Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti



Yüklə 3,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/203
tarix21.10.2023
ölçüsü3,61 Mb.
#158334
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   203
Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti (1)

Asosiy adabiyotlar 
1. Abduazizov A.Tilshunoslik nazariyasiga kirish.-Toshkent, 2010.-157-161 б. 
2. Peter T. Daniels. (2001) Writing and Language. In The Handbook of 
Linguistics. Edited by Arnoff, M., Rees-Miller, J. P.65-68.
 
3. Ирисқулов И.Тилшуносликка кириш.-Тошкент, 2009.-Б.220-226 б. 
4. Rasulov R.Umumiy tilshunoslik. -Тoshkent, 2013. -Б.-196-204; 205-210. 
5. Хolmanova Z. Tilshunoslikka kirish.-Toshkent, 2007. -Б.86-89 
 
Qo‘shimcha adabiyotlar 
 
1.Абдуазизов А., Шереметова А. Общее языкознание.- Тошкент, 2004.-Б.4-9 
2.Ирисқулов И.Тилшуносликка кириш.-Тошкент, 2009.-Б.241-246 
3.Щитка Н.Н., Юсупова К.Н.Введение в языкознание. -Тошкент, 2006.-Б.21-
27. 
4.Ҳoжиeв A. Тилшунoслик тeрминлaрининг изoҳли луғaти.-Тошкент, 2002.-
Б.14-32. 
5.Қ. Маҳмудов. Ўзбек тилининг тарихий фонетикаси.-Тошкент,1992.
6.www. literature.uz 
7.www. genhis philol.ru. 
 
 
 
 
 
 
 


113 
10-§. LEKSIKOLOGIYA 
Reja: 
1.Leksikologiya bo`limi haqida ma’lumot. 
2. Lug`aviy birliklar. 
3. Bir ma’nolilik va ko`p ma’nolilik. 
Asosiy tushunchalar: leksika, leksikologiya, o‘z ma'no, ko‘chma ma'no, 
denotativ ma'no, konnotativ ma'no, tag ma'no, omonim, sinonim, antonim, 
paronim, metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik 
 
Leksikologiya 
«so‘z» va «ta’limot» birliklaridan olingan. So‘z va uning 
ma’nolarini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limiga 
leksikologiya
deyiladi. Ma’lum 
ma’no bilan bog‘langan va morfologik shakllangan tovush yoki tovushlar 
birikmasi 
so

z
sanaladi. Odatda, leksik va grammatik ma’nolarning muayyan 
tovush yoki tovushlar birikmasi bilan barqaror munosabatidan tashkil topgan 
butunlikka nisbatan 
so

z
atamasi qo‘llaniladi. So‘zlar esa leksema va grammatik 
qo‘shimchalarga 
bo‘linadi. 
So‘zning 
grammatik 
ma’no 
bildiruvchi 
qo‘shimchalarsiz qismi 
leksema 
sanaladi. Lug‘atlarda bosh so‘z sifatida leksemalar 
beriladi. Bunday vaqtda so‘z morfologiya birligi sifatida, leksema esa 
leksikologiya birligi sifatida bir-biridan farqlanadi. 
Leksikologiya so‘z va uning lug‘aviy ma’nosi haqidagi bo‘lim. So‘z va uning 
lug‘aviy ma`nosi bilan bog‘liq hodisalar: o‘z ma’no va ko‘chma ma’no, bir 
ma’nolilik va ko‘p ma’nolilik, so‘zning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari 
(sinonim, omonim, antonim, paronim) leksikologiyada o‘rganiladi. So‘z lug`aviy 
ma’no va grammatik ma’noga ega bo‘ladi. So‘zning obyektiv borliqdagi narsa, 
belgi, harakat kabilar haqidagi ma’lumoti 
leksik (lug

aviy
) ma’no deyiladi. 
Lug‘aviy ma’no so‘z anglatgan tushunchadir. Grammatik ma’no grammatik 
shakllar (qo‘shimchalar) orqali ifodalangan ma’nodir. Masalan, qalam: a) lug‘aviy 
ma’nosi - o‘quv quroli; b) grammatik ma’nosi: ot, turdosh ot, birlikda, 
turlanmagan. 
Mustaqil so‘zlar ham lug‘aviy, ham grammatik ma’no ifodalaydi; yordamchi 
so‘zlar esa faqat grammatik ma’no bildiradi. 
So‘zning lug‘aviy ma’nosini leksikologiya, grammatik ma’nosini morfologiya 
o‘rganadi. 
Lug‘aviy ma’no anglatuvchi til birliklari lug‘aviy birliklar deyiladi. Lug‘aviy 
birliklar quyidagicha: 1) so‘z; 2) ibora; 3) termin (atama); 4)qo‘shma so‘z; 5) 
tasviriy ifoda. 

Yüklə 3,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin