Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti


ingliz tilida /hw/ tovushini ifodalashga xizmat qiladi va w/w/(witch) tovushi



Yüklə 3,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/203
tarix21.10.2023
ölçüsü3,61 Mb.
#158334
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   203
Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti (1)

ingliz tilida /hw/ tovushini ifodalashga xizmat qiladi va w/w/(witch) tovushi 
talaffuzidan farq qiladi? Ammo yozuvda ikki tovush bilan ifodalanadi. Jiddiy 
o‘zgarishlar kommunikativ muammolar tufayli ham ro‘y berishi mumkin va u boshqa 
fonemalardagi o‘zgarishlarni ham boshlab beradi
27
 (90 -bet). 
Generativ tarmoq. Tilning generativ nazariyasi (XX asrning 2-yarmida kashf 
etilgan) tildagi o‘zgarishlarni uning gramatikasida o‘zgarishlar sifatida baholaydilar. 
Grammatika bu qonuniyatlarning o‘rnatilishi, tilda ma’lum bir o‘zgarishlarning sodir 
bo‘lishi va qonuniyatlarning o‘zgarishidir: mavjud qonuniyatlar ma’lum bir yo‘l bilan 
o‘zgaradi, yangi qoidalar grammatikaga qo‘shiladi, ba’zilarining jarayonda yo‘q 
bo‘lishi sodir bo‘ladi.
28
Nutqdagi turli faktorlar natijasida tovushlar bir-biriga ta'sir qiladi. Bunday 
faktorlardan biri tovushning o‘rni, uning boshqa tovushga qo‘shni holatda bo‘lishi, 
tovushlarning birikuvi va urg‘uning tabiatiga bog‘liq. Tovushlarning pozitsion va kombi- 
nator o‘zgarishlari farqlanadi.
Ma'lum holatda ro‘y beruvchi tovushlarning o‘zgarishi pozitsion o‘zgarishshlar 
deb ataladi. Pozitsion o‘zgarishlar uch turga ega: 1) urg‘uga nisbatan urg‘uli va urg‘usiz 
unlilar farqlanadi; 2) bo‘g‘in va uning tabiatiga ko‘ra ochiq va yopiq hamda berkitilgan 
va berkitilmagan bo‘g‘inlar farqlanadi; 3) so‘zdagi o‘rniga ko‘ra so‘z boshi, o‘rtasi va 
oxiridagi tovushlar va ularning birikmalari farqlanadi. 
Unli tovushlarning urg‘usiz bo‘g‘inlarda kuchsizlanishi yoki o‘zgarishi reduksiya 
deyiladi. Odatda sifat va miqdor reduksiyasi farqlanadi. Urg‘usiz yopiq bo‘g‘inlarda 
unlilar cho‘ziqligining qisqarishi va kuchli artikulatsiya qilinishining yo‘qolishi miqdor 
reduksiya deb ataladi. Masalan, sanash so‘zining boshidagi urg‘usiz /a/, oxiridagi /a/ ga 
qaraganda ancha kuchsiz va qisqa talaffuz etiladi. 
Akkomodatsiya tovushlarning hosil bo‘lishi o‘rni va usuli, labning holati va tovush 
paychalarining tebranishi va yaxshi tebranmasligiga ko‘ra moslashuv orqali amalga 
oshiriladi. Nutqdagi barcha tovushlar bir-biri bilan artikulatsiya fazalari orqali bog‘lanadi 
27
Borbala Richter. First steps in theoretical and applied linguistics.-Budapest, 2006.-P.90 
28
Borbala Richter. First steps in theoretical and applied linguistics.-Budapest, 2006.-P.91 


105 
va bu artikulatsiya strukturasini tashkil etadi. Tovushlar o‘rtasidagi bog‘lanishning 
artikulatsiya strukturasini chuqur o‘rganish yordamida fonetik hodisalar oydinlashadi. 
Assimilatsiya hodisasi ham talaffuzini iqtisod qilishning bir turi hisoblanadi. 
Assimilatsiya natijasida so‘zlar qisqarishi, undagi tovushlarning artikulatsiyasi o‘xshash 
bo‘lib qolishi talaffuzni osonlashtirishga yordam beradi. Turli tillarda assimilatsiyaning 
tabiati o‘ziga xos xususiyatlariga ega. Xususan, nemis tilida jaranglilik belgisi bo‘yicha 
assimilatsiya uchramaydi. Bunday assimilatsiya rus va o‘zbek tillariga xosdir. 
Distant assimilatsiya ko‘proq unlilarning o‘zaro ta'siri natijasida ro‘y beradi va 
turkiy, fin-ugor, ba'zi german tillarida uchraydi. Masalan, nemis tilida otlarning ko‘plik 
qo‘shim- chasidagi unli so‘z o‘zagidagi unliga o‘xshash belgilariga ega bo‘ladi. Bu 
hodisani umlaut deyiladi: Buch "kitob" - Biicher "kitoblar", Sohn "o‘g‘il" - Sohne 
"o‘g‘illar" kabi. 
Progressiv assimilatsiyaning yana bir turi singarmonizm yoki unlilarning 
uyg‘unlashuvi deb atalib, u so‘zlarda (o‘zak va affiks- da) unlilarning o‘xshash 
artikulyasion-akustik belgilarga ega bo‘lishi bilan izohlanadi. Ba'zi afrika tillarida unlilar 
bir so‘z yoki so‘zlar birikmasi doirasida uyg‘unlashadi. Ko‘pgina urol va oltoy tillarida 
unlilar til oldi va til orqa, hamda lablangan- lablanmagan belgilari bo‘yicha 
uyg‘unlashadi. Masalan, turkiy tillarda, xususan, turkman, qozoq, qirg‘iz, turk, 
qoraqalpoq tillaridagi so‘zlarda til oldi yoki til orqa, lablangan yoki lablanmagan unlilar 
o‘xshash holatda uchraydi. Bunda so‘z o‘zagidagi unli bilan uning affiksidagi unli 
uyg‘unlashadi. Masalan, turkman tilida: galamlar - "qalamlar", gelinlar - "kelinlar" qozoq 
tilida: bashtar - "boshlar", koldor - "qo‘llar", turk tilida: gol- lar - "qo‘llar", gozlar - 
"ko‘zlar" kabi. 
Singarmonizm urg‘u bilan ham bog‘liq bo‘lib, ularning har ikkisi so‘zning fonetik 
belgisi hisoblanadi. Nihoyat, assimilatsiya sinxronik (yangi paydo bo‘lgan) va diaxronik 
(tarixiy shakllan- gan) bo‘lishi mumkin. Yuqorida ko‘rsatilgan umlaut va singarmonizm 
hodisalari tovushlarning tarixiy assimilatsiyasi natijasida kelib chiqqan. 
Assimilatsiya natijasida nutq tovushlari o‘rtasidagi farqlar yo‘qolib, ular bir yoki 
bir necha belgilari bilan o‘xshash bo‘ladi yoki uyg‘unlashadi. Biroq bu hodisaga aksincha 
bo‘lgan tovushlarning o‘zaro ta'siri ham borki, bunda tovushlarning o‘xshashlik 
xususiyati yo‘qoladi. Agar so‘zdagi ikki bir-biriga o‘xshash tovushlardan biri o‘zgarib, 
natijada ular biror artikulyatsion- akustik belgisi yoki bir necha belgilari bilan farqlanib 
qolsa, dissimilatsiya (lotincha dissimilatio - "o‘xshamaslik") deyiladi. Masalan, rus va 
o‘zbek og‘zaki nutqida dissimilatsiya ko‘p uchraydi: tumba (tunba), Tambov (tanbov), 
tramvay (tranvay), kombayn (konbayn), djemper (djenper), ambar (anbar)29. Ingliz tilida 
marble - "mramor" so‘zi fransuz tilidagi marbre — so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, so‘z 
oxiridagi (r) tovushi dissimilatsiya natijasida (1) ga ko‘chgan. 
Metateza (yoki inversiya) hodisasi tovushlar yoki bo‘g‘inlarning so‘z tarkibida 
o‘zaro o‘rin almashishi bilan izohlanadi. Ba'zan so‘zda yonma-yon kelgan tovushlarning 
o‘zaro o‘rin almashinuvi inversiya deb, aksincha, bir-biridan uzoq bo‘lgan tovushlarning 
Peter T. Daniels. (2001) Writing and Language. In The Handbook of Linguistics. Edited by Arnoff, M., Rees-
Miller, J. P.65-68


106 
o‘zaro almashinuvi metateza deb yuritiladi. Bu hodisa ko‘proq og‘zaki nutqda uchraydi: 
mramor (marmar), tuproq (turpoq), yomg‘ir (yog‘mir), tuxfa (tufxa), supra (surpa) kabi. 
Diereza (yoki tushurib qoldirmoq) hodisasi undosh tovushlarni talaffuzdan 
tushurib qoldirish bilan izohlanadi: (Toshkent shevasida) go‘sht (go‘sh), rost (ros), 
surtmoq (surmoq), tandir (tanir) kabi. 
Agar bir xil yoki o‘xshash bo‘g‘inlardan biri tushirib qoldirilsa, gaplologiya 
deyiladi. Masalan, morfofonologiya so‘zi o‘rnida morfonologiya, sarig‘ yog‘ o‘rnida 
saryog‘ kabi. 
So‘zga tovushni qo‘shib aytish epenteza deyiladi:

Yüklə 3,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin