Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti



Yüklə 3,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/203
tarix21.10.2023
ölçüsü3,61 Mb.
#158334
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   203
Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti (1)

O

z ma’no 
Ko

chma 
ma’no 
 
 
qora qalam 
temir idish 
oltin uzuk 
qora sovuq 
temir intizom 
oltin kuz 
So‘z ma’nolarining kengayishi, o‘zgarishi, bir so‘zning kontekstga qarab bir 
necha ma’no ifodalashi 
polisemiya 
deyiladi. Polisemiya ommabop va adabiy uslub 
uchun vosita bo‘ladi va lug‘atni ham uslubni ham boyitadi. 
Ishning ko

zini biladi, 
ko

z ilg

amas, qaro ko

zim, ko

z-ko

z qilmoq, ko

z ostiga olish, ko

zmunchoq, 
ko

zimning nuri, ko

z boylog

ichlar 
va boshqa iboralarda 
ko

z
so`zi turli ma’noda 
qo‘llangan. 
Qo`l, til, yurak, ona, bosh 
kabi so‘zlar ham ko‘p ma’nolarni ifodalashi 
mumkin. Ma’nosi ko‘chgan so‘z ikkinchi bir so‘z bilan yaxlit qo‘llansa, har 
ikkisining o‘rniga bir so‘z (sinonim) qo‘yish mumkin. Masalan: 
ovi yurgan

omadli; 
dili pora
- xafa.
So‘z ma’nosi ma’lum xususiyatlarga ko‘ra ko‘chadi. Lug‘aviy ma’noning 
asosiy taraqqiyot yo‘llari (ko‘chish usullari) quyidagicha: metafora, metonimiya
sinekdoxa, funksiyadoshlik (vazifadoshlik), kinoya. 
Metafora (grekcha «ko‘chirish»)- bir predmet nomining boshqa predmet 
nomiga ular o‘rtasidagi ma’lum o‘xshashlik asosida ko‘chishidir. 
Metafora

«o‘xshashlik» asosidagi ma’no ko‘chishi:
oltin kuz, kumush choyshab, fan 
cho

qqilari, litsey qaldirg

ochlari.
Po

lat qilichingni ko

rganman o`tda. 
Quyoshning oltin qalami nur taratar edi. 
Metaforalarga juda yaqin bir vosita-
o‘xshatishlar bo‘lib, ular yordamida shaxs-pradmetlar bir-biriga o‘xshatiladi, qiyos 
qilinadi. Unda 
-dek, -day, go

yo, yanglig

, singari, xuddi 
(va b.) kabi shakl va 
so`zlardan ham foydalaniladi: 
Bahor kelinchakdek yasanib keldi. Ulug

bek - misoli 
oftob. Adashgan it kabi Furqat Qayon borgum bilolmasman. G

oz singari qo

nar 
ko

llarda.
Metonimiya grekcha «qayta nomlash» demakdir. Narsa va hodisalar o‘rtasida 
makon va zamondagi o‘zaro aloqadorlik asosida biri nomining ikkinchisiga 


115 
ko‘chishi metonimiya hisoblanadi. 
Metonimiya
- «aloqadorlik» asosidagi ma’no 
ko‘chishidir: 
Qishloq chetida samovar ochildi 
(samovar-choyxona);
Osmonga 
tikildi million juft ko

zlar (ko

z-odam); Fuzuliyni oldim qo

limga
(Fuzuliyni-
kitobini).
Osmonga tikilar million juft ko`zlar.. . (U) Osmon fonarini ham yoqdi 
shu onda. Zal oyoqqa turdi. Auditoriya sukutda. 
Sinekdoxa grekcha «birgalikda angash» so‘zidan olingan bo‘lib, bo‘lak orqali 
butunni yoki butun orqali bo‘lakni ifodalashni bildiradi. 
Sinekdoxa 
- butunning 
nomi bilan qismini, qismning nomi bilan butunni atash. Masalan: 
Besh qo


barobar emas
(qo‘l «- «barmoq»); 
O

n qo

li hunar (qo

l –
»
barmoq»)

Besh qo

lini 
og

ziga tiqdi 
(qo‘l - «barmoq); 
Shu bitta tuyoq bilan olti bolani boqdim
(tuyoq- 
«sigir»); 
Tirnoqqa zor o‘tdi (tirnoq-»farzand»). Besh qo

l barobar emas. Dunyoda 
o

zimizdan keyin qoldiradigan tuyog

imiz … faqat shul Otabekdir, deb yozdi 
Yusufbek Hoji.
Vazifadoshlik (funksiyadoshlik
) - vazifa asosida ma’no ko‘chishi. Narsa va 
hodisalar o`rtasidagi vazifaviy bir xillik asosida birining nomi orqali ikkinchisining 
ifodalanishi vazifadoshlik asosidagi ma’no ko‘chishi deyiladi: 
o

q
kotib, pero, 
qalam, qanot, chiroq 
so‘zlarida ham vazifaga ko‘ra ma`no ko‘chishi ro‘y bergan. 
Kinoya 
- qochiriq, kesatiq ma’nolarida aytilgan o‘zgalar «gapi», «so‘zi». 
Kinoya bilan aytilgan so‘z qo‘shtirnoqqa olinadi. Kinoya bilan aytilgan so‘z teskari 
ma’noda tushuniladi: 
Muxtor «a’lochi» o

quvchi (ikkichi).
«
Matematik
» 
sinfdoshimning bir nozi algebrani 
«
Suv qilib ichmoqqa
» 
yo`lladi. Bizni 
«
homiy
»
 
lardan himoya qilg`il, degan sharq xalqida piching - duo bor. Xo`sh janobi 
oliylari, qaysi sho`rlik xalq Sizning 
«
himoyangiz
»
ga qolmish intizor. 

Yüklə 3,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin