107
Ba'zi tovushlar almashinuvi tarixiy faktlar asosida tasdiqla- nishi mumkin. Shu
sababli ularni tarixiy tovush almashinuvlari deyiladi. O‘zbek tilidagi ba'zi affikslar tarixiy
jihatdan har xil bo‘lgan: -gil, -g‘il, -qil, -kil, -gali, -g‘ali, -kali, -qali shaklida yozilgan va
shunday talaffuz etilgan g-k-q tovushlari almashinuvi ana shunday tarixiy jihatdan
shakllangan alternatsiyaga kiradi.
Ingliz tilida so‘zlarning o‘zagida kelgan unlilarning almashuvi birqancha fe'l
shakllarini yasashda qo‘llanadi va tarixiy assimilatsiyaga misol bo‘la oladi: /i: /e/ e/ —
feed, fed, fed — "boqmoq", /i: /A/ /A/ — win, won, won — "yutmoq (o‘yinni)" kabi.
Tovushlar almashuvi natijasida so‘z turkumlari, so‘zlarning grammatik shakllari va
boshqalarni farqlash mumkin. Tovushlar almashuvi faqat adabiy tilga xos bo‘lmay, balki
shevalarda juda ko‘p uchraydi. Xususan, a/ e, i /e tovushlar almashuvi turkiy tillar
shevalarida otlarning ko‘plik affikslarida uchraydi. O‘zbek tili va uning shevalarida
bunday tovush almashuvi quyidagicha bo‘ladi: adabiy tilda: otlar — itlar; o‘zbek
shevalarida: atlar — iytlar / iytler, atlar — itlar /itler, etler; qozoq tilida: attar — iyt- ter.
Fonetik va tarixiy almashuvlari o‘rtasidagi o‘xshashlik
ularning har ikkisi ham
morfologik funksiyani bajarishida ko‘rinadi. Biroq fonetik tovush almashuvi tilning
hozirgi talaffuz normasi bilan bog‘liq bo‘lsa, tarixiy tovush almashuvi bunday
xususiyatga ega emas.
Til asta-sekin va mustaqil rivojlanib boradi. Tilning takomillashuvi va rivojlanishi
ma'lum qonuniyatlar asosida bo‘ladi va boshqa ba'zi qonuniyatlardan, xususan tabiat
qonun- laridan farq qiladi.
Til murakkab va ko‘pqirrali ijtimoiy hodisa bo‘lib, undagi barcha elementlar bir-
biri bilan uzviy ravishda bog‘langan. Shu sababli tildagi qonuniyatlar ham bir-biri bilan
bog‘lanadi.
Chunonchi, tildagi tarixiy-fonetik o‘zgarishlar ma'lum fonetik- fonologik
qonuniyatlar asosida ro‘y beradi va bu esa o‘z navbatida, grammatik va leksik
o‘zgarishlarga ham ta'sir etadi. Tildagi tarixiy-fonetik o‘zgarishlarni qandaydir fiziologik
yoki fizik qonunlar asosida tushuntirish mumkin emas. Fonetik- fonologik qonuniyatlar
tilning ichki qonunlari hisoblanadi va faqat tilshunoslik jihatdan
ilmiy tadqiq qilish
borasida izohlanadi. Tildagi tarixiy-fonetik o‘zgarishlarni o‘rganuvchi qiyosiy-ta- rixiy
tilshunoslikning sohasi qiyosiy-tarixiy fonetika deb ataladi.
Tillardagi, ko‘pincha qarindosh tillardagi (slavyan, german, roman, turkiy tillari
kabi) tarixiy-fonetik o‘zgarishlar natijasida so‘zlardagi etimologik va geneologik, ya'ni
kelib chiqishi jihatdan o‘xshashlik va farqlarni qiyosiy-tarixiy fonetika aniqlab beradi.
Keyinchalik qardosh va qardosh bo‘lmagan tillardagi tarixiy- fonetik o‘zgarishlarni va
hozirgi fonetik-fonologik o‘xshashlik va farqli alomatlarni o‘rganish natijasida tipologik
va qiyosiy- tipologik fonetika hamda fonologiya sohalari vujudga keldi. Umuman tildagi
rivojlanish
qonuniyatlari
singari,
tarixiy-fonetik
va fonologik o‘zgarishlarni
o‘rganishdagi fonetik va fonologik qonuniyatlar ham quyidagicha turlarga bo‘linishi
mumkin:
1) Umumiy fonetik qonuniyatlar - barcha tillarga xos bo‘lgan universal holdagi
tartib va qoidalarni belgilab beradi va ular tilning boshqa bosqichlarida ro‘y beruvchi
umumiy hodi- salar bilan ham bog‘lanadi. Masalan, barcha turkiy tillarida jarangsiz
undoshlar ikki unli tovush oralig‘ida jaranglilashishi mumkin. Barcha turkiy tillarda
singarmonizm (unlilarning uyg‘unlashuvi yoki unlilar garmoniyasi) qonuniyati mavjud
108
bo‘lib (o‘zbek tili bundan qisman mustasno hisoblanadi), u so‘z o‘zagidagi unlining
uning affiksidagi unli bilan uyg‘unlashuvida ko‘rinadi. Bunday
singarmonizm hodisasi
unlilarning til va labning holatiga ko‘ra uyg‘unlashuvi bilan izohlanadi. Masalan, qozoq
tilida:
Dostları ilə paylaş: