Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti



Yüklə 3,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/203
tarix21.10.2023
ölçüsü3,61 Mb.
#158334
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   203
Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti (1)

 
Asosiy tushunchalar glossariysi 
Qiyosiy-tarixiy fonetika
– tildagi tarixiy fonetik o‘zgarishlar ma’lum 
tarixiy fonetik qonuniyatlar asosida ro‘y beradi. Fonetik – fonologik o‘zgarishlar 
tilning ichki qonuniyatlari bilan bog‘liq hodisadir. Tildagi tarixiy-fonetik 
o‘zgarishlarni o‘rganuvchi qiyosiy-tarixiy tilshunoslik sohasi. Qardosh 
tillardagi(slavyan,german, roman tillari, turkiy tillar)tarixiy fonetik o‘zgarishlar 
natijasida so‘zlardagi etimologik va geneologik, ya’ni kelib chiqish jihatdan 
o‘xshashlik va farqli tomonlarini qiyosiy-fonetika aniqlab beradi.
Qiyosiy-tipologik fonetika 
– qardosh va qardosh bo‘lmagan tillardagi 
tarixiy-fonetik o‘zgarishlarni tahlil qiladi. Tilshunoslik taraqqiyotining eng 


112 
umumiy qonuniyatlari, tilning ichki qurilishi, til tizimi, til va nutq munosabatlari 
haqidagi fan. 
 
Fonetik-fonologik qonuniyatlar
– til taraqqiyotidagi fonetik o‘zgarishlarni 
tahlil etuvchi qonuniyatlarlardir.
Umumiy fonetik qonuniyatlar
– barcha tillarga xos umumiy holdagi tartib 
va qoidalarni tilning boshqa qonuniyatlari bilan bog‘liqlikda aks ettiradi.
Xususiy fonetik qonuniyatlar
– muayyan til uchun xos bo‘lgan 
qonuniyatlarni ifodalaydi.
 Metafora
– “o‘xshashlik” asosidagi ma’no ko‘chishi. Bunda ma’no 
ko‘chishi o‘xshashlik asosida ro‘y beradi.
Metonimiya
– “aloqadorlik” asosidagi ma’no ko‘chishidir. Bunda narsa-
buyum o‘ziga aloqador boshqa nom bilan ataladi.
Sinekdoxa – 
butunning nomi bilan qismini atash, qismning nomini atash. 
Vazifadoshlik (funksiyadoshlik)
– vazifa asosida ma’no ko‘chishi. Bunda 
so‘z ma’nosi vazifaga ko‘ra ko‘chadi. 
Kinoya
– qochiriq, kesatiq ma’nolarida aytilgan o‘zgalar “gapi”, “so‘zi”. 
Kinoya bilan aytilgan so‘z qo‘shtirnoqqa olinadi. Kinoya bilan aytilgan so‘z teskari 
ma’noda tushuniladi. 

Yüklə 3,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin