103
Til taraqqiyoti va rivoji ma’lum qonuniyatlar asosida yuzaga keladi.Til murakkab
va ko‘p qirrali ijtimoiy hodisa bo‘lib,undagi birliklar barcha jihatdan uzviy
bog‘langan.Ushbu
birliklarga
aloqador
qonuniyatlar
ham
o‘zaro
bog‘liq
hisoblanadi.Tildagi tarixiy fonetik o‘zgarishlar ma’lum tarixiy fonetik qonuniyatlar
asosida ro‘y beradi. Fonetik – fonologik o‘zgarishlar tilning ichki qonuniyatlari bilan
bog‘liq hodisadir.Tildagi tarixiy- fonetik o‘zgarishlarni o‘rganuvchi
qiyosiy-tarixiy
tilshunoslik sohasi qiyosiy-tarixiy fonetikadir. Qardosh tillardagi (slavyan,german,
roman tillari, turkiy tillar)tarixiy fonetik o‘zgarishlar natijasida so‘zlardagi etimologik
va geneologik, ya’ni kelib chiqish jihatdan o‘xshashlik va farqli tomonlarini qiyosiy –
fonetika aniqlab beradi. Qardosh va qardosh bo‘lmagan tillardagi tarixiy-fonetik
o‘zgarishlarni tahlil
qilish natijasida tipologik, qiyosiy –tipologik fonetika, fonologiya
sohalari shakllandi.
Til taraqqiyotidagi fonetik o‘zgarishlarni tahlil
etuvchi fonetik-fonologik
qonuniyatlar quyidagilar:
1. Umumiy fonetik qonuniyatlar barcha tillarga xos umumiy holdagi tartib va
qoidalarni tilning boshqa qonuniyatlari bilan bog‘liqlikda aks ettiradi. Masalan,
singarmonizm(tovushlarning uyg‘unlashuvi) turkiy tillarga xos umumiy fonetik
qonuniyatdir.
2. Xususiy fonetik qonuniyatlar muayyan til uchun xos bo‘lgan
qonuniyatlarni
ifodalaydi.Masalan, turkiy tillarga mansub o‘zbek tilining keyingi taraqqiyotidagi ichki
o‘zgarishlar hamda yondosh tillar ta’sirida yuzaga kelgan hodisalar shu tilning o‘ziga
xos rivojlanish omillari bilan bog‘liqdir.
Fonetik qonuniyatlar davriy nuqtayi nazardan ikkiga bo‘linadi.
1) tarixiy fonetik qonuniyatlar tillar yoki muayyan bir tilning tarixiy taraqqiyotida yuzaga
kelgan tarixiy-fonologik o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi.Til tarixining tarixiy tovush
o‘zgarishlarini o‘rganuvchi bo‘limi tarixiy fonetika va fonologiya deb yuritiladi.
2)davriy fonetik qonuniyatlar muayyan til doirasida hozirgi davrda sodir bo‘layotgan
fonetik o‘zgarishlarni izohlaydi.
Tarixiy-fonetik va fonologik o‘zgarishlar turli murakkab jarayonlarni o‘z ichiga oladi.
Fonetik va fonologik o‘zgarishlar natijasida tildagi fonemalar soni kamayishi yoki
ko‘payishi mumkin, bunda ikki hodisa ro‘y beradi.
1. Ikki fonemaning yaxlit bir fonema sifatida birlashishi konvergensiya deyiladi. O‘zbek
tili tarixida ma’lum bo‘lgan til oldi va til orqa, qisqa va cho‘ziq fonemalar keyinchalik
birlashib, o‘rta cho‘ziqlikka ega bo‘lgan 6 ta unli fonemani hosil qilgan.
2. Bir fonemaning ikki mustaqil fonemaga ajralishi divergensiya deyiladi. Masalan,
qadimgi turkiy tilda bitta a fonemasi keyinchalik ikki fonemaga ajralgan: a va o.
Fonetik qonuniyatlarga tovushlarning kombinator va pozitsion o‘zgarishlari ham kiradi.
Umuman, fonetik qonuniyatlarni boshqa yondosh hodisalar ta’sirida o‘rganish
tilshunoslik fani uchun ilmiy qiymatga ega.
Dostları ilə paylaş: