Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti


grafika deyiladi.  So‘z va uning ma‘nolari  leksikologiya



Yüklə 3,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/203
tarix21.10.2023
ölçüsü3,61 Mb.
#158334
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   203
Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti (1)

grafika
deyiladi. 
So‘z va uning ma‘nolari 
leksikologiya 
bo‘limida, so‘z turkumlari 
morfologiya 
bo‘limida, gap va gapda so‘zlarning bog‘lanishi 
sintaksis
bo‘limida o‘rganiladi. 
Tilshunoslik 
fonetika (grafika), leksikologiya, morfologiya 
va 
sintaksis 
bo‘limlarining uzviy bog‘liqligidan iboratdir. Bu bo‘limlar - 
mazmuniga
ko‘ra: 
fonetika, leksika, morfologiya, sintaksis; qo

llanishiga ko

ra: alifbo, imlo, 
talaffuz, tinish belgilari, uslubiyat 
kabilarga ajratiladi. 
«Fonetika» grekcha so‘zdan olingan bo`lib, «tovush» ma’nosini anglatadi, 
ya’ni «tovush haqidagi bo`lim» demakdir. Nutq tovushlari fonetikada o‘rganiladi. 
Nutq a’zolari harakati jarayonida hosil bo‘lgan tovushlar 
nutq tovushlari
deyiladi.
Nutq a’zolarining jami nutq apparati deyiladi. 
Nutq a’zolari nutq tovushlarini hosil qilishdagi ishtirokiga ko‘ra ikki xil 
bo‘ladi: 1. 
Faol (aktiv) nutq a’zolari
: 1) til; 2) ovoz (un, tovush) paychalari; 3) 
yumshoq tanglay; 4) lablar; 5) pastgi jag‘. 2.
Nofaol (passiv) nutq a’zolari
: 1) 
o‘pka; 2) kekirdak; 3) qattiq tanglay; 4) burun bo‘shlig`i; 5) tish. 
Nutq tovushlarining uch tomoni mavjud: a) akustik, b) talaffuz (fiziologiya) v) 
vazifaviy tomonlari. Birinchidan, har qanday tovush havoning tebranishi natijasida 
hosil bo‘ladi. Shuning uchun ularning hammasi ma’lum sifat belgisiga: balandlik, 
kuch (yoki tezlik), miqdor (yoki uzunlik) va tembr belgilariga ega bo`ladi. 
Tovushlarning bu tomoni akustik tomoni deyiladi va u fizika fani bilan 
aloqadorlikda o‘rganiladi. Ikkinchidan, nutq tovushlari insonning nutq a’zolari 
harakati natijasida maydonga keladi. Nutq tovushlarining bu tomoni uning talaffuz 
(fiziologik) belgisi hisoblanadi va u fiziologiya fani bilan uzviy bog‘liqlikda 
o‘rganiladi. Uchinchidan, nutq tovushlari ma’lum maqsadda talaffuz etiladi. 
Tovushlarning ketma-ket talaffuz qilinishi natijasida ma’lum axborot uzatiladi. 
Demak, tovushlar ma’noli birliklar tarkibida ularni moddiy tomondan 
shakllantirish va ma’nosini bir-biridan farqlash vazifasini bajaradi. Masalan, 
soli
bilan 
sholi
so‘zlari birinchi tovushlari bilan, 
sot
bilan 
soch
so‘zlari oxirgi 
tovushlari 
bilan, 
sot 
bilan 
sut
so‘zlari o‘rtasidagi tovushlari bilan 
farqlanadi.Tovushlarning bunday belgilari ularning vazifaviy belgisi sanaladi va u 
faqat inson tovushlarigagina xos belgi hisoblanadi. Har qaysi nutq tovushini tavsif 
qilishda ana shu uch tomon e‘tiborga olinadi. Masalan, 
k
tovushi til o‘rtasining 
yuqori tanglayga tegishi va havoning bu to‘siqdan portlab chiqishi natijasida hosil 


99 
bo‘ladi. Nutq a‘zolarining qayerida va qanday yo‘l bilan hosil bo‘lishi tovushning 
talaffuz (fiziologik) tomoni sanaladi. Uning sof shovqindan iborat ekanligi, 
jarangsizligi akustik belgisi, 

Yüklə 3,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin