109
Agar bir fonema ikki fonemaga ajralsa, divergensiya deyiladi. Masalan, qadimiy
turkiy tillarida bo‘lgan /a/ fonemasi keyinchalik ikki fonemaga ajralgan: /a/ va /o/. Bu
hodisa divergensiya jarayoni natijasida bo‘lgan.
Fonetik qonuniyatlarga tovushlarning kombinator va pozitsion o‘zgarishlari ham
kiradi. Chunki tovushlar turli holatlarda har xil o‘zgarishlarga uchraydi.
Chunonchi,
unlilar ochiq urg‘uli bo‘g‘inda cho‘ziq va yopiq urg‘usiz bo‘g‘inda esa qisqa talaffuz
etilishi mumkin. Bunday holat ham ko‘pgina tarixiy va hozirgi tovush o‘zgarishlarini
keltirib chiqaradi. Fonetik va fonologik qonuniyatlarni tilning boshqa bosqichidagi
o‘zgarishlar bilan bog‘liq holda o‘rganish chuqur ilmiy natijalarni keltirib chiqa- rishi
mumkin.
Til birliklari ichida so‘z alohida o‘rin egallaydi. Uning bu xususiyati, ayniqsa,
grammatik jihatdan qaralganda ko‘rinadi. Tilning eng kichik ma'noli birligi hisoblangan
morfema oralig‘ida so‘zning ma'noli qismlari: o‘zak,
suffiks va hokazolar qaralsa,
mustaqil so‘z shaklidagi gaplar (masalan, nominativ gaplar: Qish, Sovuq, Qorong‘i kabi)
sintaktik jihatdan alohida gap turlari sifatida izohlanadi. Bu esa so‘zning grammatik
(morfologik va sintaktik) xususiyatlarini ko‘rsata olsa ham, uning ta'rifida morfema yoki
gapga asoslanish mumkin emasligini ko‘rsatadi. Chunki so‘z strukturasi semantik
jihatdan ma'noli qismlarga bo‘linish xususiyatiga egadir. To‘g‘ri, bir morfemadan tashkil
topgan so‘zlar boshqa qismlarga bo‘linmaydi. Masalan, u, tosh, bosh, yo‘l kabi. Biroq
tildagi ko‘pgina so‘zlar ma'noli qismlarga bo‘lina oladi va ular bir necha morfemalarning
ulanishidan tashkil topadi. Masalan, toshloq, boshliq, boychechak, gulsafsar,
qoidali
kabilar. Bunday bir morfemali va ko‘p morfemali so‘zlarning o‘zagi mustaqil ma'noga
ega bo‘ladi. Demak, so‘z mustaqil ma'noga ega bo‘lgan birlikdir. Lekin bunday qarash
hamma tillarga ham to‘g‘ri kelavermasligini yuqorida aytib o‘tdik. O‘zbek, rus, ingliz,
nemis, fransuz, ispan va boshqa ko‘p tillarda so‘z mustaqil birlik hisoblanadi. Uning
mustaqilligi alohida olinganda ham, turli ma'nolarni ifodalashida va ba'zan fikr
ifodalovchi gap holida kelishida ko‘rinadi.
So‘z butun birlik sifatida so‘z birikmalaridan farq qiladi. So‘z zanjirsimon ulanib
ketgan qismlar - o‘zak, suffiks va hokazolardan tashkil topadi. So‘z birikmalari esa ayrim
kompo-
nentlardan tashkil topib, umumiy ma'noga ega bo‘lgan, ya'ni leksik va
grammatik jihatdan shakllangan birliklardir. Masalan, kinoga bormoq, dars tayyorlash,
kitob o‘qish, yoshlar klubi kabi. So‘z birikmalarining biror komponentini almashtirish
mumkin (Qiyoslang: kinoga/ teatrga/ o‘qishga/ magazinga/ bormoq kabi). Qo‘shma
so‘zlar ba'zan tuzilishi jihatdan so‘z birikmalariga o‘xshasa ham, ular yaxlit ma'nosi bilan
ajralib turadi: temir yo‘l, gultojixo‘roz, chinni gul, qo‘lyozma kabi. Ba'zan so‘zga fonetik
jihatdan bir urg‘u ostiga birlashgan bir qancha tovushlarning birikmasi deb ta'rif beriladi.
Bu tamoman noto‘g‘ridir. Chunki ba'zi ko‘p morfemali uzun so‘zlar va qo‘shma so‘zlar
bir necha urg‘uga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, gultojixo‘roz.
So‘z shakli (tovush formasi) va mazmun birligiga ega bo‘lib,
semantik va
grammatik yaxlitlikni o‘zida mujassamlashtiruvchi birlikdir. U til strukturasida formal va
ma'no jihati bilan to‘rt bosqichda ilmiy tadqiq etiladi:
fonologik jihatdan so‘zning fonemalar tarkibi va uning aksent (urg‘u) strukturasi
o‘rganiladi;
morfologik jihatdan so‘zning morfemik tuzilishi ilmiy tahlil qilinadi;
110
leksik jihatdan so‘zning atama birlik ekanligi, ya'ni nom qo‘yish bilan bog‘liq
tomoni qaraladi;
semantik jihatdan so‘zning turli ma'no tomonlari tadqiq etiladi.
Bunday o‘rganishda so‘zning 1- va 2-, ya'ni fonologik va morfologik tomonlari
formal jihatini, 3- va 4- leksik va semantik tomonlari mazmun jihatini o‘zida aks ettiradi.
Biroq ulardan birortasini alohida olib tekshirish so‘zning formal va mazmun jihatlarining
uzilib qolishiga olib keladi. Shu tufayli ular bir-biri bilan uzviy bog‘liq holda tekshirilishi
zarur. Demak, so‘z til strukturasining barcha sohalari bilan bog‘liqdir.
So‘zning tashqi, ya'ni shakl tomoni fonetika va fonologiya hamda grammatikada
kengroq o‘rganiladi. Quyida so‘zning ichki, ya'ni mazmun jihatidagi
asosiy masalalari
ko‘rib o‘tiladi.
Dostları ilə paylaş: