlari ikki xil: unli va undosh tovushlar. 

Yüklə 3,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin